Axmadaliev Shoxrux Shuxratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Tibbiy ta’lim jarayonida imitatsion ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish metodikasi (anesteziologiya va reanimatologiya fanini o‘qitish misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tibbiyot) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped4087.
Ilmiy rahbar: Sidikov Akmal Abdikaxarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, PhD.04/30.09.2020.Tib.122.01 raqamli ilmiy kengash asosida tashkil etilgan bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Qurbonova Gulnoza Negmatovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Yusupov Anvar Sabirovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi anesteziologiya va reanimatologiya fani doirasida imitatsion ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha uslubiy va amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi
tibbiy ta’lim talabalarida vaziyatlarni baholab, zarur muolajalarni bajarishda simulyatorlar, modellar va imitatsiyalar realizimining (vizual, taktik, reaktiv, avtomatlashtirilgan, uskuna, interaktiv, integratsiyalashgan) etti tasnifini prognozlashning implementatsion funksional hamda tizimlashtirilgan klassifikatsion darajalari aniqlashtirilgan;
tibbiy ta’lim talabalarining virtual reallik asosida bilim, ko‘nikma va malakalarining didaktik ta’minoti virtual bemor, virtual klinika, virtual laboratoriya kabi tibbiy–kasbiy faoliyat tuzilmasi yaxlitligini ta’minlashga, immitatsion ta’limga interiorizatsiya tamoyillariga asoslangan pedagogik mexanizmlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
tibbiy ta’limda klinik vaziyatlarni modellashtirish klinik ssenariyni shakillantirishning konseptual metodik modeli shifokorlarning notexnik anesteziologik ko‘nikmalarini diagnostika qilish orqali klinik fikrlash, tanqidiy fikrlash, analitik fikrlash shkalalari orqali virtual reallikda qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
tibbiy ta’limda talabalarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishda simulyasiya samaradorligining fanlararo integratsiyasining vertikal va gorizontal immitatsion tizimi kommunikativ – jarayonli munosabatlarga kirishishda refleksiv ko‘nikmalar va kasbiy bilimlarni intensiv rivojlantiruvchi kognitiv yodashuvlari asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tibbiy ta’lim talabalarini anesteziologiya va reanimatologiya fanini o‘qitishda imitatsion ta’lim texnologilarini rivojlantirish bo‘yicha olingan amaliy natijalar asosida:
tibbiy ta’lim talabalarida vaziyatlarni baholab, kerakli muolajalarni bajarishda simulyatorlar, modellar va imitatsiyalar realizimining (vizual, taktik, reaktiv, avtomatlashtirilgan, uskuna, interaktiv, integratsiyalashgan) etti tasnifini prognozlashning implementatsion funksional hamda tizimlashtirilgan klassifikatsion darajalari tibbiyot oliy o‘quv yurtlarining “Anesteziologiya - reanimotologiya” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 29 maydagi 232-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan ruxsatnomasi). Buning natijasida tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida talabalarining imitatsion ta’limni rivojlantirishga yo‘naltirilgan mavzular mazmuni takomillashtirilgan;
tibbiy ta’lim talabalarining virtual reallik asosida bilim, ko‘nikma va malakalarining didaktik ta’minoti virtual bemor, virtual klinika, virtual laboratoriya kabi tibbiy–kasbiy faoliyat tuzilmasi yaxlitligini ta’minlashga, immitatsion ta’limga interiorizatsiya tamoyillariga asoslangan pedagogik mexanizmlari “Anesteziologiya - reanimotologiya” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 29 maydagi 232-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan ruxsatnomasi). Natijada tibbiyot oliy o‘quv yurtlarining imitatsion ta’lim, davolash ishi yo‘nalishlari talabalarining tibbiy malakaviy amaliyotda olingan natijalardan onlayn tarzda foydalanish imkoniyati tibbiy ta’limda klinik vaziyatlarni modellashtirish klinik senariyni amalga oshirish bosqichlari bo‘lgan instruktaj (brifing), harakatlar, xulosa qilish orqali bo‘lajak shifokorlarni notexnik anesteziologik ko‘nikmalari strukturaviy brifing usullari amalga oshgan;
tibbiy ta’limda klinik vaziyatlarni modellashtirish klinik ssenariyni shakillantirishning konseptual metodik modeli shifokorlarning notexnik anesteziologik ko‘nikmalarini diagnostika qilish orqali klinik fikrlash, tanqidiy fikrlash, analitik fikrlash shkalalari orqali virtual reallikda qo‘llash jarayonlari “Anesteziologiya - reanimotologiya” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 29 maydagi 232-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan ruxsatnomasi). Natijada tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalarining kasbiy faoliyatga yo‘naltirilgan mavzular mazmunini o‘rganishning shart – sharoitlari takomillashtirilgan.