Qo‘chqarov Avazjon Asqarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Tibbiy ta’lim talabalarini kasbiy faoliyatga tayyorlashda kreativ qobiliyatlarni rivojlantirish texnologiyasi (Dermatovenerologiya fanini o‘qitish misolida)” 13.00.02 - Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi(tibbiyot) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4500.
Ilmiy rahbar: Sidikov Akmal Abdikaxarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, PhD.04/30.09.2020.Tib.122.01 raqamli ilmiy kengash asosida bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kadirova Munira Rasulovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Ibragimova Nargiza Sayfutdinovna, tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD) dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tibbiy ta’lim talabalarini kasbiy faoliyatga tayyorlashda kreativ qobiliyatlarni rivojlantirish bo‘yicha uslubiy va amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
tibbiy ta’lim talabalarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish jarayonida tibbiy prognozlashning tibbiy ta’limdagi integratsiyasi hamda innovatsion ta’lim muhitidagi didaktik imkoniyatlarining rekursiv algoritmi individual yondashuvlarning barqarorligiga emperik jihatdan ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
tibbiy ta’lim talabalarining strategik, metodik, refleksiyani rivojlantirish kompetensiyalari klinik fanlarni o‘zlashtirishdagi implementatsion  strategiyalar va davolashning zamonaviy diagnostik tizimining kategoriyalari o‘qituvchi va talaba faoliyatining tartiblangan algoritimini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
tibbiy ta’lim talabalarini kasbiy faoliyatga yo‘naltirishda kreativ qobiliyatlarni rivojlantirish jarayoni dermotovenerologiya fanini o‘qitishda talabalarning loyihalash elementlarini o‘rgatishning algoritmlik bosqichlari klassterli yondashuvlarini virtual ta’limda qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
tibbiy ta’limda dermatovenerologiya fanini o‘qitishda talabalarni kreativ faolligini, tizimli samaradorligini aniqlash ko‘rsatkichlari va baholash mezonlari integral ma’ruzalarni didaktik jihatdan tashkil qilishning kognitiv, motivatsion maqsadlari tibbiy faoliyatga doir komponentlarini gorizontal va vertikal ta’sir ko‘rsatish xususiyatlari va izchillik tamoyillariga ko‘ra takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tibbiy ta’lim talabalarini kasbiy faoliyatga tayyorlashda kreativ qobilyatlarini rivojlantirish bo‘yicha olingan amaliy natijalar asosida:
tibbiy ta’lim talabalarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish jarayonida tibbiy prognozlashning tibbiy ta’limdagi integratsiyasi hamda innovatsion ta’lim muhitidagi didaktik imkoniyatlarining rekursiv algoritmi “Terining o‘lka kassalliklari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyundagi 233-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan ruxsatnomasi). Natijada tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida talabalarining kreativ qobilyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan mavzular mazmuni takomillashtirilgan;
tibbiy ta’lim talabalarining strategik, metodik, refleksiyani rivojlantirish kompetensiyalari klinik fanlarni o‘zlashtirishdagi implemetatsion  strategiyalar va davolashning zamonaviy diagnostik tizimining kategoriyalari “Terining o‘lka kassalliklari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyundagi 233-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan ruxsatnomasi). Natijada tibbiyot oliy o‘quv yurtlarining davolash ishi yo‘nalishi talabalarini kreativ qobilyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladigan keyslardan foydalanish imkoniyatlari oshgan;
tibbiy ta’lim talabalarini kasbiy faoliyatga yo‘naltirishda kreativ qobiliyatlarni rivojlantirish jarayoni dermotovenerologiya fanini o‘qitishda talabalarning loyihalash elementlarini o‘rgatishning algaritimlik bosqichlari tibbiyot oliy o‘quv yurtlarining o‘quv mazmuniga “Tanosil kasalliklari” nomli o‘quv qo‘llanmasiga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 7-dekabrdagi 648-sonli buyrug‘iga asosan nashr ruxsatnomasi). Natijada tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalarining kasbiy faoliyatga yo‘naltirilgan mavzular mazmunini o‘rganishning shart-sharoitlari takomillashtirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish