Yuldasheva Dilorom Nigmatovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumot:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Sukut diskursning tarkibiy qismi sifatida (badiiy asarlar asosida)” 10.00.01 – o‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2019.4DSc/Fil191.
Ilmiy rahbar: Abuzalova Mehriniso Kadirovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.09.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raeva Bibish Muxsinovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Raupova Laylo Raximovna, filologiya fanlari doktori, professor; Pardaev Azamat Baxronovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sukut diskursning tarkibiy qismi ekanligini badiiy asarlardan olingan misollar asosida lingvomadaniy va lingvoma’naviy aspektda asoslashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nutqiy muloqot jarayonidagi sukut tushunchasi zamon va makon, shart-sharoit, maqsad/sabab va oqibat bilan uzviy bog‘langan o‘ta qisqa bir zamonda sodir bo‘ladigan pragmatik vosita sifatida noverbal: nolisoniy birliklar ‒ imo-ishoralar, mimikalar, suhbatdoshning maneralari, simvollar, ohang, sukut asosida shakllangan munosabati, verbal: lisoniy birliklar ‒ fonema, morfema, qolip ‒ asosida shakllangan badiiy matnlar asosida ochib berilgan;
diskursning tarkibiy qismi bo‘lgan sukut nafaqat jonli muloqotning, balki shaxsning ruhiy, individual, ijtimoiy, axloqiy, ma’naviy, madaniy va gender xususiyatlarini o‘zida aks ettira oladigan nutq komponenti ekanligi asoslangan;
badiiy asarlarda ifodalangan nutqiy muloqot jarayonida xotin-qizlarning sukut saqlashining 14 ta holati: hurmat-e’tibor; andisha, hayo-ibo; o‘pkalanish; o‘zbek onalariga xos mehr-muhabbat; erki bo‘g‘ilgan ayol; havasni yuzaga chiqarish vositasi; itoatkorlik, sir saqlash // erkak kishi bilan suhbati jarayoni 11 ta holat qo‘rquv, itoat, suhbatdoshning rizoligi, biror ishga xayrixohligi, behalovatlik, pushaymonlik, ilojsizlik, savolga javob topolmaslik kabi semantik guruhlari aniqlangan;
o‘zbek milliy madaniyatida sukutning 9 ta sababi: dunyodan ham avval yaralgan ibtido, odob-axloq me’yori, abadiyat ramzi, alomati rizo, insonning ziynati sifatida hamda muloqot jarayonida sukutni yuzaga keltiruvchi omillar ‒ ruhiy holat doirasidagi 40 % ni, odob-axloq doirasidagi 33 % ni, ijtimoiy holat doirasidagi 10 % ni va tabiiy holat doirasidagi esa 5 % ni tashkil etishi badiiy asarlar asosida isbotlangan;
adresat va adresantning sukut saqlashi diskurs jarayonida xalq tarixi, madaniyati, tafakkuri, ruhiyati hamda ijtimoiy munosabatlarini yorituvchi lingvomadaniyatshunoslikka oid asosiy muloqot vositasi ularning dunuoqarashi, e’tiqodi hamda tafakkuri bilan bog‘liqligi, eksplisit hamda implisit ko‘rinishlari, nutqiy muloqot jarayoni shakllanishida shaxs omilining muhim o‘ringa egaligi olam manzarasining asosiy tasvir vositalaridan ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Olingan ilmiy natijalar quyidagi ishlarda joriylangan:
nutqiy muloqot jarayonidagi sukut tushunchasi zamon va makon, shart-sharoit, maqsad/sabab va oqibat bilan uzviy bog‘langan o‘ta qisqa bir zamonda sodir bo‘ladigan pragmatik vosita sifatida noverbal: nolisoniy birliklar ‒ imo-ishoralar, mimikalar, suhbatdoshning maneralari, simvollar, ohang, sukut asosida shakllangan munosabati, verbal: lisoniy birliklar ‒ fonema, morfema, qolip ‒ asosida shakllangan badiiy matnlar asosida F3-2019081663 raqamli “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb-sayt va multimediya mahsulotlari to‘plamini (elektron lug‘atlar) yaratish” mavzusidagi fundamental loyihada (2020-2021-yy) foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2023-yil 22-noyabrdagi 1-04/74-son ma’lumotnomasi). Natijada elektron lug‘atlar yaratishda dissertatsiya xulosalariga tayanilgan;
diskursning tarkibiy qismi bo‘lgan sukut nafaqat jonli muloqotning, balki shaxsning ruhiy, individual, ijtimoiy, axloqiy, ma’naviy, madaniy va gender xususiyatlarini o‘zida aks ettira oladigan nutq komponenti ekanligi asoslangan xulosalardan 5111200 ‒ O‘zbek tili va adabiyoti hamda 5112400 ‒ O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” darsligini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 4-maydagi 285-078-raqamli guvohnomasi). Natijada darslikdagi lisonning amaliy voqelanishi bilan bog‘liq mavzular noverbal vositalar asosida takomillashtirilgan;
badiiy asarlarda ifodalangan nutqiy muloqot jarayonida xotin-qizlarning sukut saqlashining 14 ta holati: hurmat-e’tibor; andisha, hayo-ibo; o‘pkalanish; o‘zbek onalariga xos mehr-muhabbat; erki bo‘g‘ilgan ayol; havasni yuzaga chiqarish vositasi; itoatkorlik, sir saqlash // erkak kishi bilan suhbati jarayoni 11 ta holat qo‘rquv, itoat, suhbatdoshning rizoligi, biror ishga xayrixohligi, behalovatlik, pushaymonlik, ilojsizlik, savolga javob topolmaslik kabi semantik guruhlaridan 5220100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan “Tilshunoslikka kirish” darsligining “Nutq ko‘rinishlari: og‘zaki va yozma nutq” deb nomlangan qismini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 14-avgustdagi 418-101-raqamli guvohnomasi). Natijada darslik ma’lumotlari sukut ham nutqiy muloqot jarayonining muhim nolisoniy vositalaridan biri degan talqin bilan boyitilgan;
o‘zbek milliy madaniyatida sukutning 9 ta sababi: dunyodan ham avval yaralgan ibtido, odob-axloq me’yori, abadiyat ramzi, alomati rizo, insonning ziynati sifatida hamda muloqot jarayonida sukutni yuzaga keltiruvchi omillar ‒ ruhiy holat doirasidagi 40 % ni, odob-axloq doirasidagi 33 % ni, ijtimoiy holat doirasidagi 10 % ni va tabiiy holat doirasidagi esa 5 % ni tashkil etishi badiiy asarlar asosida shakllangan matnlardan 5220100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan “O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi” darsligining “Ona tili ta’limida zamonaviy yondashuvlar” deb nomlangan qismini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 14-avgustdagi 418-091-raqamli guvohnomasi). Natijada o‘quvchida shakllantiriladigan diskursiv, kompensator kompetensiyalar talqiniga oid ma’lumotlar nazariy va amaliy jihatdan boyitilgan;
adresat va adresantning sukut saqlashi diskurs jarayonida xalq tarixi, madaniyati, tafakkuri, ruhiyati hamda ijtimoiy munosabatlarini yorituvchi lingvomadaniyatshunoslikka oid asosiy muloqot vositasi ularning dunuoqarashi, e’tiqodi hamda tafakkuri bilan bog‘liqligi, eksplisit hamda implisit ko‘rinishlari, nutqiy muloqot jarayoni shakllanishida shaxs omilining muhim o‘ringa egaligi olam manzarasining asosiy tasviriga oid xulosalardan 2022-2023-yillarda O‘ZMTRK “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlarining ssenariysini yozishda foydalanilgan va muallif bilan suhbatlar uyushtirilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali davlat muassasasi”ning 2023-yil 23-noyabrdagi 02-36-895-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan, ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan.