Buriev Xurshid Kosimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
“Malaka oshirish tizimida maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining huquqiy kompetensiyalarini rivojlantirish”, 13.00.07– “Taʼlimda menejment” (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Ped1872.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.
Ilmiy rahbar Abdunazarova Nargiza Fatxullaevna, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.12/30.12.2019.Ped.80.01.
Rasmiy opponentlar: Quysinov Odil Allamuratovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Fayzieva Muxabbat Hoshimovna, pedagogika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi malaka oshirish tizimida maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbarlarining huquqiy kompetensiyasini rivojlantirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining malaka oshirish kurslarida va mustaqil kasbiy rivojlanish jarayonida kursdan keyingi kasbiy faoliyati va uzlyuksiz kasbiy rivojlanishining o’zaro uzviyligini amaliyotda qo‘llashni tizimli ta’minlash orqali rahbar kadrlarning huquqiy kompetensiyasini rivojlantirish tuzilmasi aniqlashtirilgan;
maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlarining huquqiy kompetensiyasini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan malaka oshirish jarayonida treninglarning tashkiliy va texnologik zanjirini ishlab chiqish orqali maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining huquqiy kompetensiyasini rivojlantirishda modullararo integratsiyaning vertikal modeli takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining huquqiy kompetensiyasini rivojlantirish modeli huquqiy taʻlim kompetensiyasi va huquqiy tarbiya kompetensiyalari huquqiy tayyorgarlik va faoliyatning turlarini aniqlashtirish, huquqiy ta’lim jarayonlarini metodologik, o’zgaruvchi, korreksiyalovchi va yakunlovchi tizimli bosqichlarini umumlashtirish orqali takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotilari rahbarlarining huquqiy kompetensiyasining rivojlanganlik darajasini baholash mezonlari rahbarlarning faoliyat turlariga asosan samaradorlik ko’rsatkichlari huquqiy masalalarni baholash hamda huquqiy normalar va tartiblarga rioya qilish qobiliyatlarini aniqlash orqali takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Malaka oshirish tizimida maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining huquqiy kompetensiyalarini rivojlantirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining malaka oshirish kurslarida va mustaqil kasbiy rivojlanish jarayonida kursdan keyingi kasbiy faoliyati va uzlyuksiz kasbiy rivojlanishining o’zaro uzviyligini amaliyotda qo‘llashni ta’minlash orqali rahbar kadrlarning huquqiy kompetensiyasini rivojlantirish tuzilmasi aniqlashtirish bo’yicha ishlab chiqishga doir taklif va tavsiyalardan maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlari malakasini oshirish kursining “Huquqiy savodxonlik va korrupsiyaga qarshi kurash” nomli o’quv modulini ishlab chiqishda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2020-yil 30-dekabrdagi 02-02/2-1715-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining huquqiy tarbiyasi, huquqiy madaniyati, huquqiy savodxonligi va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini boyitishga xizmat qilgan;
maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlarining huquqiy kompetensiyasini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan malaka oshirish jarayonida treninglarning tashkiliy va texnologik zanjirini ishlab chiqish orqali maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining huquqiy kompetensiyasini rivojlantirishda modullararo integratsiyaning vertikal modelini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar asosida “Maktabgacha ta’lim tashkilotida mehnat qonunchiligi hujjatlari bilan ishlash” nomli o’quv qo’llanmani yaratishda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2020-yil 30-dekabrdagi 02-02/2-1715-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari uchun tashkil etiladigan mashg‘ulotlar sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining huquqiy kompetensiyasini rivojlantirish modeli huquqiy taʻlim kompetensiyasi va huquqiy tarbiya kompetensiyalarini huquqiy tayyorgarlik va faoliyatning turlarini aniqlashtirish, huquqiy ta’lim jarayonlarini metodologik, o’zgaruvchi, korreksiyalovchi va yakunlovchi tizimli bosqichlarini umumlashtirish orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “Maktabgacha ta’lim tashkilotida mehnat qonunchiligi hujjatlari bilan ishlash” nomli o’quv qo’llanmani yaratishda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2020-yil 30-dekabrdagi 02-02/2-1715-son ma’lumotnomasi) Natijada malaka oshirish jarayonida maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarini huquqiy kompetensiya darajasini oshishiga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish