Tuxtaev Akobirjon Xakimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja berilgan fan ishlab chiqarish nomi): “Sanoat korxonalarida transformatsiya jarayonlarini samarali boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.13–“Menejment” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2105.
Ilmiy rahbar: Bekmurodov Adxam Sharipovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.20/13.05.2020.I.23.01.
Rasmiy opponentlar: Abdurahmonov Qalandar Xodjaevich iqtisodiyot fanlari doktori, akademik Boltaboev Maxmud Rustamovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Biznes oliy maktabi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Sanoat korxonalarida transformatsiya jarayonlarini samarali boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sanoatda transformatsiya jarayonlarini konyunkturaviy, institusional, innovatsion va globallashuv omillarini e’tiborga olgan holda samarali boshqarish (davlat aralashuvini kamayishi) asoslangan;
kimyo sanoatida transformatsiya jarayonlarini boshqarish samaradorligi xususiylashtirish darajasi, raqamli iqtisodiyotga o‘tish faolligi, hududlarni rivojlanganlik holati hamda investisiyaviy jozibadorlik ko‘rsatkichlari (investisiyalarining daromadliligi, rivojlanish istiqbollari va investisiya riski darajasi kamligi)ga bog‘liqligi aniqlangan;
davlat ulushi mavjud kimyo sanoati korxonalarda texnologik zanjirning har bir bo‘g‘inida investision faoliyat va investision loyihalarni iqtisodiy rag‘batlantirish orqali transformatsiya jarayonlarni samarali boshqarish mexanizmlari asoslangan;
soliq va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlarni joriy etish orqali kimyo va gaz-kimyo sohasida texnologik klasterlarni rivojlantirish (ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarishga transferini amalga oshirish va ularni tijoratlashtirish) asosida transformatsiya jarayonlarini samarali amalga oshirish mexanizmlari asoslangan;
kimyo tarmog‘i korxonalariga qarashli davlat aktivlarini mahalliy va xorijiy investorlarga sotish orqali xususiylashtirishni jadallashtirish, investisiyalarni jalb etish va infratuzilmani rivojlantirish mezonlarini o‘zaro bog‘langan holda 2030-yilgacha bo‘lgan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiya tadqiqoti natijalari asosida:
Sanoat korxonalarida transformatsiya jarayonlarini samarali boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish borasida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
kimyo sanoatida transformatsiya jarayonlarini boshqarish samaradorligi xususiylashtirish darajasi, raqamli iqtisodiyotga o‘tish faolligi, hududlarni rivojlanganlik holati hamda investisiyaviy jozibadorlik ko‘rsatkichlari (investisiyalarining daromadliligi, rivojlanish istiqbollari va investisiya riski darajasi kamligi)ga bog‘liqligi bo‘yicha takliflari O‘zkimyosanoat AJ tomonidan amaliyotda foydalanish uchun qabul qilingan. (O‘zkimyosanoat AJning 2023-yil 22-maydagi 19-1406-son ma’lumotnomasi). Bu taklifning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida davlat ishtirokidagi korxonalarni xususiylashtirish bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda foydalanilgan.
davlat ulushi mavjud kimyo sanoati korxonalarda texnologik zanjirning har bir bo‘g‘inida investision faoliyat va investision loyihalarni iqtisodiy rag‘batlantirish orqali transformatsiya jarayonlarni samarali boshqarish mexanizmlari asoslangan takliflari kimyo sanoatidagi korxonalarni samarali boshqarishda qo‘llanilgan (O‘zkimyosanoat AJning 2023-yil 22-maydagi 19-1406-son ma’lumotnomasi). Bu takliflar “O‘zkimyosanoat” AJ tarkibidagi korxonalarning iqtisodiy salohiyatini oshirish maqsadida mavjud aktivlardan samarali foydalanish hamda boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy qilish bo‘yicha 2022-2026-yillar uchun mo‘ljallangan “YO‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda muayyan darajada xizmat qilgan;
soliq va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlarni joriy etish orqali kimyo va gaz-kimyo sohasida texnologik klasterlarni rivojlantirish (ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarishga transferini amalga oshirish va ularni tijoratlashtirish) asosida transformatsiya jarayonlarini samarali amalga oshirish mexanizmlari asoslangan hamda ishlab chiqilgan takliflar “O‘zkimyosanoat” AJ tarkibidagi Kimyo va gaz-kimyo texnologik klasterlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan dasturlarda foydalanilgan (O‘zkimyosanoat AJning 2023-yil 22-maydagi 19-1406-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur taklifdan “Navoiy kimyo texnoparki”, “Farg‘ona kimyo texnoparki” va “Qoraqalpog‘iston kimyo texnoparki” texnologik klasterlarni tashkil etish bo‘yicha huquqiy-me’yoriy hujjatlarni shakllantirishda foydalanildi;
kimyo tarmog‘i korxonalariga qarashli davlat aktivlarini mahalliy va xorijiy investorlarga sotish orqali xususiylashtirishni jadallashtirish, investisiyalarni jalb etish va infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha takliflar hamda 2030-yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallab ishlab chiqilgan prognoz parametrlaridan davlat aktivlarini xorijiy kompaniyalarga sotish jarayonida foydalanilgan O‘zkimyosanoat AJning 2023-yil 22-maydagi 19-1406-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Farg‘onaazot” AJga qarashli davlat aktivlarini Singapurning Indorama kompaniyasiga sotish bo‘yicha ishlab chiqilgan texnik-me’yoriy hujjatlarda foydalanilgan.