Kilichev Bayramali Ergashovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumot
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi): “Buxoro viloyati toponimlarining lingvistik tadqiqi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Fil370.
Ilmiy rahbar: Karimov Suyun Amirovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.09.
Rasmiy opponentlar: Bahriddinova Bashorat Ma’dievna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Turobov Abdurayim Malikovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor, Do‘simov Zaribboy, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Buxoro viloyati toponimlarini lingvistik jihatdan baholab, ularga xos bo’lgan semantik va etimologik xususiyatlarni aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Buxoro viloyati toponimlar tizimi o‘zining tarixiyligi, mavzu yo‘nalishlari bo‘yicha rang-barangligi, elat, urug‘larning aralashuvi va ishtiroki, turli tillarning ta’siri ostida shakllanganligi, kishi ismlari, aholining kasb-kor, hududning relefi sifatida asosiy qismini  oykonimlar, gidronimlar, nekronimlar, oronimlar sifatida til xususiyatlari, dunyoqarashi, milliy an’ana hamda urf-odatlariga bog‘liq holda asoslangan;
Buxoro viloyati toponimlari etimologiyasi, leksik-semantik xususiyatlari fonetik, morfemik, morfologik tarkibiy tuzilishi, grammatik modellarining yuzaga kelishi, shakllanishiga asos bo‘lgan avliyo, bozor, machit/masjid, ko’prik, ko’cha, ovul, qal’a, qishloq kabi indikatorlar hamda rabot, metan/mitan, obod kabi komponentlarning lisoniy omillari, diaxron va sinxronligi o‘zbek tili toponimikasi nazariyasiga muvofiq dalillangan;  
toponimlarning hududiy: makrotoponimiya va mikrotoponimiya // xronologik:  vaqt, davr bilan bog‘liq xususiyatlari // ma’noviy: leksik-semantik, etimologik jihatlari // morfem: toponimlarning tarkibi, undagi asosning shakli va qo‘shimchalarning mavjudligi hamda vazifasi // grammatik tarkib: toponimlar tarkibida qanday so‘z turkumlariga oid birliklarning mavjudligi // yasalish: toponimlarning yasalishi bilan bog‘liq holatlari, tub yoki yasama ekanligi isbotlangan;
viloyatdagi o‘z qatlamiga oid toponimlarni mavzu jihatdan: 1) o‘zbekcha antroponimlar, 2) joyning relef xususiyati, 3) gidronimik atamalar, 4) o‘simlik, daraxt nomlari, 5) kasb-hunarni ifodalovchi, 6) rang-tus bildiruvchi, 7) hajm, shakl, masofa, yuza, o‘lchov, o‘rin, yosh ma’nosini bildiruvchi, 8) sonni, miqdorni ifodalovchi, 9) urug‘, qabila nomlari, 10) oronim birliklar, 11) shaxs ifodalovchi 12) qush, parranda, 13) hasharot, qurt-qumursqa, 14) narsa nomlari asosida shakllangan tasniflari aniqlangan;   
sodda toponimlarning antroponim asosli: Abay, Bobur, Sadi \\ toponim asosli: Balx, Varaxsha \\ gidronim asosli: Arna, Dahana \\  oronim asosli: Hisor, Tepa, Qir \\ etnonim asosli: Bahrin, Do‘rman \\  fitonim asosli: Bo‘ston, Qayrag‘och \\ geografik obekt asosli: Qo‘rg‘on, Rabot \\ amal, unvon, tabaqa nomi asosli: Avliyo, Xo‘ja \\  aniq ot asosli: Kulba, Qozon \\  mavhum ma’noli so‘z asosli Adolat, Baxt kabi ko‘rinishlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Olingan ilmiy natijalar quyidagi ishlarda joriylangan:
Buxoro viloyati toponimlar tizimi o‘zining tarixiyligi, mavzu yo‘nalishlari bo‘yicha rang-barangligi, elat, urug‘larning aralashuvi va ishtiroki, turli tillarning ta’siri ostida shakllanganligi, kishi ismlari, aholining kasb-kor, hududning relefi sifatida asosiy qismini  oykonimlar, gidronimlar, nekronimlar, oronimlar sifatida til xususiyatlari, dunyoqarashi, milliy an’ana hamda urf-odatlariga oid xulosalardan Evropa Ittifoqi tomonidan Erasmus + dasturining 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP:raqamli “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizastiyalash va xalqarolashtirish” nomli innovastion tadqiqotlar loyihasi doirasida dissertatsiya ilmiy natijalaridan (2016 – 2018-yy) foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 18-oktyabrdagi 855/02-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyada hudud aholisining til xususiyatlari, dunyoqarashi, milliy an’ana hamda urf-odatlari bilan bog‘liq xulosalarga tayanilgan;
Buxoro viloyati toponimlari etimologiyasi, leksik-semantik xususiyatlari fonetik, morfemik, morfologik tarkibiy tuzilishi, grammatik modellarining yuzaga kelishi, shakllanishiga asos bo‘lgan avliyo, bozor, machit/masjid, ko’prik, ko’cha, ovul, qal’a, qishloq kabi indikatorlar hamda rabot, metan/mitan, obod kabi komponentlarning lisoniy omillari, diaxron va sinxronligi o‘zbek tili toponimikasi nazariyasiga muvofiq ma’lumotlardan FA-F1-005-raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihani amalga oshirishda (2017 – 2020-yy.) foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2023-yil 26-oktyabrdagi 420/1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida bajarilgan izlanishlarning kengayishiga erishilgan.
toponimlarning hududiy: makrotoponimiya va mikrotoponimiya // xronologik:  vaqt, davr bilan bog‘liq xususiyatlari // ma’noviy: leksik-semantik, etimologik jihatlari // morfem: toponimlarning tarkibi, undagi asosning shakli va qo‘shimchalarning mavjudligi hamda vazifasi // grammatik tarkib: toponimlar tarkibida qanday so‘z turkumlariga oid birliklarning mavjudligi // yasalish: toponimlarning yasalishi bilan bog‘liq xulosalardan “O‘zbek tili milliy korpusini loyihalash va dasturiy majmua ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda (2021 – 2023-yy.) foydalanilgan (Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining 2023-yil 17-oktyabrdagi 798/01-01-sonli ma’lumotnomasi). Natijada toponimlarning ma’noviy guruhlari boyitilgan.
viloyatdagi o‘z qatlamiga oid toponimlarni mavzu jihatdan: 1) o‘zbekcha antroponimlar, 2) joyning relef xususiyati, 3) gidronimik atamalar, 4) o‘simlik, daraxt nomlari, 5) kasb-hunarni ifodalovchi, 6) rang-tus bildiruvchi, 7) hajm, shakl, masofa, yuza, o‘lchov, o‘rin, yosh ma’nosini bildiruvchi, 8) sonni, miqdorni ifodalovchi, 9) urug‘, qabila nomlari, 10) oronim birliklar, 11) shaxs ifodalovchi 12) qush, parranda, 13) hasharot, qurt-qumursqa, 14) narsa nomlari asosida shakllangan tasniflarga oid xulosalardan Buxoro viloyati hokimligi huzuridagi toponimik komissiya tomonidan hududning tabiiy-geografik obektlari, aholi manzillari nomlarini o’zgartirish, yangilariga nom berishda foydalanilgan (Buxoro viloyati “Geografik obektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari” bo’yicha viloyat komissiyasining 2023-yil 21-noyabrdagi 11/2623-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘z qatlamiga oid toponimlarning  mavzuviy guruhlaridan keng foydalanilgan.
sodda toponimlarning antroponim asosli: Abay, Bobur, Sadi \\ toponim asosli: Balx, Varaxsha \\ gidronim asosli: Arna, Dahana \\  oronim asosli: Hisor, Tepa, Qir \\ etnonim asosli: Bahrin, Do‘rman \\  fitonim asosli: Bo‘ston, Qayrag‘och \\ geografik obekt asosli: Qo‘rg‘on, Rabot \\ amal, unvon, tabaqa nomi asosli: Avliyo, Xo‘ja \\  aniq ot asosli: Kulba, Qozon \\  mavhum ma’noli so‘z asosli Adolat, Baxt kabi ilmiy izlanishlardan Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining “Assalom, Buxoro”, “Sakkizinchi mo‘jiza”, “Diyor” ko‘rsatuvlarida foydalanilgan. Tadqiqotchi tomonidan teletomoshabinlarga viloyat hududidagi toponimlarning tarixi, paydo bo‘lish holatlari, ma’nolari, ularning milliy-madaniy qadriyat sifatida asrab-avaylanishi, joy nomlarining to‘g‘ri yozilishi borasida xulosa va tavsiyalar berilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 28-noyabrdagi 02-09-323-son ma’lumotnomasi). Natijada teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni ilmiy dalillar bilan boyitilib, ko‘rsatuvlarning ilmiy-ommaboplik xususiyati orttirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish