Buzrukova Dilorom Mamirxonovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Olamning hissiy-lisoniy manzarasida “Muhabbat” konseptining lingvokulturologik va gender tahlili”, 10.00.11 – Til nazariyasi.Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1PhD/Fil2816.
Ilmiy rahbar: Akbarova Zuhro Akmaljonovna, filologiya fanlari doktori, dotsent (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Sultonova Shohista Muhammadjonovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Hamroeva Shahlo Mirdjonovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi olamning hissiy-lisoniy manzarasida “muhabbat” konseptini ifodalovchi til birliklari doirasini belgilash, kognitiv jihatdan ochib berish va mazkur konseptning milliy-madaniy, gender xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
kognitiv paradigma doirasida olamning hissiy-lisoniy manzarasi, konsept, hissiy konsept tushunchalarining nazariy asoslari tahlili turli tizimli tillarda “muhabbat” konseptining kognitiv, assotsiativ-verbal xususiyatlarini ifodalovchi birliklar, konseptning kognitiv kontekstiga oid til jamoasi bilimlari aniqlangan;
turli tizimli tillarda “muhabbat” konseptining hissiy-lisoniy olam manzarasi hamda milliy konseptosferada muhim o‘rin tutishi, ushbu konseptning subkonseptlari (farzandga muhabbat, tabiatga muhabbat, ona-Vatanga muhabbat, kitobga muhabbat kabi) va ularning verballashuvi qonuniyatlari dalillangan;
“muhabbat” konseptining milliy tafakkurdagi madaniy, gender hamda psixolingvistik xususiyatlari shuningdek, muhabbat (sevgi-ishq) assotsiativ maydoni, uni tashkil etuvchi yadro va periferik birliklarning semantik talqinlari badiiy asardan olingan misollar asosida isbotlangan;
jamoaviy ongda “muhabbat” konseptining qanday idrok etilishi, mazkur konseptning qanday shaxsiy va hissiy munosabatlar shakllantirishini aniqlash maqsadida respondentlar bilan Google platformasida lisoniy shaxs ongida aks etgan “dunyoning sodda modeli” nigohida o‘tkazilgan ijtimoiy-assotsiativ so‘rovnoma natijalari asosida gender differensial hamda gender-universal belgilar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Olamning hissiy-lisoniy manzarasida “muhabbat” konseptining lingvokulturologik va gender tahlili asosida:
kognitiv tilshunoslik tushunchalari paradigmasi doirasida olamning hissiy-lisoniy manzarasi, konsept, hissiy konseptlar tushunchalarining nazariy tavsifi, tilda “muhabbat” konseptining kognitiv, assotsiativ-verbal xususiyatlarini ifodalovchi til birliklari, konseptning kognitiv kontekstiga oid til jamoasi bilimlarini aniqlash haqidagi xulosalardan “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi FA-043429-raqamli loyihani bajarishda, xususan, “muhabbat” konseptining milliy tafakkurdagi madaniy xususiyatlari, muhabbat (sevgi-ishq) assotsiativ maydoni hamda uni tashkil etuvchi yadro va periferik birliklarning semantik talqinlari haqidagi ilmiy natija va xulosalardan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti 2023-yil 6-iyundagi 243/1-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning ilmiy-nazariy, ilmiy-amaliy ahamiyati ortgan;
turli tizimli tillarda “muhabbat” konseptining hissiy-lisoniy olam manzarasi hamda milliy konseptosferadagi o‘rni, ushbu konseptning subkonseptlari (farzandga muhabbat, tabiatga muhabbat, ona-Vatanga muhabbat, kitobga muhabbat kabi) va ularning verballashuvi qonuniyatlari haqidagi xulosalardan “Imkoniyati cheklangan bolalar ijtimoiy-madaniy faoliyatining badiiy ijodiyot vositalari asosida nazariy va amaliy takomillashuvi” mavzusidagi OT-F-1-100-raqamli fundamental loyihani bajarishda “muhabbat” konseptining milliy tafakkurdagi madaniy, gender hamda psixolingvistik xususiyatlari haqidagi ilmiy natija va xulosalardan foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2023-yil 22-dekabrdagi 04/6452-son ma’lumotnomasi). Natijada turli tizimli tillarda “muhabbat” konseptining hissiy-lisoniy olam manzarasi hamda milliy konseptosferadagi o‘rni, uning subkonseptlari bo‘yicha berilgan ilmiy ma’lumotlar mazkur loyihaning ilmiy-nazariy jihatdan mukammallashishi uchun manba bo‘lib xizmat qilgan;
jamoaviy ongda “muhabbat” konseptining qanday idrok etilishi, mazkur konseptning qanday shaxsiy va hissiy munosabatlar shakllantirishini aniqlash haqidagi xulosalardan Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasining 2022-2023-yillarda efirga uzatilgan “Qadriyat”, “Ma’naviyat sarchashmasi”, “Ziyo sari”, “Zamondosh”, “Adabiy muhit” ko‘rsatuvlari hamda “Ma’naviyat – qalb ko‘zgusi”, “Ziyo maskanlarida” nomli radioeshittirishlari dasturlari ssenariylarini tayyorlashda, xususan, “muhabbat” konseptining milliy tafakkurdagi madaniy xususiyatlari, insondagi hissiy holatlarning to‘g‘ridan to‘g‘ri aks etishi, avvalo, inson sezgilarida namoyon bo‘lishi haqidagi fikrlardan foydalanilgan (Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 30-maydagi 01-12/118-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan, ilmiy dalillar bilan boyigan.