G‘iyosova Vasilaxon Avazxon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bolalarga oid murojaat ifodalovchi birliklarning lingvokulturologik xususiyatlari”, 10.00.11 –Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fil3228.
Ilmiy rahbar: Zuxro Akbarova, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Sultonova Shohista Muhammadjanovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Raupova Laylo, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi bolalarga oid murojaat birliklarining ijtimoiy-lisoniy, milliy-madaniy, struktur-semantik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarga murojaat birliklarining til tizimida tutgan o‘rni, bolalar bilan muloqot jarayonidagi shakllari hamda ularning muloqotni vaziyatga muvofiqlashtirish xususiyatini tahlil qilish asosida ushbu birliklarining ijtimoiy ierarxiyadagi fundamental maqomi asoslangan;
bolalar bilan muloqotda qo’llanuvchi murojaat birliklarini funsional-semantik jihatdan o’rganish orqali ularning nutqiy vaziyatlarda ijtimoiy-madaniy va rasmiy aloqa sharoiti bilan bog‘liq kommunikativ vazifalarni bajarishi hamda o‘zida umuminsoniy qadriyatlar zaminida shakllangan milliy-madaniy xususiyatlarni ham aks ettirishi dalillangan;
bolalarga murojaat birliklari struktur-semantik va tematik jihatdan tasniflashi natijasida ushbu birliklar qarindoshlik va diniy, samoviy jism, jonzot, o‘simlik, oziq-ovqat nomlari kabi mavzuiy guruhlarga ajratilib, ularning turli nutq vaziyatlariga mos tarzda qo‘llanilishi aniqlangan;
turli tizimli tillardagi xalq og‘zaki ijodining noyob namunasi bo‘lgan alla va badiiy matnlarda bolalarga murojaat birliklarining funksional xususiyatlarini milliy-madaniy aspektda o‘rganish orqali bolalarga murojaat birliklarining izohlanishi, nominativ, apellyativ, kommunikativ, fatik, konnotativ, emotiv, ijtimoiy-psixologik va aksiologik vazifalari aniqlanib, farzand tarbiyasida an’anaviy va zamonaviy qadriyatli yondashuvlar muhimligi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiyada erishilgan natijalar asosida:
turli tizimli tillardagi xalq og‘zaki ijodining noyob namunasi bo‘lgan alla va badiiy matnlarda bolalarga murojaat birliklarining funksional xususiyatlarini milliy-madaniy aspektda o‘rganish orqali bolalarga murojaat birliklarining izohlanishi, nominativ, apellyativ, kommunikativ, fatik, konnotativ, emotiv, ijtimoiy-psixologik va aksiologik vazifalari aniqlanib, farzand tarbiyasida an’anaviy va zamonaviy qadriyatli yondashuvlar muhimligi oid xulosalardan 2012-2016-yillarda O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo’limi gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot instituti FA-043429-raqamli “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” loyihasida foydalanilgan (O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo’limi gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2023-yil 21-iyuldagi 302/1-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyiha uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan va ilmiyligi ortgan;
bolalarga murojaat birliklari struktur-semantik va tematik jihatdan tasniflashi natijasida ushbu birliklar qarindoshlik va diniy, samoviy jism, jonzot, o‘simlik, oziq-ovqat nomlari kabi mavzuiy guruhlarga ajratilib, ularning turli nutq vaziyatlariga mos tarzda qo‘llanilishi xususidagi xulosa va tavsiyalardan “EMI (English as a Medium of Instruction)” xalqaro loyiha doirasida foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2023-yil 22-dekabrdagi 04-6455-son ma’lumotnomasi). Natijada chop etilgan “Teonimlar bilan ifodalangan bolalarga oid murojaat birliklari” maqola materiallardan samarali va keng foydalanilgan;
bolalar bilan muloqotda qo’llanuvchi murojaat birliklarini funsional-semantik jihatdan o’rganish orqali ularning nutqiy vaziyatlarda ijtimoiy-madaniy va rasmiy aloqa sharoiti bilan bog‘liq kommunikativ vazifalarni bajarishi hamda o‘zida umuminsoniy qadriyatlar zaminida shakllangan milliy-madaniy xususiyatlarni ham aks ettirishi haqidagi xulosalaridan Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining 2022-2023-yillarda efirga uzatilgan “Yoshlar vaqti”, “Ma’naviyat sarchashmasi”, “Olovjon va uning do’stlari”, “Yoshlar kundaligi” ko’rsatuvlarida keng foydalanilgan (O’zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 11-iyuldagi 01-02/146-son ma’lumotnomasi). Natijada ko’rsatuvlarning mazmuni milliy xususiyatlari uyg‘unligida boyishiga erishilgan.