Yusupova Gulchexra Alisherovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Koreys va o‘zbek nutqiy etiketlarining sotsiolingvistik tadqiqi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2647.
Ilmiy rahbar: Usmanova Shoira Rustamovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.21.01.
Rasmiy opponentlar: Ziyamuhamedov Jasur Tashpulatovich, filologiya fanlari doktori, professor; Eon Sangheum, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi koreys va o‘zbek tillaridagi nutqiy etiket birliklarini sotsiolingvistik jihatdan tadqiq etish orqali salomlashish va xayrlashish vaziyatlariga ta’sir etuvchi ijtimoiy omillarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
koreys va o‘zbek tillaridagi nutqiy etiket birliklarining qurilish modeliga tavsif berilib, muloqot jarayonidagi sermahsul qoliplar aniqlangan, ulardagi universaliya, xarakterologiya, unikaliyalar hamda differensiyalar ochib berilgan;
verbal va noverbal muloqotdagi salomlashish va xayrlashish vaziyatiga ijtimoiy omillarning ta’siri masalasi baholanib, bunda ko‘zlangan kommunikativ maqsadga erishishda muloqot zamoni, joyi, muhiti, suhbatdoshning yoshi, mavqeyi hamda gender kabi omillarning muhimligi isbotlangan;
koreys va o‘zbek muloqot jarayonida nutqiy etiket birliklarining qo‘llanish darajasi urf-odat, madaniyat va milliy-me’yoriy mezonlar asosida ochib beriliib, har bir ijtimoiy guruhning o‘ziga xos me’yoriy NEBdan foydalanishi aniqlangan;
nutqiy etiket birliklarining qo‘llanish chastotasi va variativligini belgilash uchun koreys va o‘zbek respondentlari bilan so‘rovnomalar o‘tkazilib, NEBning qo‘llanish chastotasi va variativligi muloqot vaziyati hamda til egalarining muayyan ijtimoiy guruhlarga bog‘liqligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Koreys va o‘zbek nutqiy etiketlarining sotsiolingvistik tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar va xulosalar asosida:
koreys va o‘zbek tillarida salomlashuv va xayrlashuv nutqiy aktining sotsiolingvistik xususiyatlari, mulozamat, xushmuomalalikni ifodalovchi nutqiy etiket shakllari, kommunikativ faoliyatning verbal va noverbal vositalarining milliy-madaniy xususiyatlariga doir tadqiqot natijalaridan A 1-180 “Tarjima va madaniyatlararo muloqot masalalariga oid o‘quv qo‘llanmalari yaratish” mavzusidagi ilmiy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 2022-yil 8-sentyabrdagi 01-04-01/1737-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar “Sharq mamlakatlari sotsiolingvistikasi” o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda xizmat qilgan;
koreys tilida xushmuomalalikni ifodalovchi birliklarni o‘rganishga bag‘ishlangan nazariy xulosalardan “King Sejong Instituti”da o‘quv jarayonida foydalanilgan (“King Sejong Institute. Tashkent 1” 2022-yil 14-iyuldagi 11-son ma’lumotnomasi). Natijada ma’ruza ilmiy ma’lumotlar bilan boyigan va o‘quv adabiyotlarini tayyorlashda xizmat qilgan;
o‘zbek muloqotidagi salomlashish va kechirim so‘rash nutqiy etiketlarining nutq vaziyatiga, suhbatdoshning yoshi, jinsi va mavqeyiga ko‘ra qo‘llanish xususiyatlariga doir tadqiqot natijalaridan Xitoy Xalq Respublikasi Pekin Markaziy millatlar universiteti Akademik tadqiqotlar bo‘limi loyihalari bo‘yicha “Masofaviy ta’limni tashkillashtirish va isloh qilish” mavzusidagi ilmiy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Xitoy Xalq Respublikasi Pekin Markaziy millatlar universitetining 2022-yil 5-sentyabrdagi 10301-202000205-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar Xitoy Xalq Respublikasi Pekin Markaziy millatlar universiteti (Minzu university of China)da o‘zbek tili va madaniyatini o‘qitish hamda xitoyliklar uchun “O‘zbek tili” darsligi tayyorlashda xizmat qilgan;
koreys va o‘zbek diskursida nutqiy etiket birliklarining o‘xshash va farqli tomonlarini yoritishga bag‘ishlangan tahliliy fikrlar va nazariy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DM tarkibidagi “Foreign languaGES” telekanalining “Good morning, Uzbekistan!” dasturini tayyorlashda samarali foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” DUKning 2022-yil 6-oktyabrdagi 02-05-874-son ma’lumotnomasi). Koreys va o‘zbek nutqiy etiketining sotsiolingvistik tadqiqiga doir tahliliy fikrlar va nazariy xulosalar ko‘rsatuvning ilmiy dalillarga boy va ommabop bo‘lishini ta’minlagan.