Atamuradov Sherzod Raxmatullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek-turk muloqot madaniyatida pragmatik to‘siqning ifodalanishi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil1324.
Ilmiy rahbar: Qurbonova Munavvara Abdujabbarovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.21.01.
Rasmiy opponentlar: Safarov Shahriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Shabanov Jumali Kazimovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va turk tillarida pragmatik to‘siqni yuzaga keltiruvchi omillarni aniqlash, o‘zbek-turk madaniyati bilan bog‘liq pragmatik to‘siq ko‘rinishlarining muloqotdagi o‘rnini belgilash, tillarni qiyosiy aspektda baholash asosida ularning umumiy va farqli jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek va turk tillarining o‘zaro yaqinligi muloqot subektlari uchun qulaylik tug‘dirish bilan birga, pragmatik to‘siqning asosi sifatida diskursiv faoliyat samarasizligiga sabab bo‘lishi dalillangan;
o‘zbek-turk muloqotida kommunikativ to‘siqni yuzaga keltiruvchi fonetik-grafik, leksik-semantik, morfologik, sintaktik-stilistik xarakterga ega lisoniy omillar, kommunikantlarning differensial, psixofiziologik holati hamda tashqi muhit bilan bog‘liq nolisoniy omillar aniqlanib, pragmatik to‘siqning adresat perseptiv faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan;
o‘ziga xos milliy-madaniy birliklar, imo-ishoralar tizimining kontekstual vaziyatda muloqotning barbod bo‘lishi hamda madaniy shok holatiga sabab bo‘lishi asoslangan;
yaqin tillardan tarjimada asliyat matni orqali ifodalangan propozisiya tarjimonning asliyat tilini mukammal bilmasligi, soxta ekvivalentlarga chalg‘ishi, tarjimon tomonidan hosil qilingan okkazionalizmlar orqali noto‘g‘ri talqin qilinishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek-turk muloqot madaniyatida pragmatik to‘siqning ifodalanishi doirasida tayyorlangan tadqiqot natijalari asosida:
“Kommunikativ to‘siq lingvopragmatik muammo sifatida” mavzusidagi maqola matnidan “Ko‘zi ojiz shaxslar uchun kompyuter texnikasidan foydalanish, matnlarni o‘qish va yozish imkonini beruvchi o‘zbek tiliga asoslangan gapiruvchi dasturiy ta’minot va ovoz sintezatorini ishlab chiqish” davlat amaliy granti loyihasida lingvistik ta’minot va audioma’lumotlar bazasini shakllantirishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 15-iyundagi 01/10-1194-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek tilidagi nutqni tushunish, matn mazmuniy idrokini ta’minlash bilan bog‘liq muammolarga amaliy echim topishda manba bo‘lib xizmat qilgan;
o‘zbek va turk tillarining mushtarak va farqli jihatlari, madaniy birliklarni ifoda etishdagi o‘ziga xosliklar, tarjima ishlarida pragmatik to‘siq masalalariga bo‘yicha keltirilgan misollardan 2021-2023 yillarda bajarilgan PZ-2020042022. “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 15-iyundagi 01/10-1195-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyihaning uchinchi bosqichidagi rejalar ijrosini ta’minlashga xizmat qilgan;
o‘zbek-turk muloqot madaniyatida pragmatik to‘siqqa sabab bo‘ladigan lisoniy omillar, tillarning o‘ziga xos xususiyatlari, til o‘qitishdagi muammolar bilan bog‘liq qarash hamda misollardan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2020–2022-yillarda amalga oshirilgan AM-FZ-201908172 raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” nomli amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 15-iyundagi 01/10-1196-son ma’lumotnomasi). Natijada, korpus matni lingvodidaktik misollar bilan boyitilgan;
samarali muloqot, o‘zaro muloqotda yuzaga keladigan to‘siqlar haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” telekanalining “Assalom, O‘zbekiston!” ko‘rsatuvi ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2023-yil 15-iyundagi 01-06-961-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu eshittirish mazmuni ilmiy dalillar bilan boyitilgan.