Shoymardonov Ilhom Alixonovning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumot
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Surxon vohasi bolalar folklori (o‘ziga xos xususiyatlari, tasnifi va badiiyati)”, 10.00.08 – Folklorshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fil4262.
Ilmiy rahbar: O‘raeva Darmonoy Saidaxmedovna, filologiya fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti DSc.03/04.06.2021.Fil.72.09
Rasmiy opponentlar: Sariev San’atjon Matchonboevich filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Turg‘unov Sherali Dolixonovich filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Surxon vohasi bolalar folklorining lokal belgilari asosida o‘ziga xos ijro xususiyatlarini, janriy tarkibini, obrazlar olami va lingvopoetik belgilarini aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Surxon bolalar folklori hududiy-lokal xususiyatlariga ko‘ra areal jihatdan alohida yaxlit badiiy tizim ekani, uning umumo‘zbek folklori an’analari bilan obrazlar tizimi va tuzilishiga ko‘ra mushtarak hamda janriy tarkibi, badiiy ijro xususiyatiga ko‘ra o‘ziga xos jihatlari ochib berilgan;
Surxon vohasida bolalarni parvarishlash, suyish, erkalash jarayonlariga oid folklor namunalarining qo‘shiq, lapar kabi janriy tarkibi, allalar va huyyalar, aytim-olqishlar singari beshik qo‘shiqlari poetikasi dalillangan;
Surxon bolalar folkloridagi mavsumiy-marosimiy, maishiy, satirik va yumoristik qo‘shiqlar yaratilishi hamda ijro qilinishining tarixiylik, zamonaviylik kabi ijtimoiy-hayotiy, hududiylik va turli etnosga oid tarixiy-etnografik asoslari, emotsional ta’sirchanlik xususiyati bilan bog‘liq badiiy-estetik qonuniyatlari aniqlangan;
Surxondaryo bolalar folklorida postfolklor holatida o‘z an’anaviyligini saqlab qolgan holda folklor janrlarining badiiy til xususiyatlari, obrazlar va motivlar, poetik qurilishi kabi struktural-semantik xossalari, xalq e’tiqodiy qarashlari bilan bog‘liq mifologik, diniy va marosimiy jihatlari, mavzular ko‘lami, obrazlar olami, lingvopoetik tasvir vositalari kompleks tarzda asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Olingan ilmiy natijalar quyidagi ishlarda joriylangan:
Surxon bolalar folklori hududiy-lokal xususiyatlariga ko‘ra areal jihatdan alohida yaxlit badiiy tizim ekani, uning umumo‘zbek folklori an’analari bilan mushtarak va o‘ziga xos jihatlariga oid ilmiy xulosalardan xulosalaridan FA-F1, G002 raqamli “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada dissertatsiya ilmiy natijalaridan (2017-2021-yy) foydalanilgan (O‘zbekistan Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2022-yil 17-yanvardagi 17/01/220-son ma’lumotnomasi). Natijada bolalar folklorini tarixiy-qiyosiy, qiyosiy-tipologik, badiiy tahlil, areal hamda lingvistik usullarda tadqiq etish metodikasini takomillashtirish zaruriyati asoslangan;
Surxon vohasida bolalarni parvarishlash, suyish, erkalash jarayonlariga oid folklor namunalarining qo‘shiq, lapar kabi janriy tarkibi, allalar va huyyalar, aytim-olqishlar singari beshik qo‘shiqlariga oid ma’lumotlardan FA-F1-005 raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada dissertatsiya ilmiy natijalaridan (2017-2021-yy) foydalanilgan (O‘zbekistan Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2022-yil 17-yanvardagi 17/01/220-son daloatnoma). Natijada badiiy-estetik qonuniyatlariga oid ma’lumotlarga tayanilgan;
Surxon bolalar folkloridagi mavsumiy-marosimiy, maishiy, satirik va yumoristik qo‘shiqlar yaratilishi hamda ijro qilinishining tarixiylik, zamonaviylik kabi ijtimoiy-hayotiy, hududiylik va turli etnosga oid tarixiy-etnografik asoslari, emotsional ta’sirchanlik xususiyati bilan bog‘liq badiiy-estetik qonuniyatlaridan Surxondaryo viloyati teleradiokompaniyasi Surxondaryo viloyat televideniyasining “Munavvar kun” teleko‘rsatuvlarida, davra suhbatlarida, radioeshittirishlarda tadqiqotchi ishtirok etib, Surxon bolalarining o‘yin, mavsum-marosim folklorini to‘plash, chop etish, ularning poetik xususiyatlarini o‘rganish xususida so‘z yuritib, teletomoshabinlarni bu ulkan ma’naviy xazinani asrab-avaylashga, qadrlashga da’vatlantirgan (Surxondaryo viloyati teleradiokompaniyasining 2022-yil 22-noyabrdagi 01/01/787-son ma’lumotnoma). Natijada dasturlardagi tahlillarning qiziqarli va jonli bo‘lishiga, teletomoshabin hamda radioeshittirish muxlislarining Surxon vohasi bolalar folklorining o‘ziga xos lokal xususiyatlari haqidagi ilmiy tasavvurlarini boyitishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish