Axmadalieva Niholaxon Foziljon qizining
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Inson kapitaliga investisiyalarni jalb etishni faollashtirish yo‘llari», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit» (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt2018.
Ilmiy rahbar: Ataniyazov Jasur Xamidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Usmonov Qahramonjon Akbaralievich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: inson kapitaliga investisiyalarni jalb etishni faollashtirish yo‘llarini aniqlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
gender tengligini ta’minlash, xotin-qizlarni ta’lim olishlari uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida tadbirkorlikka jalb qilingan ayollarga 14 foiz miqdorda imtiyozli kreditlar hamda oliy va professional ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan xotin-qizlarga foizsiz kreditlar berish taklif etilgan;
inson kapitali indeksining ta’lim ko‘rsatkichlarini yaxshilash maqsadida nodavlat maktablar ko‘rsatadigan ta’limga oid xizmatlarga har bir farzand uchun to‘lanadigan oyiga 3 million so‘mgacha bo‘lgan to‘lovlarni daromad solig‘idan ozod etish orqali o‘quvchilar sonini 3 barobarga oshirish taklif etilgan;
inson kapitali indeksida 5 yoshgacha bolalarning tirik qolish ko‘rsatkichini 2 birlikka oshirish uchun “healthy start” dasturi doirasida aholiga ajratiladigan preparatlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan mablag‘larni 1,5 barobarga oshirish taklif etilgan;
inson kapitalini raqamli texnologiyalar orqali rivojlantirishda IT bo‘yicha xalqaro sertifikat olganlarga sertifikat darajalariga qarab sertifikat xarajatlarini 100 foizgacha davlat byudjeti hisobidan qoplab berish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Inson kapitaliga investisiyalarni jalb etishni faollashtirish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
gender tengligini ta’minlash, xotin-qizlarni ta’lim olishlari uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida tadbirkorlikka jalb qilingan ayollarga 14 foiz miqdorda imtiyozli kreditlar hamda oliy va professional ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan xotin-qizlarga foizsiz kreditlar berish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 iyuldagi «Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida xotin qizlarning ta’lim olishlarini qo‘llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-323-sonli qarori hamda 2022 yil 7 martdagi «Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi
PF–87-sonli farmon bilan tasdiqlangan dasturda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 30 dekabrdagi 05/21-32/918-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2023 yilning 9 oyi davomida 414849 nafar ayollar ishga joylashtirilgan, 44956 nafar ayollarga tadbirkorlik faoliyati uchun 416355 mln so‘m imtiyozli kreditlar ajratilgan, 36 mingdan ziyod talaba xotin-qizlarga 335,5 mlrd so‘m foizsiz kreditlar ajratilgan;
inson kapitali indeksining ta’lim ko‘rsatkichlarini yaxshilash maqsadida nodavlat maktablar ko‘rsatadigan ta’limga oid xizmatlarga har bir farzand uchun to‘lanadigan oyiga 3 million so‘mgacha bo‘lgan to‘lovlarni daromad solig‘idan ozod etish orqali o‘quvchilar sonini 3 barobarga oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi «2022-2026 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi PF–60-sonli farmon bilan tasdiqlangan dasturda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 30 dekabrdagi 05/21-32/918-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2022-2023 o‘quv yilida 190 dan ziyod nodavlat maktablarda 45927 nafar o‘quvchilar talim olgan;
inson kapitali indeksida 5 yoshgacha bolalarning tirik qolish ko‘rsatkichini
2 birlikka oshirish uchun “healthy start” dasturi doirasida aholiga ajratiladigan preparatlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan mablag‘larni 1,5 barobarga oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 21 iyuldagi PQ-5198-son «Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmon bilan tasdiqlangan dasturda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 30 dekabrdagi 05/21-32/918-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2021 yilda 11 million aholi qiymati 24083 mln. so‘m bo‘lgan muhim preparatlar bilan ta’minlangan bo‘lsa, 2022 yilda 17 million aholi qiymati 28600 mln. so‘m bo‘lgan muhim preparatlar bilan ta’minlanib, aholi o‘rtasida kamqonlik darajasini 25 foizga kamaytirishga hamda 5 yoshgacha bolalarning tirik qolish ehtimolligini 2 birlikka oshirishga erishilgan;
inson kapitalini raqamli texnologiyalar orqali rivojlantirishda IT bo‘yicha xalqaro sertifikat olganlarga sertifikat darajalariga qarab sertifikat xarajatlarini 100 foizgacha davlat byudjeti hisobidan qoplab berish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 24 maydagi «Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-162-sonli qaror bilan tasdiqlangan dasturda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 30 dekabrdagi 05/21-32/918-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2022-2023-yillarda 1151 nafar yoshlarga sertifikat xarajatlarining 50 foiz qismini qoplashga 3,9 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan.