Tuychiev Nuriddin Nazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Asoratlangan sil spondilitini oshqozon-ichak tizimi funksional buzilishida kompleks davolash», 14.00.26 – Ftiziatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2016.2.Tib761.
Ilmiy rahbar: Nazirov Primqul Xujamovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pul`monologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Akademik Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pul`monologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/01.04.2023.Tib. 160.01.
Rasmiy opponentlar: Toshpulatova Fatima Qudratovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Karimov Mirvasit Mirvasiqovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: asoratlangan sil spondilitini kompleks antibakterial, patogenetik va jarrohlik davolash jarayonida oshqozon-ichak tizimidagi funksional buzilishlarni aniqlash, davolash usullarini ishlab chiqish va samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor asoratlangan sil spondilitida ichki a’zolarning innervatsiyasini ta’minlovchi orqa miya o‘tkazuvchanligi tizimidagi chuqur buzilishlar oshqozon-ichak tizimining funksional buzilishlarining belgilarsiz kechishini aniqlab berishi isbotlangan;
ilk bor asoratlangan sil spondiliti bilan og‘rigan bemorlarda OIT funksional buzilishini orqa miya zararlanishi tufayli rivojlanish sabablari va asosiy kasallik kechishiga og‘irlashtiruvchi ta’sirlari isbotlangan;
ilk bor kompleks antibakterial davolash jarayonida jarrohlik amaliyotidan avvalgi va keyingi davrda asoratlangan sil spondiliti bemorlarida oshqozon-ichak tizimi funksional buzilishini aniqlash va davolash algoritmi ishlab chiqilgan;
ilk bor orqa miyaning funksional buzilishlarini kamaytirishga qaratilgan chuqur orqa miya deformatsiyasini korreksiyalovchi qurilma “Umurtqa deformatsiyalarini xirurgik davolash uchun qurilma” (FAP 01601) va ushbu qurilmani o‘rnatish uskunasi “Qisqich” (UZ FAP 01467 raqami) ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Akademik Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pul`monologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining 2023 yil 25 apreldagi 6-/1/1-son xulosasiga ko‘ra: (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Akademik Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pul`monologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining 2022 yil 24 fevraldagi 1050a-sonli xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: asoratlangan sil spondilitini antibakterial dorilar bilan davolash jarayonida, maqsadli tekshiruvlar yordamida oshqozon-ichak tizimida shikoyatlari bo‘lmagan bemorlarda chuqur funksional o‘zgarishlarni kompleks davosining samaradorligi oshirish usulini Qoraqalpog‘iston Respublikasi ftiziatriya va pul`monologiya markazining 2023 yil 10 yanvardagi №34-son buyrug‘i asosida klinikaning o‘pkadan tashqari a’zolar sili bo‘limiga, Qashqadaryo viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazining 2023 yil 15 yanvardagi №45-son buyrug‘i asosida klinik amaliyotiga, Toshkent shaxar ftiziatriya va pul`monologiya klinik shifoxonasining 2023 yil 1 fevraldagi №13-son buyrug‘i asosida klinik amaliyotiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan usul asoratlangan sil spondiliti bilan og‘rigan bemorlarda oshqozon-ichak tizimida mavjud bo‘lgan funksional buzilishlarni o‘z vaqtida aniqlash natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan og‘ir asoratlarni oldini olish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iktisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: asoratlangan sil spondiliti bemorlarini reanimatsiya va bo‘limlarda davolanishlari 10 kunga qisqarib, bir nafar bemor uchun o‘rtacha 8000000 so‘m iqtisod qilindi. Xulosa: asoratlangan sil spondiliti bemorlarda oshqozon-ichak tizimidagi funksional o‘zgarishlari o‘z vaqtida tashxislab kerakli muolajalarni 1 nafar bemorga foydalanish amaliyotining joriy qilinishi byudjet mablag‘larini 8000000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: asoratlangan sil spondilitini davolash jarayonida maqsadli tekshiruvlar yordamida oshqozon-ichak tizimida shikoyatlari bo‘lmagan bemorlarda chuqur funksional o‘zgarishlar borligini aniqlash usulini Qoraqalpog‘iston Respublikasi ftiziatriya va pul`monologiya markazining 2023 yil 10 yanvardagi №34-son buyrug‘i asosida klinikaning o‘pkadan tashqari a’zolar sili bo‘limiga, Qashqadaryo viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazining 2023 yil 15 yanvardagi №45-son buyrug‘i asosida