Erkinova Kamola Faxriddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sinusitli va adenoid vegetatsiyali bolalarda, allergik rinitni tashxislashni va davolashni optimallashtirish», 14.00.04-Otorinolaringologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib2076.
Ilmiy rahbar: Amonov Shavkat Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarkand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02.
Rasmiy opponentlar: Karabaev Xurram Esankulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Panaxian Vafa Mustafa ogli, tibbiyot fanlari doktori, professor (Ozarbayjon Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: Abuali ibni Sino nomidagi Todjikiston davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston Respublikasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sinusit va adenoid vegetatsiyalari bilan birga bolalarda allergik rinitni klinik, laborator va funksional ko‘rsatkichlari asosida davolash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
allergik rinitning klinik kechishini sinusit va adenoid vegetatsiyalari bilan birgalikda kechganida o‘zaro solishtirganda kasallikning o‘ziga xos belgilari burundan keladigan ajralmalar ko‘p miqdorda va quyuq, ba’zan esa yiringli bo‘lishi ekanligi asoslangan;
ilk bora allergik rinit va sinusitli guruhdagi bolalarning rinotsitogramma natijalari solishtirilganda limfotsitoz, monotsitoz va neytrofiliya bilan birgalikda eozinofiliya, allergik rinit va adenoid vegetatsiyali hamda mustaqil allergik rinit bilan xastalangan bolalar guruhlarida esa faqat eozinofiliya, barcha guruxlar qon zardobida E immunoglobulining ko‘payishining qon qiymatlari bilan bevosita bog‘liqlik mavjudligi ilmiy isbotlangan;
sinusit va adenoid vegetatsiyalari kombinatsiyasi bilan burun bo‘shlig‘ining mikrobiotsenozini baholashda allergik rinit va adenoid vegetatsiyalari bo‘lgan bolalarda achitki zamburug‘lar va Pseudomonas aeruginosa yo‘qligi asoslangan;
bolalarda sinusit va adenoid vegetatsiyalari bilan allergik rinitni tashxislash va Pari-Sinus 2 ingalyatori yordamida burun yondosh bo‘shliqlariga maxsus dori vositasi yuborish orqali davolash usuli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2024 yildagi 29 sentyabrdagi 25-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi ekspert kengashi 19.12.2023 yilda 140-son bilan tasdiqlangan):
birinchi ilmiy yangilik: mustaqil allergik rinitning klinik kechishini, allergik rinit sinusit va adenoid vegetatsiyalari bilan birgalikda kechishini o‘zaro solishtirganda kasallikning yanada ifodalangan o‘ziga xos belgilari allergik rinit va sinusitli bolalarda aniklandi. Ushbu guruxda burundan keladigan ajralmalar ko‘p miqdorda va quyuq, ba’zan esa yiringli bo‘lishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: allergik rinit sinusit va adenoid vegetatsiyalari bilan birgalikda kechishini mustaqil allergik rinit bilan xastalangan bolalarning klinik belgilarini solishtirganda, biz bolalarning hayot sifatiga kuchli ta’sir ko‘rsatadigan simptomlarini qo‘shaloq kasallikli guruxda burun obstruksiyasi, aksirish va burun oqishi ko‘proq ifodalanganligi tasdiklandi (p>0,001). ARda uchraydigan ikkilamchi shikoyatlar uzaro solishtirilganda, yo‘tal, xalqum orqa devoridan shilimshiq oqishi, burundan quyuq oqmalar, quloqlarning bitishi, ro‘molchagaga ehtiyoj, yuzga bosim hissi, uyg‘ongandan keyin charchoq hissi, konsentratsiyaning pasayishi, shuningdek, tashvish va jizzakilik xususiyati, asosiy guruhlar bilan sezilarli farqlar aniqlandi, bu qo‘shaloq patologiya bilan kasallik yanada og‘irroq kechishini, adenoid vegetatsiyalari bilan allergik rinitning og‘irroq belgilari borligini isbotlaydi. Allergik rinit va sinusitli bolalarda burundan keladigan ajralmalar quyuq yiringli bo‘lishi allergik rinit va adenoid vegetatsiyali bolalarda shilliqli ajralmalar bilan kechishini inobatga olgan tartibida xastalikning farqli xususiyatlariga qarab kompleks davolash taklif qilingan va uning samaradorligi o‘rni bo‘lib bolalarning hayot sifati yaxshilangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shahar tibbiyot birlashmasining 2024 yilning 12 martdagi 523-7-107-TV/2024-sonli buyruq bilan, Toshkent viloyati Angren shahar tibbiyot birlashmasining 2024 yilning 14 martdagi 777-10-148-TB/2024-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: allergik rinitning sinusit va adenoid vegetatsiyalari bilan birgalikda mutaqil allergik rinit bilan xastalangan bolalarning belgilarini SNOT-22 so‘rovnomasi asosida bolalarning hayot sifatiga kuchli ta’sir ko‘rsatadigan simptomlarni solishtirganda, sinusit va allergik rinit bilan xastalangan bolalar burun obstruksiyasi, aksirish va burun oqishi bilan ko‘proq bezovta bo‘lgan (p>0,001). AR sinusit va adenoid vegetatsiyalari bilan birgalikda uchraydigan shikoyatlarni yaqqoligi va AR sinusit bilan birga og‘ir kechishini inobatga olib, kompleks davolash taklif qilingan va uning samaradorligi o‘rni bo‘lib bolalarning hayot sifati yaxshilanishi orqali xastalikning asoratlari va nogironlikni oldini olishga qaratilgan zamonaviy tashxislash va davolash tartibi yaxshilangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: allergik rinitning sinusit va adenoid vegetatsiyalari bilan birgalikda mustaqil allergik rinit bilan solishtirganda kasallikning yanada jiddiy o‘ziga xos belgilari allergik rinit va sinusitli bolalarda burundan keladigan ajralmalar quyuq yiringli bo‘lishi allergik rinit va adenoid vegetatsiyali bolalarda shilliqli ajralmalar bilan kechishini oldini olish uchun bir nafar bemor bola uchun 1740000 ming so‘m iqtisod qilishga erishilgan va shifoxonada bo‘lish vaqtini 2-3 kunga qisqartirish imkonini bergan. Xulosa: allergik rinitning sinusit va adenoid vegetatsiyalari bilan birgalikda, mustaqil allergik rinit bilan solishtirganda kasallikning yanada jiddiy o‘ziga xos belgilari natijasida allergik rinit sinusit va adenoid vegetatsiyali bolalarni davolash orqali bir nafar bemor uchun davlat byudjet mablag‘laridan sarf xarajatlarni 1740000 ming so‘m iqtisod qilishga erishilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: allergik rinit va sinusitli guruhdagi bolalarning rinotsitogramma natijalari solishtirilganda limfotsitoz, monotsitoz va neytrofiliya bilan birgalikda eozinofiliya, allergik rinit va adenoid vegetatsiyali hamda mustaqil allergik rinit bilan xastalangan bolalar guruhlarida esa faqat eozinofiliya, barcha guruxlar qon zardobida E immunoglobulining ko‘payishining qon qiymatlari bilan bevosita bog‘liqlik mavjudligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: allergik rinit va sinusitli guruhdagi bolalarning rinotsitogramma natijalari solishtirilganda limfotsitoz, monotsitoz va neytrofiliya bilan birgalikda eozinofiliya, allergik rinit va adenoid vegetatsiyali hamda mustaqil allergik rinit bilan xastalangan bolalar guruhlarida esa faqat eozinofiliya, barcha guruxlar qon zardobida E immunoglobulining ko‘payishining qon qiymatlari bilan bevosita bog‘liqlik mavjudligi barcha guruhlardagi burun shilliq qavatining barmoq izlari surtmasi hujayrali tarkibi eozinofillar tarkibining ko‘payishi bilan tavsiflanadi, bu kasallikning allergik genezini belgilaydi. Burun sekresiyasining sitologik tahlili ko‘pchilik bolalarda yuqori sitozni, allergik rinit va sinusit bilan xastalangan 1-guruh bolalarining surtmalarida limfotsitlar, monotsitlar, eozinofillar va neytrofillar ustunlik qilishi, 2- va 3-guruhlarning kasal bolalarida eozinofiliya bilan tavsiflanadi va bemor bolalarning burun sekresiyasidagi hujayralarning miqdoriy tarkibi kasallikning og‘irligiga bog‘liq emasligi, xuruj davridagi ko‘rsatkichlar remissiya davridagi nisbatan surtmalarda eozinofillarning yuqori miqdoriga ega bo‘lish tendensiyasi aniqlanganligi ko‘rsatadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shahar tibbiyot birlashmasining 2024 yilning 12 martdagi 523-7-107-TV/2024-sonli buyruq bilan, Toshkent viloyati Angren shahar tibbiyot birlashmasining 2024 yilning 14 martdagi 777-10-148-TB/2024-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: allergik rinit va sinusitli guruhdagi bolalarning rinotsitogramma natijalari solishtirilganda limfotsitoz, monotsitoz va neytrofiliya bilan birgalikda eozinofiliya, allergik rinit va adenoid vegetatsiyali hamda mustaqil allergik rinit bilan xastalangan bolalar guruhlarida esa faqat eozinofiliya, barcha guruxlar qon zardobida E immunoglobulining ko‘payishining qon qiymatlari bilan bevosita bog‘liqlik mavjudligi inobatga olgan holda allergik rinitni tashxislashda rinotsitogramma va qon zardobidagi E immunoglobulin o‘rnini baholash orqali samarali tashxislash tartibini tatbiq etish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: allergik rinit va sinusitli guruhdagi bolalarning rinotsitogramma natijalari solishtirilganda limfotsitoz, monotsitoz va neytrofiliya bilan birgalikda eozinofiliya, allergik rinit va adenoid vegetatsiyali hamda mustaqil allergik rinit bilan xastalangan bolalar guruhlarida esa faqat eozinofiliya, barcha guruxlar qon zardobida E immunoglobulining ko‘payishining qon qiymatlari bilan bevosita bog‘liqligini hamda rinotsitogramma va E immunoglobulining miqdorini aniqlash uchun byudjet mablag‘laridan 208000 ming so‘mni iqtisod qilishga imkonini bergan. Xulosa: allergik rinit va sinusitli, allergik rinit va adenoid vegetatsiyali hamda mustaqil allergik rinit bilan xastalangan bolalar guruhlarida rinotsitogramma va qon zardobida E immunoglobulinning miqdorini aniqlash uchun byudjet mablag‘laridan 208000 ming so‘mni iqtisod qilishga erishilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: allergik rinitning sinusit va adenoid vegetatsiyalari kombinatsiyasi bilan burun bo‘shlig‘ining mikrobiotsenozini baholashda allergik rinit va adenoid vegetatsiyalari bo‘lgan bolalarda xamirturushli zamburug‘lar va Pseudomonas aeruginosa yo‘qligi asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: allergik rinitning sinusit va adenoid vegetatsiyalari kombinatsiyasi bilan burun bo‘shlig‘ining mikrobiotsenozini baholashda allergik rinit va adenoid vegetatsiyalari bo‘lgan bolalarda xamirturushli zamburug‘lar va Pseudomonas aeruginosa yo‘qligi, allergik rinit va sinusitli bolalarda Staph.aureus (0,37±0,05), Staph. haemolyticus (0,32±0,08), Str. pneumoniae (0,30±0,09), H. influenzae (0,22±0,08), Staph. epidermidis (0,11±0,06), Str. ryogenes (0,19±0,08), anaeroblar (0,27±0,04) sezilarli darajada tez-tez uchraydi va bundan tashqari, ushbu toifadagi bemor bolalarda achitqi zamburug‘lar (0,07±0,05) va Pseudomonas aeruginosa (0,15±0,07) aniqlangan, ular AR va AV bo‘lgan bolalarda, shuningdek, taqqoslash guruhidagi bolalarda yo‘q edi. Allergik rinitli va adenoid vegetatsiyali bolalarda surtmalarni bakteriologik o‘rganish burun bo‘shlig‘i mikroflorasining sifat tarkibidagi farqlarni aniqladi, burun shilliq qavatidan olingan surtmalarda asosan: Staphilococcus aureus (0,57±0,10), Staph.haemolyticus (0,29±0,09), Str.pyogenes (0,65±0,10), Str.pneumoniae (0,14±0,07), M.catarrhalis (0,11±0,06), H.influenzae (0,14±0,07) va anaeroblar (0,30±0,11). Burun sekresiyasini bakteriologik tadqiqotlar natijalari taqqoslash guruhi bilan aniq kuzatildi, xususan, AR bilan og‘rigan bolalarda burun bo‘shlig‘ining mikroflorasiga ekilgan Staph. haemolyticus (0,21±0,08), Staph.epidermidis (0,13±0,06) va Staph.aureus (0,40±0,07). Asosiy guruhda patologik mikrofloraning aniqlanishi AVsiz AR guruhiga qaraganda sezilarli darajada yuqoriligi baholangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shahar tibbiyot birlashmasining 2024 yilning 12 martdagi 523-7-107-TV/2024-sonli buyruq bilan, Toshkent viloyati Angren shahar tibbiyot birlashmasining 2024 yilning 14 martdagi 777-10-148-TB/2024-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: allergik rinitning sinusit va adenoid vegetatsiyalari kombinatsiyasi bilan burun bo‘shlig‘ining mikrobiotsenozini baholashda allergik rinit va adenoid vegetatsiyalari bo‘lgan bolalarda xamirturushli zamburug‘lar va Pseudomonas aeruginosa yo‘qligini asoslashda davolashdan oldin barcha bemorlarda yetakchi patogen shtammlarning 80% da AMS/KK, sefotaksim, levofloksatsin va 90%seftriaksonga sezuvchanlikning yuqorligini aniqlanib, Str.pneumoniae 70% azitromisinga sezgir edi. 40-50% H.influenzae, 30-40% St. aureus, gentamisin, ampisillin va ko-trimoksazolga sezuvchanlik 30-50% dan oshmaganligi natijasida seftriakson dori vositasining sezuvchanligini yuqoriligini tavsiya etish etish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: allergik rinitning sinusit va adenoid vegetatsiyalari kombinatsiyasi bilan burun bo‘shlig‘ining mikrobiotsenozini baholashda allergik rinit va adenoid vegetatsiyalari bo‘lgan bolalarda xamirturushli zamburug‘lar va Pseudomonas aeruginosa yo‘qligini asoslash byudjet mablag‘laridan sezuvchanlikni aniqlash uchun bir nafar bemor uchun 150000 ming so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: allergik rinitning sinusit va adenoid vegetatsiyalari kombinatsiyasi bilan burun bo‘shlig‘ining mikrobiotsenozini baholashda allergik rinit va adenoid vegetatsiyalari bo‘lgan bolalarda xamirturushli zamburug‘lar va Pseudomonas aeruginosa yo‘qligini tashxislash uchun 150000 ming so‘mni iqtisod qilishga erishilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bolalarda ilk bora sinusit va adenoid vegetatsiyalari bilan allergik rinitni tashxislash va Pari-Sinus 2 ingalyatori yordamida burun yondosh bo‘shliqlariga maxsus dori vositasi yuborish orqali davolash algoritmi taklif qilingan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: bolalarda ilk bora sinusit va adenoid vegetatsiyalari bilan allergik rinitni tashxislash va Pari-Sinus 2 ingalyatori yordamida burun yondosh bo‘shliqlariga maxsus dori vositasi yuborish orqali davolash algoritmi taklif qilingandan keyin SNOT-22 so‘rovnomasi asosida har ikkala taqqoslash guruhida allergik rinit va sinusit bilan xastlangan bolalar barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha ijobiy natijalarga erishganligi, burundan nafas olishning buzilishi, burun bo‘shlig‘idan quyuq ajralma kelishi, yuzda og‘riq xissi, uxlashda qiyinchilik, charchash, asabiylashish shikoyatlarining kamayganligi davolash taktikasining samardorligini ko‘rsatgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shahar tibbiyot birlashmasining 2024 yilning 12 martdagi 523-7-107-TV/2024-sonli buyruq bilan, Toshkent viloyati Angren shahar tibbiyot birlashmasining 2024 yilning 14 martdagi 777-10-148-TB/2024-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bolalarda ilk bora sinusit va adenoid vegetatsiyalari bilan birga allergik rinitni tashxislash va Pari-Sinus 2 ingalyatori yordamida burun yondosh bo‘shliqlariga maxsus dori vositasi yuborish orqali davolash algoritmi taklif qilindi. Davolashdan oldin allergik rinit va sinusit bilan xastlangan bolalarda oldingi faol rinomanometriya yordamida burunning nafas olish faoliyatini ob’ektiv baholaganda havo oqimining sezilarli darajada pasayishini ko‘rsatdi 284,44±39,83 ml/s. Burun bo‘shlig‘ining o‘ng va chap yarmida, nafas olish va chiqarish fazalarida o‘rtacha OFRM qiymatlari 12,51±3,65 ni, allergik rinit va adenoid vegetatsiyalari bilan xastalangan bolalarda burun nafas olish faoliyatini ob’ektiv baholaganda, davolashdan oldin umumiy havo oqimining o‘rtacha tezligi nafas olish va chiqarish paytida 274,79±49,10 ml/s ni, o‘ng va chap tomonlarning nisbati 16,49±7,47ni tashkil qilgan. Turli xil terapiyadan keyin 689,21±53,28 dan 821,36±77,06 gacha natijalar ko‘tarildi. An’anaviy davolash bilan umumiy oqim ko‘rsatkichlari uch baravar, kompleks davolash bilan esa 4 baravar ko‘payib, ikkala guruhda ishonchli qiymatlarga erishishi orqali bolalarning xayot sifati yaxshilangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bolalarda ilk bora sinusit va adenoid vegetatsiyalari bilan allergik rinitni tashxislash va Pari-Sinus 2 ingalyatori yordamida burun yondosh bo‘shliqlariga maxsus dori vositasi yuborishni asoslash uchun Pari-Sinus 2 ingayatori yordamida davolash uchun 300000 ming 800 so‘mni iqtisod qilish va shifoxonada bo‘lish vaqtini 2-3 kunga qisqartirish imkonini bergan. Xulosa: bolalarda ilk bora sinusit va adenoid vegetatsiyalari bilan allergik rinitni tashxislash va Pari-Sinus 2 ingalyatori yordamida burun yondosh bo‘shliqlariga maxsus dori vositasi yuborish orqali davolash algoritmi taklif qilingan 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini bir kurs uchun 300000 ming 800 so‘mga iqtisod qilish.