Ortiqov Sirojiddin Sa’dullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘spirinlarda huquqiy ongni rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/P601.
Ilmiy rahbar: Qodirov Obid Safarovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Psi.72.06.
Rasmiy opponentlar: Akramova Feruza Akmalovna, psixologiya fanlari doktori, professor; Jabborov Hazrat Xuseynovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘spirinlarda huquqiy ongni rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarni tadqiq etish hamda ijtimoiy-psixologik jihatlarini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘spirinlarda huquqiy ustanovkalarni namoyon bo‘lishiga ko‘ra savodxonlikni emotsional – baholashning yigitlarda, huquqiy munosabatning qiz bolalarda gender xususiyatlarga bog‘liq ravishda ustuvorligi tufayli differensial farqlarning mavjudligi dalillangan;
o‘spirinlarda huquqiy ongning namoyon bo‘lishi shaxsdagi huquqqa nisbatan intolerantlikning konformizm, sinizm, nigilizm shakli huquqiy savodxonlikka real qarashni pasaytirganligi tufayli ustuvor huquqqa nisbatan deformatsiyalashgan munosabatning ustuvor xarakterga ega ekanligi asoslangan;
o‘spirinlarda huquqiy ongning rivojlantirishda huquqiy idealizmni kuchaytirish axborotlarga nisbatan emotsional – baholovchi munosabatni barqarorlashtirib, huquqiy senizmni pasayishiga olib kelganligi tufayli shaxs savodxonligining kognitiv, xulqiy komponentlariga korreksion-adaptiv ta’sir etish muhim ahamiyatga ega ekanligi isbotlangan;
o‘spirinlarda huquqiy ongni rivojlantirishga huquqiy savodxonlikning ta’siri kognitiv komponentning jamoaviy va aqliy, emotsional-baholovchi komponentning kasbiy qarashlar bilan to‘g‘ri, xulqiy komponentning moliyaviy qadriyatlarga teskari proporsional ekanligi tufayli shaxs ijtimoiy qadriyatlari bilan bog‘liq holda namoyon bo‘lishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘spirinlarda huquqiy ongni rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
o‘spirinlarda huquqiy ustanovkalarni namoyon bo‘lishiga ko‘ra savodxonlikni emotsional – baholashning yigitlarda, huquqiy munosabatning qiz bolalarda gender xususiyatlarga bog‘liq ravishda ustuvorligi tufayli differensial farqlarning mavjudligi dalillanganligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 2-fevraldagi PM-114-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 1-martdagi PM-114-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘spirinlarda huquqiy ongni rivojlantirishning psixodiagnostik jihatlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
o‘spirinlarda huquqiy ongning namoyon bo‘lishi shaxsdagi huquqqa nisbatan intolerantlikning konformizm, sinizm, nigilizm shakli huquqiy savodxonlikka real qarashni pasaytirganligi tufayli ustuvor huquqqa nisbatan deformatsiyalashgan munosabatning ustuvor xarakterga ega ekanligi asoslanganligiga oid natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 2-fevraldagi PM-114-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 1-martdagi PM-114-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘spirinlarda o‘quv jarayonida huquqiy ongni rivojlantirish xususiyatlari bilan bog‘liq ilmiy-amaliy natijalarni boyitilishiga erishilgan;
o‘spirinlarda huquqiy ongning rivojlantirishda huquqiy idealizmni kuchaytirish axborotlarga nisbatan emotsional – baholovchi munosabatni barqarorlashtirib, huquqiy senizmni pasayishiga olib kelganligi tufayli shaxs savodxonligining kognitiv, xulqiy komponentlariga korreksion-adaptiv ta’sir etish muhim ahamiyatga ega ekanligi isbotlanganligiga doir natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 2-fevraldagi PM-114-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 1-martdagi PM-114-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘spirinlarda huquqiy ongning rivojlanishini aniqlashning psixodiagnostik imkoniyatlarini takomillashtirishga erishilgan;
o‘spirinlarda huquiy ongni rivojlantirishga huquqiy savodxonlikning ta’siri kognitiv komponentning jamoaviy va aqliy, emotsional-baholovchi komponentning kasbiy qarashlar bilan to‘g‘ri, xulqiy komponentning moliyaviy qadriyatlarga teskari proporsional ekanligi tufayli shaxs ijtimoiy qadriyatlari bilan bog‘liq holda namoyon bo‘lishi dalillanganligiga oid natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 2-fevraldagi PM-114-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 1-martdagi PM-114-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’limda kasbiy faoliyat yuritadigan mutaxassislar va amaliyotchi psixologlarni psixologik xizmat faoliyatiga doir, malaka va ko‘nikmalarini oshishiga xizmat qilgan.