klinik amaliyotiga, Toshkent shaxar ftiziatriya va pul`monologiya klinik shifoxonasining 2023 yil 1 fevraldagi №13-son buyrug‘i asosida klinik amaliyotiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan usul oshqozon-ichak tizimida shikoyatlari bo‘lmagan asoratlangan sil spondiliti bemorlarida jarroxlik amaliyotiga qadar maqsadli tekshiruvlar o‘tkazilib, oshqozon-ichak tizimida noma’lum bo‘lgan funksional o‘zgarishlarni tashxislash, davolash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: asoratlangan sil spondilitida, oshqozon-ichak tizimida noma’lum bo‘lgan funksional o‘zgarishlarni aniqlab, davolashda 1 nafar bemor o‘rtacha 8000000 so‘m iqtisod qilingan. Xulosa: oshqozon-ichak tizimida shikoyati bo‘lmagan, asoratlangan bir nafar sil spondiliti bemorlarga foydalanish amaliyotining joriy qilinishi uchun byudjet mablag‘larini 8000000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: kompleks antibakterial davolash jarayonida jarrohlik amaliyotidan avvalgi va keyingi davrda asoratlangan sil spondiliti bemorlarida oshqozon-ichak tizimi funksional buzilishini aniqlash va davolash algoritmi Qoraqalpog‘iston Respublikasi ftiziatriya va pul`monologiya markazining 2023 yil 10 yanvardagi №34-son buyrug‘i asosida klinikaning o‘pkadan tashqari a’zolar sili bo‘limiga, Qashqadaryo viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazining 2023 yil 15 yanvardagi №45-son buyrug‘i asosida klinik amaliyotiga, Toshkent shaxar ftiziatriya va pul`monologiya klinik shifoxonasining 2023 yil 1 fevraldagi №13-son buyrug‘i asosida klinik amaliyotiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ishlab chiqilgan va taklif etilgan algoritm asoratlangan sil spondiliti bemorlarida maqsadli tekshiruvlar yordamida oshqozon-ichak tizimida mavjud yoki noma’lum bo‘lgan funksional o‘zgarishlarni aniqlash, kasallikni turlari va darajasiga qarab kompleks davolashlarni takomillashtirish imkonini yaratgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: asoratlangan sil spondilitida antibakterial dorilar va jarroxlik amaliyoti ko‘llanilishi davrida, oshqozon-ichak tizimidagi funksional o‘zgarishlarni va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olishda 1 nafar bemor uchun 8000000 so‘m iqtisod qilingan. Xulosa: asoratlangan sil spondilitida oshqozon-ichak tizimidagi funksional o‘zgarishlarni tashxislash va davolashda bir nafar bemorga foydalanish amaliyotining joriy qilinishi uchun byudjet mablag‘larini 8000000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor orqa miyaning funksional buzilishlarini kamaytirishga qaratilgan chuqur orqa miya deformatsiyasini korreksiyalovchi qurilma “Umurtqa deformatsiyalarini xirurgik davolash uchun qurilma” (FAP 01601) va ushbu qurilmani o‘rnatish uskunasi “Qisqich” (UZ FAP 01467 raqami) ishlanmalarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi ftiziatriya va pul`monologiya markazining 2023 yil 10 yanvardagi №34-son buyrug‘i asosida klinikaning o‘pkadan tashqari a’zolar sili bo‘limiga, Qashqadaryo viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazining 2023 yil 15 yanvardagi №45-son buyrug‘i asosida klinik amaliyotiga, Toshkent shaxar ftiziatriya va pul`monologiya klinik shifoxonasining 2023 yil 1 fevraldagi №13-son buyrug‘i asosida klinik amaliyotiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: olingan ma’lumotlarning amaliy axamiyati ulardan asoratlangan sil spondilitida oshqozon-ichak tizimidagi funksional o‘zgarishlarni xisobga olgan xolda, asosiy kasallikni davolash samaradorligini oshirish, jarroxlikdan keyingi asoratlarini oldini olishdan iborat. Jarroxlik amaliyotida umurtqalar faoliyatini tiklash uchun “titan piramesh” implantini qo‘llash, yaratilgan jarroxlik asboblarini qo‘llash, kasallikni to‘liq tuzalish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: umurtqalar faoliyatini tiklash uchun qo‘llanilgan “titan keydj”lar bemorlarda yotoq rejimini 30 kunga qisqartiradi. “Umurtqa deformatsiyasini xirurgik davolash uchun qurilma” va “Qisqich”ni qo‘llash jarroxlik amaliyotini 60-70 minutga, qon ketishini 35% ga qisqartiradi. Natijada 1 nafar bemor uchun o‘rtacha 15000000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: asoratlangan sil spondiliti bemorlarida, oshqozon-ichak tizimi funksional buzilishlarini xisobga olgan xolda, jarroxlik amaliyoti samaradorligini oshirish uchun yaratilgan jarroxlik asboblarini kasallangan bir nafar bemorga foydalanish amaliyotining joriy qilinishi uchun byudjet mablag‘larini 15000000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi.