Haydarov Shahriyor Shuxrat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak muhandislarda psixologik salomatlikni shakllantirishning pedagogik-psixologik omillari”, 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/P661.
Ilmiy rahbar: Nazarov Akmal Mardonovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Psi.72.06.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlar doktori, professor; Isakova Mu’azam Tulkinovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
    Yetakchi  tashkilot: Qarshi  davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak muhandislarda psixologik salomatlikni shakllantirishning pedagogik-psixologik omillarini aniqlash yuzasidan amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan  iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak muhandislarning shaxslilik xususiyatlarini kasbiy  motivlar ta’siriga bog‘liqligi natijasida «xavotirlanish», «depresivlik»ning kuchayishi «somatizatsiya», «konstruktiv agressiya»ning susayishiga olib kelganligi tufayli «fobiya», «destruktiv egoizm» kabi pedagogik-psixologik omillarni ustuvor xarakterga ega ekanligi asoslangan;
bo‘lajak muhandislarda «destruktiv qo‘rquv» xususiyatlarini ifodalanishiga ko‘ra faoliyat jarayonida qiyinchiliklarni ongsiz tarzda bartaraf etish tendensiyasining emotsional intellekt bilan uyg‘un namoyon bo‘lishi tufayli «defisitar agressiya», «o‘z-o‘zini ichki chegaralash», o‘z-o‘zini tashqi chegaralash», «destruktiv identifikatsiya», «refleksiya» kabi omillarning  dinamik xususiyatga ega bo‘lishi isbotlangan;
bo‘lajak muhandis talabalarda psixologik salomatlikni shakllanishida «xotirjamlik», «g‘ayrat-shijoatlilik», «hissiy ko‘tarinkilik», «o‘z-o‘ziga ishonch»ning refleksiyaga bog‘liq ravishda «asabiylik toliqqanlik», «tushkunlik», «ishonchsizlik» transformatsiyalanishi muhimligiga ko‘ra faoliyat jarayoniga differensial ta’sir etishining pedagogik-psixologik jihatlari asoslangan;
bo‘lajak muhandislarda psixologik salomatlikni shakllantirishning pedagogik-psixologik mexanizmlari «emotsional bilimdonlik»ning shaxs hissiy-intellektual  sifatlaridan refleksiv empatiya shakllantirish muhimligiga ko‘ra sanogen  tafakkurning «o‘z emotsiyasini boshqarish» komponentiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak muhandislarda psixologik salomatlikni shakllantirishning pedagogik-psixologik omillarini o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak muhandislarning shaxslilik xususiyatlarini kasbiy  motivlar ta’siriga bog‘liqligi natijasida «xavotirlanish», «depresivlik»ning kuchayishi «somatizatsiya», «konstruktiv agressiya»ning susayishiga olib kelganligi tufayli «fobiya», «destruktiv egoizm» kabi pedagogik-psixologik omillarni ustuvor xarakterga ega ekanligi asoslanganligi bilan bog‘liq ilmiy natijalar bo‘yicha chiqarilgan xulosalar va tavsiyalar Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 26-noyabrdagi PM-83-a son buyrug‘i asosida «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 1-noyabrdagi PM-83-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak muhandislarning psixologik jihatdan tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha ko‘nikmalarini oshirishga erishilgan;
bo‘lajak muhandislarda «destruktiv qo‘rquv» xususiyatlarini ifodalanishiga ko‘ra faoliyat jarayonida qiyinchiliklarni ongsiz tarzda bartaraf etish tendensiyasining emotsional intellekt bilan uyg‘un namoyon bo‘lishi tufayli «defisitar agressiya», «o‘z-o‘zini ichki chegaralash», «o‘z-o‘zini tashqi chegaralash», «destruktiv identifikatsiya», «refleksiya»kabi omillarning  dinamik xususiyatga ega bo‘lishi isbotlangan ma’lumotlar Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 26-noyabrdagi PM-83-a son buyrug‘i asosida «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 1-noyabrdagi PM-83-son ma’lumotnomasi). Natijada muhandislarni ish faoliyatiga tayyorlash samaradorligi oshgan;
bo‘lajak muhandis talabalarda psixologik salomatlikni rivojlanishida «xotirjamlik», «g‘ayrat-shijoatlilik», «hissiy ko‘tarinkilik», «o‘z-o‘ziga ishonch»ning refleksiyaga bog‘liq ravishda «asabiylik toliqqanlik», «tushkunlik», «ishonchsizlik» transformatsiyalanishi muhimligiga ko‘ra faoliyat jarayoniga differensial ta’sir etishining pedagogik-psixologik jihatlari asoslanganligi bilan bog‘liq ilmiy yangilik natijalari Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 26-noyabrdagi PM-83-a son buyrug‘i asosida «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 1-noyabrdagi PM-83-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak muhandislarda faoliyat jarayoniga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish imkoni oshirilgan;
bo‘lajak muhandislarda psixologik salomatlikni shakllantirishning pedagogik-psixologik mexanizmlari «emotsional bilimdonlik»ning shaxs hissiy-intellektual  sifatlaridan refleksiv empatiya shakllantirish muhimligiga ko‘ra sanogen  tafakkurning «o‘z emotsiyasini boshqarish» komponentiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilganligiga oid ma’lumotlar Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 26-noyabrdagi PM-83-a son buyrug‘i asosida «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 1-noyabrdagi PM-83-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak muhandislarda faoliyat samaradorligini  oshirish  yo‘llari ilmiy asoslangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish