Shokirov Mashrabjon Keldievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Fassiolyoz kasalligining klinik-epidemiologik xususiyatlari, tashxislash va davolashni takomillashtirish», 14.00.10 – Yuqumli kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3PhD/Tib2106.
Ilmiy rahbar: Tuychiev Laziz Nadirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.01.
Rasmiy opponentlar: Tadjiev Botir Mirxashimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ibadova Gulnara Alievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: fassiolyoz kasalligining klinik-epidemiologik xususiyatlari, tashxislash va davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor fassiolyozning surunkali shaklida jigarning zararlanish ehtimoli, fassiollyozning o‘tkir shakliga nisbatan 5 barobarga yuqori bo‘lishi asoslangan;
fassiolyoz kasalligining Farg‘ona viloyatida yuqori kasallanish darajasini belgilovchi muhim zararlanish xavf guruhlari bo‘lib ayollar, mehnatga layoqatli yoshdagilar, qishloq sharoitida yashovchi uy bekalari ekanligi asoslangan;
bemorlarda leykotsitlar miqdorini 3 barobar va undan yuqoriga ortishi fassiolyozning asoratli kechishini bashoratlovchi prediktor sifatida foydalanish mumkinligi asoslangan;
fassiolyoz bilan kasallanganlar qonida IgE, eozinofil, IL-4 miqdorini ortishi, IFN-γ miqdorining kamayishi kasallikning og‘ir va surunkali kechishini asosiy biomarkerlari ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi Ekspert kengashining 2024-yil 15-fevraldagi №02/76-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor fassiolyozning surunkali shaklida jigarning zararlanish ehtimoli, fassiollyozning o‘tkir shakliga nisbatan 5 barobarga yuqori bo‘lishi asoslangan. Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filialining gepatologiya bo‘limi faoliyatiga 2022-yil 15-apreldagi 17-son buyrug‘i va O‘zR SSVning Endomed + «Endoskopiya tashxis va davolash» xususiy korxonasining terapiya bo‘limiga 2022-yil 15-martdagi 14-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: aholi o‘rtasida fassiolyoz kasalligining tarqalishi aniqlanib, o‘tkir va surunkali fassiolyozning rivojlanish hamda kechishining klinik-epidemiologik xususiyatlarini aniqlash orqali kasallikning erta va qiyosiy tashxislanishi orqali bemorlarda kelib chiqadigan diagnostik xatoliklar oldi olinadi, buning natijasida esa kasallik asoratlari sababli o‘tkaziladigan jarrohlik muolajalari oldi olinadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Farg‘ona viloyati aholisi o‘rtasida fassiolyoz kasalligining tashxislash algoritmi ishlab chiqilgan va davolash samaradorligini oshirish orqali, bemorlarning davolash-profilaktika muassasalarida bir kunlik ketadigan to‘lov miqdori taxminan 548680 so‘mga kamaytirilgan, kasallikni erta aniqlanishi, bemorlarni shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga va boshqa dorilarning qisqartirilishi hisobiga har bir bemorga bir kunda 54868 so‘m iqtisod qilingan. Xulosa: tadqiqot natijalari Sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, intensiv bosqichda bemorlarni davolash uchun Farg‘ona viloyati aholisi o‘rtasida fassiolyoz kasalligining tarqalishini erta aniqlash va laborator tashxisini erta tashkil qilish kasallikning klinik kechishini erta kamayishiga hamda har bir bemorga 54868 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Fassiolyoz kasalligining klinik-epidemiologik xususiyatlari, tashxislash va davolashni takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasining 2022-yil 16-martdagi №03/880-sonli xati yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: fassiolyoz kasalligining epidemiologik xususiyatlari baholandi hamda Farg‘ona viloyatida yuqori kasallanish darajasini belgilovchi eng muxim zararlanish xavf guruhlari ayollar, mehnatga layoqatli yoshdagilar, qishloq sharoitida yashovchi uy bekalari ekanligi aniqlandi. Farg‘ona viloyatida 2017-2021 yillarda kuzatilgan fassiolyoz kasalligi asosan qishloq aholisida qayd etilib, bemorlarning 70,96% ayollar tashkil etdi. Kasbga aloqadorligi bo‘yicha uy bekalari ustunlik qildi, kasallikni yuqtirib olish xavf omili sifatida esa yaxshi yuvilmagan ko‘katlar va meva-sabzavotlarni yoz oylarida iste’mol qilish, ariq suvlaridan foydalanish ekanligi isbotlandi. Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filialining gepatologiya bo‘limi faoliyatiga 2022-yil 15-apreldagi 17-son buyrug‘i va O‘zR SSVning Endomed + «Endoskopiya tashxis va davolash» xususiy korxonasining terapiya bo‘limiga 2022-yil 15-martdagi 14-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Farg‘ona viloyatida yuqori kasallish darajasini belgilovchi eng muxim zararlanish xavf omillarini aniqlanishi va bu omillarni profilaktikasi aholi o‘rtasida, ayniqsa mehnatga layoqatli yoshdagilar, ayollar va qishloq sharoitida yashovchi uy bekalari orasida fassiolyoz kasalligi bilan kasallanish ko‘rsatkichini kamaytiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Farg‘ona viloyatida yuqori kasallish darajasini belgilovchi eng muxim zararlanish xavf omillari aniqlanishi ayollar, mehnatga layoqatli yoshdagilar, qishloq sharoitida yashovchi uy bekalari o‘rtasida tashxislash samaradorligini oshirish orqali har bir bemorga davolanish vaqtida 1663900 so‘m sarf-xarajatlarni kamaytirishga olib keldi. Xulosa: Farg‘ona viloyatida yuqori kasallish darajasini belgilovchi eng muxim zararlanish xavf omillari ayollar, mehnatga layoqatli yoshdagilar, qishloq sharoitida yashovchi uy bekalari ekanligi aniqlandi va shu guruh aholi orasida tekshiruvlarni o‘z vaqtida o‘tkazish va aniqlangan simptomlarga xos ravishda maqsadga yo‘naltirilgan tekshiruv o‘tkazish natijasida har bir bemorga 1663900 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Fassiolyoz kasalligining klinik-epidemiologik xususiyatlari, tashxislash va davolashni takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasining 2022-yil 16-martdagi №03/880-sonli xati yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: bemorlarda leykotsitlar miqdorini 3 barobar va undan yuqoriga ortishi fassiolyozning asoratli kechishini bashoratlovchi prediktor sifatida foydalanish mumkinligi asoslangan. Fassiolyoz kasalligining o‘tkir va surunkali davrini aniqlash imkonini beruvchi tashxisot algoritmi ishlab chiqildi va surunkali shakli rivojlanib keyinchalik asoratlar kelib chiqishini oldi olindi. Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filialining gepatologiya bo‘limi faoliyatiga 2022-yil 15-apreldagi 17-son buyrug‘i va O‘zR SSVning Endomed + «Endoskopiya tashxis va davolash» xususiy korxonasining terapiya bo‘limiga 2022-yil 15-martdagi 14-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: fassiolyoz kasalligining o‘tkir va surunkali davrlarida bemorlarda aniqlangan klinik belgilar asosida kasallik tashxisot algoritmi ishlab chiqildi, ushbu algoritm asosida bemorlarda tashxisot qidurivini o‘tkazish kasallikning o‘tkir davrida aniqlash imkonini berdi va surunkali shakli rivojlanib keyinchalik asoratlar kelib chiqishini samarali kamayishiga, bemorlar umumiy ahvolining qisqa fursatlarda yaxshilanishiga olib keldi, yotoq kunlari qisqarishiga yordam berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: fassiolyoz kasalligining o‘tkir va surunkali davrlarida bemorlarda aniqlangan klinik belgilar asosida ishlab chiqilgan kasallik tashxisot algoritmini qo‘llash naijasida 1 yilda 20 nafar bemorda 33 278 000 so‘m mablag‘ tejalishiga erishildi. Xulosa: fassiolyoz kasalligining o‘tkir va surunkali davrlarida bemorlarda aniqlangan klinik belgilar asosida ishlab chiqilgan kasallik tashxisot algoritmini amaliyotga tadbiq etish insonlarda fassiolyoz kasalligini erta tashxislash va asoratlar rivojlanishini olidini olishga, bemorlarni stasionar davo kunlarini qisqarishiga va mehnat qobiliyatini erta tiklanishiga imkon berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Fassiolyoz kasalligining klinik-epidemiologik xususiyatlari, tashxislash va davolashni takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasining 2022-yil 16-martdagi №03/880-sonli xati yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: fassiolyoz bilan kasallanganlar qonida IgE, eozinofil, IL-4 miqdorini ortishi, IFN-γ miqdorining kamayishi kasallikning og‘ir va surunkali kechishini asosiy biomarkerlari ekanligi isbotlangan. Fassiolyoz bilan kasallanganlarda ayrim biomarkerlar hisoblangan IgE, eozinofil, IL-4 miqdorini oshishi va IFN-γ miqdorining kamayishi kasallikning og‘ir va surunkali kechishini ko‘rsatdi. Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filialining gepatologiya bo‘limi faoliyatiga 2022-yil 15-apreldagi 17-son buyrug‘i va O‘zR SSVning Endomed + «Endoskopiya tashxis va davolash» xususiy korxonasining terapiya bo‘limiga 2022-yil 15-martdagi 14-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: fassiolyoz organizmga tushganidan so‘ng, unga qarshi IL-4 ishlab chiqarilishi ortib boradi, uning miqdorini ortishi unga antogonist bo‘lgan IFN-γ qiymatini pasayishiga olib keladi, natijada hujayraviy immunitet emas, balki gumoral immunitet ishga tushadi hamda qon zardobida IgE miqdori keskin ortib ketadi, ushbu qiymatlarning o‘zgarishi va kasallik davomiyligi o‘rtasida kuchli to‘g‘ri korrelyatsion bog‘liqlik mavjud bo‘lib, jarayon davomiyligi ortgani sari IgE miqdori ham ortib bordi, bu esa qonda eozinofillar miqdorini ortishiga sabab bo‘ladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Fassiolyoz bilan og‘rigan bemorlarda kasallik tashxisotida yordam beruvchi IgE, eozinofil, IL-4 va IFN-γ kabi ayrim biomarkerlarni tashxislash algoritmini qo‘llash orqali bosqichma-bosqich tekshirish naijasida 1 yilda 1 nafar bemorda 1 663 900 so‘m mablag‘ tejalishiga erishildi. Xulosa: IgE, eozinofil, IL-4 miqdorini oshishi va IFN-γ miqdorining kamayishi kasallikning og‘ir va surunkali kechishini ko‘rsatadi. Bu biomarkerlani tekshirish kasallik tashxisotida yordamchi tashxisot mezonlari bo‘lib, ushbu mezonlardan kasallikning asoratli kechishini bashoratlovchi prediktorlar sifatida foydalanish mumkin. Bu esa o‘z navbatida asoratlar rivojlanishini oldini olib, bemorlarni stasionar davo kunlarini qisqarishiga va mehnat qobiliyatini erta tiklanishiga imkon berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Fassiolyoz kasalligining klinik-epidemiologik xususiyatlari, tashxislash va davolashni takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasining 2022-yil 16-martdagi №03/880-sonli xati yuborilgan.