Taylanova Muqaddasxon Nazarboy qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Koreyscha ertaklarning o‘zbekcha tarjimasida hayvonot va o‘simlik dunyosining leksik-semantik transformatsiyasi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2647.
Ilmiy rahbar: Omonov Qudratulla Sharipovich, filologiya fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.21.01.
Rasmiy opponentlar: Usmanova Shoira Rustamovna, filologiya fanlari doktori, professor; Ochilov Ergash Zakirovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi koreyscha sehrli ertaklarning o‘zbek tilidagi tarjimasida hayvonot hamda o‘simliklar dunyosi bilan bog‘liq birliklarning leksik-semantik transformatsiyasi yo‘llarini aniqlash va ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
koreyscha sehrli ertaklardagi hayvonot va nabotot olamiga tegishli leksik birliklarning o‘zbek tilidagi tarjimasida leksik-semantik transformatsiyaning generalizatsiya (umumlashtirish), modulyasiya (almashtirish), konkretizatsiya (aniqlashtirish), transliteratsiya, so‘zma-so‘z hamda so‘z qo‘shish singari usullari aniqlangan;
tahlilga tortilgan koreyscha sehrli ertaklarning o‘zbek tilidagi tarjimalarida yovvoyi, uy, xayoliy hayvonlar, daraxt, o‘simlik va gul bilan bog‘liq birliklarning leksik-semantik transformatsiyasida modulyasiya usulining ustuvorligi isbotlangan;
koreys tilidagi sehrli ertaklarda uchraydigan fantastik hayvon obrazlarining lingvomadaniy tahlili natijasida ularning xitoy mifologiyasining ta’siri asosida yaratilganligi aniqlanib, ertaklarda “용 (ajdarho)” obraziga tegishli birliklar faol ekanligi asoslangan;
koreyscha sehrli ertaklarda inson xatti-harakati, ichki va tashqi qiyofasini ko‘rsatishda ko‘proq fitonimlardan foydalanilishi, ularning xalq milliy mentaliteti, dunyoqarashi va tafakkur tarzini ifodalashi, o‘zbekcha tarjimada bunga alohida e’tibor qaratilishi kerakliligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Koreyscha sehrli ertaklarning o‘zbek tilidagi tarjimasida hayvonot va o‘simliklar dunyosining leksik-semantik transformatsiyasi tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
koreyscha sehrli ertaklardagi hayvonot va o‘simlik dunyosining talqini, obrazlar va uning o‘zbek tiliga tarjimasida qo‘llanilgan transformatsiyalar xususidagi tahlillardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan tashkil etilgan yosh ijodkorlarning anʼanaviy “Zomin” respublika seminarida “Badiiy tarjima” sho‘basidagi ilmiy yo‘nalishlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2022-yil 29-apreldagi 01-03/628-son maʼlumotnoma). Natijada Yozuvchilar uyushmasi tomonidan tashkil etilgan badiiy tarjimaga oid seminar mashg‘ulotlarining ilmiy-amaliy ahamiyatini oshishiga hamda ertak matnlarining o‘zbek tiliga tarjima etish yo‘llari bo‘yicha amaliy asos bo‘lib xizmat qilgan;
sehrli ertaklardagi xayoliy hayvonlar va ularni tarjimada berish bilan bog‘liq natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Foreign languaGES” telekanali “Good morning, Uzbekistan!” teleloyihasining koreys ertaklariga bag‘ishlangan maxsus sonini hamda “O‘zbekiston” telekanalidagi “Assalom, O‘zbekiston” dasturidagi “Telesayohat” sahifasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi davlat mussasasining 2022-yil 8-apreldagi 02-16-761-son maʼlumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlarning ashyoviy bazasi mustahkamlangan hamda o‘zbek teleauditoriyasi uchun koreyscha sehrli ertaklarning o‘ziga xos jihatlari bo‘yicha yangi maʼlumotlarni olishiga xizmat qilgan;
koreys tilidagi sehrli ertaklarning o‘zbek tiliga tarjima usullari, hayvonot va o‘simlik dunyosining tarjimada berish bilan bog‘liq xulosalardan Koreya Respublikasining Hanguk chet tillar va Honam universitetlarining tarjima yo‘nalishlari tadqiqotchilari uchun ilmiy ma’ruza materiallarini tayyorlashda foydalanilgan (Koreya Respublikasi Hanguk chet tillar va Honam universitetlarining 2022-yil 21-apreldagi maʼlumotnomasi). Natijada O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o‘rtasida malakali tarjimon mutaxassislar tayyorlash va ushbu yo‘nalishda ilmiy hamkorlikni amalga oshirish masalalariga xizmat qilgan.