Mamajonov Boxadirjon Solijanovichning
fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umurtqa pog‘ona bel sohasining degenerativ-distrofik kasalliklarining jarroxlik usulida davolashning patomorfologik asoslari”, 14.00.15 - Patologik anatomiya va 14.00.22 - Travmatologiya va ortopediya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DcS /Tib860.
Ilmiy rahbarlar: Isroilov Rajabboy, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xudayberdiev Qobil Tursunovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti huzuridagi DSc.04/30.09.2020.Tib.122.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xasanova Mukarrama Alimaredanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Xamraev Alisher Shaxobovich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent; Krutko Aleksandr Vladimirovich, tibbiyot fanlari doktori (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Abu Ali Ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umurtqa pog‘onasi bel sohasidagi degenerativ-distrofik kasalliklarining jarrohlik usulida davolashning patomorfologik xususiyatlarni baholashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umurtqa pog‘ona bel soxasi degenerativ-distrofik kasalliklarining klinik-anamnestik va instrumental ma’lumotlarining o‘ziga xos xususiyatlari aniqlangan;
umurtqa pog‘ona bel sohasi osteoxondroz, protruziya va churrasining barcha to‘qima tuzilmalarida, ya’ni tog‘ayli disk, fibroz parda, umurtqa suyagi, sariq bog‘lam va chuqur skelet mushaklarlarning har biriga xos bo‘lib rivojlangan patomorfologik o‘zgarishlarning patogenetik va morfogenetik xususiyatlari asoslangan;
umurtqa g‘alvirak suyakni tog‘ayli disk tomondan qoplagan elastik tolali parda tolalarining parchalanishi, dag‘al oqsilga aylanishi, g‘alvirak suyakning distrofiya va destruksiyaga uchrashi natijasida tog‘ayli disk to‘qima tuzilmalarining g‘alvirak suyakka botib kirishidan Shmorl churrasi shakllanishi isbotlangan;
spondiloartrozda umurtqaning qirrali bo‘g‘imi tarkibi va atrofidagi barcha to‘qima tuzilmalar, jumladan bo‘g‘im tog‘ayi, tog‘ayosti suyak, boylamlari, fibroz pardasi va atrofidagi mushaklari distrofiya, destruksiya va kalsinozga uchraganligi tasdiqlandi, umurtqa suyagi dirildoq moddasi tarkibidagi tolali tuzilmalarning morfometrik jixatlari tartibsiz tolali tuzilmalarning nazorat guruxiga nisbatan 3,2-4,2 barobarga oshganligi aniqlangan.
Shmorl churrada tog‘ayli diskning g‘alvirak suyakka botib kirishi, g‘alvirak suyak to‘qima tuzilmalarining destruksiyasi, unda qon quyilish, fibrozli displaziya va kalsinoz rivojlanishi, spondilez kasalligida osteofitlar paydo bo‘lishi, ularning fibroz parda va tog‘ayli diskka botib kirishi va ularda destruksiya, ohaklanish va xondromatoz paydo bo‘lishi, spondiloartrozda umurtqaning qirrali bo‘g‘imi tarkibi va atrofidagi barcha to‘qima tuzilmalarda degenerativ o‘zgarishlar rivojlanishi asoslangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Andijon davlat tibbiyot instituti muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 05 yanvardagi 06/29-son hulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘likni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Andijon davlat tibbiyot institutining 2024 yil 05 yanvardagi 8n-z/63-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: umurtqa pog‘ona bel sohasi osteoxondroz, protruziya va churrasining barcha to‘qima tuzilmalarida, ya’ni tog‘ayli disk, fibroz parda, umurtqa suyagi, sariq bog‘lam va chuqur skelet mushaklarlarning har biriga xos bo‘lib rivojlangan patomorfologik o‘zgarishlarning patogenetik va morfogenetik xususiyatlari asoslanganligi Farg‘ona viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘icha (02.10.2023 y.; №25), Andijon viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha (04.10.2023 y.; №23/1) Namangan viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha (06.10.2023 y.; №11), hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filiali bo‘yicha (03.01.2024 y.;№31) buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya etilgan algoritm va uslublarning davolash amalyotiga joriy etilishi natijasida umurtqa pog‘ona bel sohasi osteoxondroz, protruziya va churrasining barcha to‘qima tuzilmalarida, ya’ni tog‘ayli disk, fibroz parda, umurtqa suyagi, sariq bog‘lam va chuqur skelet mushaklarlarning har biriga xos bo‘lgan patomorfologik o‘zgarishlarning patogenetik va morfogenetik xususiyatlarini inobatga olgan tartibda umurtqa pog‘onasi bel sohasida yuzaga keladigan degenerativ kasalliklarining samarali tashxislash va o‘ziga xos bo‘lgan davolash tartibini tatbiq etilishi natijasida bemorlarning ahvolini yaxshilash orqali nogironlikni oldini olish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya etilgan klinik-anamnestik va patomorfologik tashxislash, davolash tartibi qo‘llanilganda, qo‘shimcha tekshirishlar o‘tkazilishi talab etilmasligi natijasida tadqiqotga talab etiladigan davolash vaqti 2-3 kunga qisqarishi hisobiga iqtisod qilishga erishilgan (an’anaviy tashxis va davolash usulining o‘rtacha narxi 1 nafar bemor uchun 2250000 so‘mni tashkil qilsa, tavsiya etilgan usulning narxi 1300000 so‘m). Xulosa: tavsiya etilgan tashxislash va davolash usulidan foydalangan holda muolajalarni o‘tkazish vaqtini 1-1,5 barobar qisqartirib, 1 nafar bemor hisobiga budjet mablag‘larini 950000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: umurtqa g‘alvirak suyakni tog‘ayli disk tomondan qoplagan elastik tolali parda tolalarining parchalanishi, dag‘al oqsilga aylanishi, g‘alvirak suyakning distrofiya va destruksiyaga uchrashi natijasida tog‘ayli disk to‘qima tuzilmalarining g‘alvirak suyakka botib kirishidan Shmorl churrasi shakllanishi isbotlanganligi Farg‘ona viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha (02.10.2023 y.; №25), Andijon viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha (04.10.2023 y.; №23/1) Namangan viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha (06.10.2023 y.; №11), hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filiali bo‘yicha (03.01.2024 y.;№31) buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Shmorl churrasi shakllanishi umurtqa g‘alvirak suyakni tog‘ayli disk tomonidan qoplagan elastik tolali parda tolalarining parchalanishi, dag‘al oqsilga aylanishi, g‘alvirak suyakning distrofiya va destruksiyaga uchrashi natijasida tog‘ayli disk to‘qima tuzilmalarining g‘alvirak suyakka botib kirishi kabi algoritmi ishlab chiqilgan va uning natijasida patsientlarning bel sohasidagi churrasini davolash natijasida nogironlikni oldini olish orqali ularlarning ishlash qobiliyatini tiklash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya etilgan umurtqa pog‘onasi bel sohasi churrasini aniqlash bo‘yicha tashxislash usuli va davolash taktikasini tanlash klinik-patomorfologik natijalarini hisobga olgan holda, umurtqa g‘alvirak suyakni tog‘ayli disk tomonidan qoplagan elastik tolali parda tolalarining parchalanishi, dag‘al oqsilga aylanishi, g‘alvirak suyakning distrofiya va destruksiyaga uchrashi natijasida tog‘ayli disk to‘qima tuzilmalarining g‘alvirak suyakka botib kirishidan Shmorl churrasi tashxislashda (UASh, travmatolog ko‘rigi, MRT, rentgen) bilan jarrohlik amaliyotidagi xarajatlarni, tashrixsiz davolanishda 75-85% gacha tejalishiga olib keladi. Xulosa: umurtqa g‘alvirak suyakni tog‘ayli disk tomonidan qoplagan elastik tolali parda tolalarining parchalanishi, dag‘al oqsilga aylanishi, g‘alvirak suyakning distrofiya va destruksiyaga uchrashi natijasida tog‘ayli disk to‘qima tuzilmalarining g‘alvirak suyakka botib kirishidan Shmorl churrasi davolash natijasida 1 nafar bemor hisobiga budjet mablag‘larini 1350000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: umurtqa pog‘ona bel sohasining barcha degenerativ-distrofik kasalliklariga xos morfologik mezonlar ishlab chiqildi, jumladan: Shmorl churrasida tog‘ayli diskning g‘alvirak suyakka botib kirishi, g‘alvirak suyak to‘qima tuzilmalarining destruksiyasi, unda qon quyilish, fibrozli displaziya va kalsinoz rivojlanishi, spondilez kasalligida osteofitlar paydo bo‘lishi, ularning fibroz parda va tog‘ayli diskka botib kirishi va ularda destruksiya, ohaklanish va xondromatoz paydo bo‘lishi, spondiloartrozda umurtqaning qirrali bo‘g‘imi tarkibi va atrofidagi barcha to‘qima tuzilmalarda degenerativ o‘zgarishlar rivojlanishi asoslangani Farg‘ona viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha (02.10.2023 y.; №25), Andijon viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha (04.10.2023 y.; №23/1) Namangan viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha (06.10.2023 y.; №11), hamda Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filiali bo‘yicha (03.01.2024 y.;№31) buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan tashxislash tartibi umurtqa pog‘onasi bel sohasi degenerativ-distrofik kasalliklaridan spondilez kasalligi morfogenezi, ya’ni umurtqa suyakda tartibsiz tuzilishli osteofitlar paydo bo‘lishi, ularning fibroz pardaga botib kirishi va uni destruksiyalashi, tog‘ayli diskning dirildoq yadrosida destruksiya, ohaklanish va xondromatoz kabi degenerativ o‘zgarishlar rivojlanganligi bilan davom etishi tasdiqlangan va uni samarali tashxislash va davolashning samarali algoritmi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya etilgan umurtqa degenerativ-distrofik kasalligini aniqlash bo‘yicha tashxislash va davolash taktikasini tanlash klinik va patomorfologik natijalarini hisobga olgan holda, iqtisodiy samaradorlikni yuqoriligi 50-65% gacha mablag‘lar tejalishi bilan izohlanadi. Xulosa: bunday umurtqa pog‘onasi bel sohasidagi klinik morfologik xususiyatlarini to‘liq o‘rganib borilishi, travmatolog va neyrojarrohlar uchun kasallik kelib chiqish sabablarini 100% aniqlash, to‘g‘ri tahlil qilish va davolash algoritmini to‘g‘ri tanlanishiga imkon beradi va bemorlarning kasbiy nogironligini oldini olish orqali ishlash qobiliyatini tiklashga sharoit yaratilganligi bilan izohlanadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: distrofik-degenerativ kasalliklarda umurtqa pog‘ona qattiq va yumshoq to‘qimalarida rivojlanadigan o‘zgarishlarning morfogenezi, patomorfologiyasini va ortopedik xususiyatlarini inobatga olib, kaminvaziv darajadagi jarrohlik amaliyoti ishlab chiqilganligi Farg‘ona viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha (02.10.2023 y.; №25), Andijon viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha (04.10.2023 y.; №23/1) Namangan viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha (06.10.2023 y.; №11) hamda Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filiali bo‘yicha (03.01.2024 y.;№31) buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: umurtqa pog‘ona bel sohasining barcha degenerativ-distrofik kasalliklarda umurtqa pog‘ona qattiq va yumshoq to‘qimalarida rivojlanadigan o‘zgarishlarning morfogenezi, patomorfologiyasini va ortopedik xususiyatlarini inobatga olib, kaminvaziv darajadagi jarrohlik amaliyoti ishlab chiqilib, travmatologiya sohasida qo‘llanilishi tavsiya etilishi patsientlarning bel sohasidagi churrani davolash natijasida nogironlikni oldini olish orqali ularning jismoniy ishlash qobiliyatini tiklash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya etilgan umurtqa pog‘onasi bel sohasi churrasini aniqlash bo‘yicha tashxislash usuli va davolash taktikasini tanlash davolash vaqti 2-3kunga qisqarishi hisobiga iqtisod qilishga erishilgan (an’anaviy tashxis va davolash usulining o‘rtacha narxi 1 nafar bemor uchun 2250000 so‘mni tashkil qilsa, tavsiya etilgan usulning narxi 1300000 so‘m). Xulosa: tavsiya etilgan tashxislash va davolash usulidan foydalangan holda muolajalarni o‘tkazish vaqtini 1-1,5 barobar qisqartirib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 950000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
beshinchi ilmiy yangilik: umurtqa pog‘ona disk churrasi, spondilezi va spondiloartroziga bog‘liq qattiq va yumshoq to‘qimalarida rivojlanadigan morfologik o‘zgarishlar bemorlarning yoshi, jinsiga qarab o‘rganilib va yo‘ldosh kasalliklari inobatga olinib, ortopedik tartib va dori vositalarini asosli tavsiya qilish, jarrohlikdan so‘ng kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlar profilaktikasi ishlab chiqilganligi Farg‘ona viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha (02.10.2023 y.; №25), Andijon viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha (04.10.2023 y.; №23/1) Namangan viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha (06.10.2023 y.; №11) hamda Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filiali bo‘yicha (03.01.2024 y.;№31) buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: umurtqa pog‘ona disk churrasi, spondilezi va spondiloartroziga bog‘liq qattiq va yumshoq to‘qimalarida rivojlanadigan morfologik o‘zgarishlar bemorlarning yoshi, jinsiga bog‘liqligi, jarrohlik amaliyotidan keyingi kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlar profilaktikasi ishlab chiqilgan, ushbu proflaktik tavsiyaning travmatologiya sohasida qo‘llanilishini tavsiya etilishi bemorlarning bel sohasidagi churrasini davolash natijasida nogironlikni oldini olish, jismoniy qobiliyatini tiklashga xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya etilgan umurtqa pog‘onasi bel sohasi churrasini aniqlash bo‘yicha tashxislash usuli va davolash taktikasini tanlash davolash vaqti 2-3 qisqarishi hisobiga iqtisod qilishga erishilgan (an’anaviy tashxis va davolash usulining o‘rtacha narxi 1 nafar bemor uchun 2250000 so‘mni tashkil qilsa, tavsiya etilgan usulning narxi 1300000 so‘m). Xulosa: tavsiya etilgan tashxislash va davolash usulidan foydalangan holda muolajalarni o‘tkazish vaqtini 1-1,5 barobar qisqartirib, 1 nafar bemor hisobiga budjet mablag‘larini 950000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.