Matyakubov Aziz Atanazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek badiiy kinosida Ikkinchi jahon urushi mavzusi”, 17.00.03 – Kino san’ati. Televidenie (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/San98.
Ilmiy rahbar: Karimova Nigora G‘anievna, san’atshunoslik fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: San’atshunoslik instituti, DSc.02/30.12.2019. San.51.01.
Rasmiy opponentlar: Xamidova Marfua Azizovna, san’atshunoslik fanlari doktori, professor; Yakubov Baxtiyor Chorievich, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek badiiy kinosida urush mavzusining bugungi kun jamiyat hayoti hamda milliy kino taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyatini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ikkinchi jahon urushi mavzusi milliy kinoda janr diapazonini kengaytirgani natijasida o‘zbek badiiy kinosida harbiy-jangovor, harbiy-qahramonlik, harbiy-biografik, harbiy-sarguzasht kabi yo‘nalishlar yuzaga kelgani aniqlangan;
milliy badiiy kinoga Ikkinchi jahon urushi mavzusi kirib kelgani bois, o‘zbek xarakteri ochib berilgani, bunga qadar yaratilgan filmlarda, asosan, sovet kishisi sifatida talqin etilgan qahramonlar endilikda front va front orti obrazlari misolida milliy xarakter kasb eta boshlagani asoslangan;
urush mavzusidagi filmlarning badiiy ifoda vositalariga bo‘lgan qarashlar o‘zgargani natijasida o‘zbek badiiy kinosi general, razvedka xodimi, tankchi, harbiy shifokor, oddiy askar, partizanlar, pochtachi, mahbuslar singari qahramonlar obrazi bilan boyitilgani, front va front orti voqealarini parallel tasvirlash tajribasi amalga oshirilgani, dushman obrazi talqinida biryoqlama yondashuvdan voz kechilgani isbotlangan;
mustaqillik davri o‘zbek badiiy kinosida Ikkinchi jahon urushi mavzusi, uning qahramonlari va syujetiga murojaat qilingani natijasida tarixiy ob’ektivlikka intilish va tarixiy xotirani qayta tiklash, shuningdek, sovet mafkurasini fosh etishga urinish asosiy mezonga aylangani ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek badiiy kinosida Ikkinchi jahon urushi mavzusi doirasida amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
Ikkinchi jahon urushi mavzusi milliy kinoda janr diapazonini kengaytirgani natijasida o‘zbek badiiy kinosida harbiy jangovor, harbiy-qahramonlik, harbiy-biografik, harbiy-sarguzasht kabi yo‘nalishlar yuzaga kelgani aniqlangani  va milliy badiiy kinoga Ikkinchi jahon urushi mavzusi kirib kelgani bois, o‘zbek xarakteri ochib berilgani, bunga qadar yaratilgan filmlarda, asosan, sovet kishisi sifatida talqin etilgan qahramonlar endilikda front va front orti obrazlari misolida milliy xarakter kasb eta boshlagani asoslangani bo‘yicha chiqarilgan xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” muassasasining 2022-yil 13-maydagi 02-31-621-son ma’lumotnomasi). “Taqdimot” ko‘rsatuvida urush mavzusiga bag‘ishlangan milliy filmlar bo‘yicha bildirilgan fikr-mulohazalar va tahliliy xulosalar mazkur yo‘nalishdagi filmlar mazmun-mohiyatini keng auditoriyaga yanada chuqurroq etkazish va shu orqali tomoshabinlarda, ayniqsa, yosh avlod vakillarida vatanparvarlik, shukronalik, tinchliksevarlik kabi tuyg‘ularni yanada mustahkamlash hamda obrazli fikrlash layoqatini oshirishga xizmat qilgan;
mustaqillik davri o‘zbek badiiy kinosida Ikkinchi jahon urushi mavzusi, uning qahramonlari va syujetiga murojaat qilingani natijasida tarixiy ob’ektivlikka intilish va tarixiy xotirani qayta tiklash, shuningdek, sovet mafkurasini fosh etishga urinish asosiy mezonga aylangani ochib berilgan va urush mavzusidagi filmlarning badiiy ifoda vositalariga bo‘lgan qarashlar o‘zgargani natijasida o‘zbek badiiy kinosi general, razvedka xodimi, tankchi, harbiy shifokor, oddiy askar, partizanlar, pochtachi, mahbuslar singari qahramonlar obrazi bilan boyitilgani, front va front orti voqealarini parallel tasvirlash tajribasi amalga oshirilgani, dushman obrazi talqinida biryoqlama yondashuvdan voz kechilgani isbotlangan xulosalardan “Teatr, kino va musiqa ustalari ijodi O‘zbekiston milliy madaniyatining ustuvor omili sifatida” mavzusidagi amaliy loyihaning “Mustaqillik davrida kino san’ati ustalari ijodi” deb nomlangan 3-bosqichida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2023-yil 19-dekabrdagi 3/1255-2805-son ma’lumotnomasi). Amaliy loyihaning “Mustaqillik davrida kino san’ati ustalari ijodi” qismiga kiritilgan dissertatsiyadagi ma’lumotlar va nazariy fikrlar o‘zbek badiiy kinosida mustaqillik yillari yuzaga kelgan yangi ijodiy jarayonlarni o‘rganish, uning shakllanish xususiyatlari haqida tahliliy xulosalar chiqarish imkoniyatini bergan, qolaversa, mustaqillik davrida qahramon yaratish masalasiga alohida e’tibor qaratilgani inobatga olinsa, dissertatsiya ma’lumotlari bevosita so‘nggi yillar milliy kinoda aks etayotgan yangi tendensiyalarni ochib berishga hissa qo‘shgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish