Sagindikova Nargiza Djubatkanovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak o‘qituvchilarda mas’uliyatni oshirishning gender xususiyatlari”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/P152.
Ilmiy maslahatchi: Safaev Nuriddin Salixovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD 03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Umarov Baxriddin Mingboevich, psixologiya fanlari doktori, professor; Umarova Navbahor Shokirovna, psixologiya fanlari doktori, professor; Abdullaeva Shoira Xamidovna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat universetiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarda mas’uliyatni oshirish uchun, uning tarkibiy qismlarini empirik tadqiqotlar yordamida ochib berish hamda olingan natijalari asosida model yaratish va amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarda mas’uliyatni oshirish uchun hayotiy sohadagi jihatlardan, «gender», «mas’uliyat», «stereotip» kabi tushunchalarni ijtimoiy-psixologik sharoitlarni o‘rganish asosida nazariy va uslubiy tahlil qilish, shuningdek yigit va qizlar psixologik xususiyatlarida mas’uliyatning namoyon bo‘lishi orqali asoslanib uning ijtimoiy-psixologik tabiati ifodalangan;
mas’uliyat tarkibiy qismlari funksional munosabatlari birlamchi tadqiqot nuqtai nazaridan taxlil qilindi, gender tolerantlik, gender madaniyat, shaxsiy etuklik, odob-axloqqa oid mas’uliyat, shaxsning ijtimoiy-psixologik moslashuvi, irodaviy o‘z-o‘zini tartibga solish, shaxsning o‘z-o‘zini baholash, hissiy sohada, faoliyatda va xatti-harakatlarda o‘z-o‘zini nazorat qilish, refleksivlik kabi bo‘lajak o‘qituvchilarda mas’uliyatni oshirishning gender xususiyatlari asoslangan;
gender tolerantlik, gender madaniyat, shaxsiy etuklik, odob-axloqqa oid mas’uliyat, shaxsning ijtimoiy-psixologik moslashuvi, irodaviy o‘z-o‘zini boshqarish, shaxsning o‘z-o‘zini baholash, hissiy sohada, faoliyatda va xatti-harakatlarda o‘z-o‘zini nazorat qilish, refleksivlik kabi bo‘lajak o‘qituvchilarda mas’uliyatni oshirishning gender xususiyatlari dalillangan;
bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy tayyorgarligida gender yondashuvini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar tizimi asosida gender nazariyasini asosiy o‘quv fanlari tarkibiga kiritish, bo‘lajak o‘qituvchilarning faoliyati gender tengligi masalalari bilan bog‘liq tashkilotlar ishida ishtirokini rag‘batlantirish, interfaol o‘qitish usullaridan foydalanish jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarni gender masalalarini tahlil qilishga jalb qilish, mas’uliyatni oshirishning gender xususiyatlariga qaratilgan korreksion dastur, mas’uliyatning tarkibiy qismlari, bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy  tayyorgarlik dasturiga jinsga oid kurslar kiritish kabi yondashuvlar asosida mas’uliyatning gender hususiyatlarining ahamiyatlilik darajasi dalillangan;
bo‘lg‘usi pedagog mas’uliyatini oshirishning gender xususiyatlari uchun ijtimoiy-psixologik trening dasturini tayyorlash asosida va uning samaradorligi eksperiment va nazorat guruhlarida tekshirildi va ikkilamchi kompleksli dignostika natijalari mas’uliyatni oshirishning gender xususiyatlari yuqori, o‘rtacha va past ko‘rinishidagi natijalarida farqlar asoslangan.  
IV.  Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarda mas’uliyatni oshirishning gender xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarda mas’uliyatni oshirish uchun hayotiy sohadagi jihatlardan «gender», «mas’uliyat», «stereotip» kabi tushunchalarni ijtimoiy-psixologik sharoitlarni o‘rganish asosida nazariy va uslubiy tahlil qilish, shuningdek erkak va ayol psixologik xususiyatlarida mas’uliyatning namoyon bo‘lishi, orqali asoslanib uning ijtimoiy-psixologik tabiati va turlari shart-sharoitlari mualliflik yondashuvi asosida takomillashtirilgan ilmiy xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 26-fevraldagi PM115-son buyrug‘iga asosan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil  1-martdagi PM-115 a-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni kasbiy tayyorlash darajasi sifat jihatdan takomillashtirilgan va  o‘quv jarayonlari samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
mas’uliyatni tarkibiy qismlari funksional munosabatlari birlamchi tadqiqot nuqtai nazaridan taxlil qilindi, gender tolerantlik, gender madaniyat, shaxsiy etuklik, odob-axloqqa oid mas’uliyat, shaxsning ijtimoiy-psixologik moslashuvi, irodaviy o‘z-o‘zini tartibga solish, shaxsning o‘z-o‘zini baholash, hissiy sohada, faoliyatda va xatti-harakatlarda o‘z-o‘zini nazorat qilish, refleksivlik kabi bo‘lajak o‘qituvchilarda mas’uliyatni oshirishning gender xususiyatlari ochib berilishi va rivojlantirish xususiyatlari o‘rganilishi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 26-fevraldagi PM115-son buyrug‘iga asosan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil  1-martdagi PM-115 a-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni kasbiy tayyorlash darajasi sifat jihatdan takomillashtirilgan ijtimoiy-psixologik sharoitlarni o‘rganish asoslari kasbiy etuklik samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
gender tolerantlik, gender madaniyat, shaxsiy etuklik, odob-axloqqa oid mas’uliyat, shaxsning ijtimoiy-psixologik moslashuvi, irodaviy o‘z-o‘zini tartibga solish, shaxsning o‘z-o‘zini baholash, hissiy sohada, faoliyatda va xatti-harakatlarda o‘z-o‘zini nazorat qilish, refleksivlik kabi bo‘lajak o‘qituvchilarda mas’uliyatni oshirishning gender xususiyatlari natijalari empirik tahlil qilish tufayli zarur shart-sharoitlari orqali metodologik-uslubiy imkoniyatlari takomillashtirilganligi bo‘yicha natijalari Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 26-fevraldagi PM115-son buyrug‘iga asosan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil  1-martdagi PM-115 a-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak pedagoglarning mas’uliyat xususiyatlarini rivojlantirish ulardagi ish samaradorligini ta’minlashga xizmat qilgan;  
bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy tayyorgarligida gender yondashuvini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar tizimi asosida gender nazariyasini asosiy o‘quv fanlari tarkibiga kiritish, bo‘lajak o‘qituvchilarning faoliyati gender tengligi masalalari bilan bog‘liq tashkilotlar ishida ishtirokini rag‘batlantirish, interfaol o‘qitish usullaridan foydalanish jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarni gender masalalarini tahlil qilishga jalb qilish, mas’uliyatni oshirishning gender xususiyatlariga qaratilgan korreksion dastur, gender bo‘yicha mas’uliyatining tarkibiy qismlari, bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy  tayyorgarlik dasturiga jinsga oid kurslar kiritish kabi yondashuvlar asosida mas’uliyatning gender jihatlari  ahamiyatlilik jihatlari ochib berilishi natijalari Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 26-fevraldagi PM115-son buyrug‘iga asosan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil  1-martdagi PM-115 a-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak pedagoglarning mas’uliyat xususiyatlarini o‘rganishda psixologik mashg‘ulotlarning ijtimoiy ahamiyatini anglash ulardan ish faoliyatiga joriy etilishi imkonini bergan;
bolg‘usi pedagogning mas’uliyatini oshirish bo‘yicha ijtimoiy-psixologik trening dasturini tayyorlash asosida va uning samaradorligi eksperiment va nazorat guruhlarida tekshirildi va ikkilamchi kompleksli dignostika natijalarida aks ettirilgan shu asosida amaliy taklif, tavsiyalar ishlab chiqilganligi haqidagi ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 26-fevraldagi PM115-son buyrug‘iga asosan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil  1-martdagi PM-115 a- son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak pedagoglarning mas’uliyat xususiyatlarini o‘rganishda psixologik mashg‘ulotlarni o‘zlashtirish ulardagi eksperiment tajribalarni o‘z amaliyotida qo‘llash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish