Davletova Dilfuza Madiyorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Preeklampsiya rivojlanish xavfi bo‘lgan homiladorlar guruhida platsenta disfunksiyasining profilaktikasi, olib borish taktikasi va diagnostikasini takomillashtirish» 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1607.
Ilmiy raxbar: Karimov Ahmad Xoshimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.11.2023.Tib.114.01.
Rasmiy opponentlar: Yusupbaev Rustem Bazarboevich, tibbiyot fanlari doktori, katta ilmiy hodim; Qurbanov Djahangir Djamalovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat stomatologiya  instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: dopplerometrik va morfologik tadqiqotlar natijalari asosida anemiya va surunkali pielonefrit bilan kasallangan homilador ayollarda platsenta disfunksiyasining diagnostik mezonlarini ishlab chiqish va preeklampsiya rivojlanish xavfini aniqlash, shuningdek, davolash va profilaktika choralarini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
anemiya va surunkali pielonefrit fonida bachadon-platsenta-homila tizimida qon aylanishining buzilishi kuzatilib, PD va preeklampsiyaning rivojlanishi 46,7% ni tashkil etganligi aniqlangan;
bachadon-platsenta-homila tizimining tomirlarida platsenta disfunksiyasining dopplerometrik tashxislash mezonlari ishlab chiqilib, (MCA da IR 15%, a.umbilicalis 15-18% kamaygan) dopplerometrik tekshirishning spesifikligi – 85,4% va sezgirligi - 78,6% ni tashkil etishi isbotlangan;
anemiya va surunkali pielonefrit bilan kasallangan ayollarning yo‘ldoshida involyutiv va ikkilamchi destruktiv o‘zgarishlarni tavsiflovchi morfologik va morfometrik o‘zgarishlar asta sekin avj olib borib, kompensator jarayonlarning orqada qolishi bilan morfofunksional etishmaslik rivojlanishi asoslangan;
homiladorlikning II va III trimestrida platsenta disfunksiyasining o‘z vaqtida tashxislash uchun ishlab chiqilgan algoritm asosida olingan ko‘rsatkichlarni baholashda L-argininni kompleks terapiyaning bir qismi sifatida qo‘llash gemodinamik ko‘rsatkichlarning yaxshilanishiga olib kelganligi aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi ekspert kengashining 2024 yil 15 fevraldagi 02/075-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasining 2022 yil 22 fevraldagi 03-559-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan).
anemiya va surunkali pielonefrit fonida bachadon-platsenta-homila tizimida qon aylanishining buzilishi kuzatilib, PD va preeklampsiyaning rivojlanishi 46,7% ni tashkil etganligi aniqlangan ko‘rsatuvchi oqibatlar o‘rtasidagi bog‘liqlik isbotlangani. Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi  tug‘ruq kompleksi 14.02.2024-yildagi 42-sonli buyruq hamda Respublika va  Xorazm viloyat perinatal markazi  29.06.2023-yildagi 79-sonli va 06.07.2023-yildagi 139-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Tadbiq natijalari homilador ayollarda preeklampsiya rivolanishini  erta  muddatlarda  aniqlash  orqali bachadon,  homila  va  platsentada  qon  aylanishini yaxshilash choralarini  ko‘rish  va bu orqali homila o‘sishidan orqada qolishining, preeklampsiyaning og‘ir darajalariga o‘tishining, homiladorlik asoratlari rivojlanishining  oldini olishga hamda  onalar  va  bolalar  o‘limining kamayishiga olib keladi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: 2021-2023 yillar davomida davolash kurslari o‘tkazilgan, anemiya va surunkali pielonefrit bilan og‘rigan, QShP va QVPda davolangan 20 nafar homiladorlik davridagi tibbiy xizmatlar narxi 5 376 000 so‘mni tashkil etgan: 20 nafar ayol x 83 400 so‘m x 3,5 y/k = 5 838 000 so‘m. Ayollarning ushbu tadqiqot guruhida (2021-2023) profilaktika qilinmagan taqdirda davlat moliyaviy xarajatlarining umumiy qiymati oldindan hisoblab chiqilgan va natijalar ushbu guruhdagi haqiqiy byudjet xarajatlari bilan taqqoslandi. Ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, iqtisodiy samaradorlik 2021 yilda 77,12 foizni, 2023 yilda esa 79,17 foizni tashkil etdi. Demak, 2021 yilda xarajatlarni minimallashtirish 18 124 800 so‘mni, 2023 yilda esa 22 184 400 so‘mni tashkil etdi.
 Kasalliklarni tashxislash, davolash va oldini olishning yangi texnologiyalarini joriy etish samaradorligini baholash. Biz quyidagi ko‘rsatkichlarni hisoblab chiqdik:  1. Tibbiy xizmatlar narxi (TXN - MXT) formula bo‘yicha TXN = (KKQ x BO‘QM) + QXN, bu erda YKN – yotoq kunlik narxi, so‘m/yil BO‘QM – davolash profilaktik muassasada bemorning o‘rtacha qolish muddati (kunlar) QXN – qo‘shimcha xizmatlar narxi (dorilar + oziq-ovqat + kommunal xizmatlar), so‘m/yil; 2. Xarajatlarni minimallashtirish tahlili (minimallashtirilgan narxlar taxlili - MNT) (masalan, shu davrlar 2021-2023 yillar): XMT = TXN 2021  - TXN 2023    (so‘m) 3. Bitta bemorga iqtisodiy xarajatlar o‘zgarishi (Δ Ix): Δ Ix  = Ix 1 – Ix 2,  Ix1  - 2021 yilda bitta bemorga iqtisodiy xarajatlar. Ix2 – 2023 yilda bitta bemorga iqtisodiy xarajatlar.
Xulosa: preeklampsiya rivojlanishi uchun xavf omillari bo‘lgan homilador ayollar uchun davolash va profilaktik tadbirlarni o‘tqizish, a.uterina et a.umblicalis arteriyalarining qon tomir tonusi holatiga ta`sir ko‘rsatadigan ona – platsenta - xomila tizimida  qon oqimining normallashishiga yordam beradigan L-arginin qo‘shilishi bilan, platsenta erta qarishi (involyusiyasi) jarayonini oldini olish va sekinlashtirishga yordam berdi.
“Preeklampsiya rivojlanish xavfi bo‘lgan homiladorlar guruhida platsenta disfunksiyaning profilaktikasi, olib borish taktikasi va diagnostikasini takomillashtirish” mavzusidagi ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyaning 2022-yil 22-fevralrdagi 03-559 sonli xat yuborilgan.
Bachadon-platsenta-homila tizimining tomirlarida platsenta disfunksiyasining dopplerometrik tashxislash mezonlari ishlab chiqilib, (MCA da IR 15%, a.umbilicalis 15-18% kamaygan) dopplerometrik tekshirishning spesifikligi – 85,4% va sezgirligi - 78,6% ni tashkil etishi isbotlanganligini  Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi  tug‘ruq kompleksi 14.02.2024-yildagi 42-sonli buyruq hamda Respublika va  Xorazm viloyat perinatal markazi  29.06.2023-yildagi 79-sonli va 06.07.2023-yildagi 139-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat. Olingan ma’lumotlardan foydalanib, xarajatlarni minimallashtirish holati hisoblab chiqilgan. Erta reproduktiv yo‘qotish yoki erta tug‘ilishning (ET) oldini olish uchun platsenta disfunksiyasini kompleks davolashni amalga oshirganimizdan so‘ng, ayollar odatda muddatli tug‘ilishni boshdan kechirdilar. Shu munosabat bilan, xarajatlarni minimallashtirishni baholashda biz muammoga boshqacha yondashdik.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Shu sababli, ayollarning ushbu tadqiqot guruhida (2021-2023) profilaktika qilinmagan taqdirda davlat moliyaviy xarajatlarining umumiy qiymati oldindan hisoblab chiqilgan va natijalar ushbu guruhdagi haqiqiy byudjet xarajatlari bilan taqqoslandi. Ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, iqtisodiy samaradorlik 2021 yilda 77,12 foizni, 2023 yilda esa 79,17 foizni tashkil etdi. Demak, 2021 yilda xarajatlarni minimallashtirish 18 124 800 so‘mni, 2023 yilda esa 22 184 400 so‘mni tashkil etdi.
HROQ ushbu patologiyaga ega bo‘lgan ayollar orasida homilador ayollarni platsenta disfunksiyasidan kelib chiqqan homiladorlik asoratlari uchun kasalxonada davolash paytida o‘tkaziladigan manipulyasiya xarajatlarini va davlat tomonidan ajratiladigan bilvosita xarajatlarni minimallashtirishni ta’minlaydi.; shuningdek, muvaffaqiyatli davo natijalar va ularning prognostik ahamiyati asoslangani. Toshkent Tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi  tug‘ruq kompleksi 14.02.2024-yildagi 42-sonli buyruq hamda Respublika va  Xorazm viloyat perinatal markazi  29.06.2023-yildagi 79-sonli va 06.07.2023-yildagi 139-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat. Shu bilan birga, agar bu ayollarda homiladorlik va tug‘ruq asoratlarini oldini olishga imkon beruvchi Tivortin (L-arginin eritmasi 4,2%-100 ml) preparati yordamida kompleks davolashdan o‘tmaganlarida, ularda asoratlangan homiladorlik va tug‘ruq  boshdan kechirgan bo‘lishlarini hisobga olindi. Ishlab chiqilgan algoritm asosida olingan ko‘rsatkichlarni baholash orqali homiladorlikning II va III trimestrida platsenta disfunksiyasining o‘z vaqtida tashxislash bilan akusherlik asoratlarining 1,7 barobarga, perinatal asoratlarni esa 2,5 barobarga kamayishiga olib kelindi. Ilmiy yangilikning iiqtisodiy samaradorligi: L-arginin (Tivortin eritmasi 4,2%-100,0 ml) preparatini kompleks qo‘llash bilan preeklampsiya bilan og‘rigan homilador ayollarda platsenta disfunksiyasining dori-darmonlarni oldini olish va davolashning ishlab chiqilgan usuli platsenta disfunksiyasi (erta, kech reproduktiv yo‘qotishlar) tufayli kelib chiqadigan homiladorlik asoratlarini kamaytirishga imkon beradi.
Platsenta disfunksiyasi mavjud ayollarda qon aylanish tizimidagi buzilishlar homiladorlik natijalari bo‘yicha olingan ma’lumotlarga ko‘ra, ularni erta aniqlash va salbiy oqibatlarga olib kelish xavfi yuqori bo‘lganligi sababli, 5 838 000 so‘mni tejaydi (bitta ayolning o‘rtacha davolanish narxi).
Xulosa: homiladorlik davrida asoratlarni rivojlanishi uchun asosiy xavf omillarini erta aniqlash tug‘ruqning salbiy natijalarini oldini olish natijasida 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larining 15 000 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
anemiya va surunkali pielonefrit bilan kasallangan ayollarning yo‘ldoshida involyutiv va ikkilamchi destruktiv o‘zgarishlarni tavsiflovchi morfologik va morfometrik o‘zgarishlar asta sekin avj olib borib, kompensator jarayonlarning orqada qolishi bilan morfofunksional etishmaslik rivojlanishi asoslanganligi Toshkent Tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi  tug‘ruq kompleksi 14.02.2024-yildagi 42-sonli buyruq hamda Respublika va  Xorazm viloyat perinatal markazi  29.06.2023-yildagi 79-sonli va 06.07.2023-yildagi 139-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan.
 Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Dopplerometrik va platsentometrik usullarni fon kasalliklari bilan homiladorlik davrida qo‘llash akusherlik va perinatal asoratlarni rivojlanishida ularni aniqlashning yuqori prognostik ahamiyati va samaradorligini isbotlashga imkon berdi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: anemiya va surunkali pielonefritni o‘rganish va individuallashgan homiladorlikni olib borish natijalari homiladorlik asoratlar sonini, davolanish vaqtini va kasalxonada qolishni kamaytirishga imkon berdi. Bu har bir bemor uchun 2 500 000 so‘mni tejash imkonini berdi. Ya’ni, bunday patologiyalar bilan asoratlangan taqdirda, uni tuzatish uchun qo‘shimcha xarajatlar 5 000 000 so‘mni tashkil qiladi. Taklif etilayotgan yangi yondashuvning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida bunday xarajatlar o‘rtacha 2 500 000 so‘mni tashkil etgan. Natijada ushbu patologiya bilan og‘rigan bir bemorga aniqlangan yondashuv hisobiga yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarni kamaytirish hisobiga 2 500 000 so‘m mablag‘ tejaldi (TTA ko‘p tarmoqli klinika tug‘ruq majmuasi narxlari ro‘yxati bo‘yicha).
Xulosa: anemiya va surunkali pielonefrit mavjud ayollarda platsenta disfunksiyasining mavjudligi homiladorlikni asoratlanishiga, homila ichki holati va tug‘ruq asoratlarining oshirganligi natijasida  1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larining 2 500 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
Homiladorlikning II va III trimestrida platsenta disfunksiyasining o‘z vaqtida tashxislash uchun ishlab chiqilgan algoritm asosida olingan ko‘rsatkichlarni baholashda L-argininni kompleks terapiyaning bir qismi sifatida qo‘llash gemodinamik ko‘rsatkichlarning yaxshilanishiga olib kelganligi aniqlanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi  tug‘ruq kompleksi 14.02.2024-yildagi 42-sonli buyruq hamda Respublika va  Xorazm viloyat perinatal markazi  29.06.2023-yildagi 79-sonli va 06.07.2023-yildagi 139-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan: Taklif etilayotgan algoritm asosida kasallikning klinik oldi bosqichlarida homiladorlikni nazoratli boshqarish va olib boorish imkonini berdi, bu esa homiladorlik va tug‘ruq asoratlarini  profilaktikasini ta’minlashga imkon bergan.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Surunkali anemiya va pielonefrit fonida  homiladorlikning va tug‘ruqning  salbiy oqibatlarini bashorat qilish usulining joriy etilishi ayollarda 5 800 000 so‘mni (bir ayol davolanishining o‘rtacha narxi) tejash imkonini berdi.
 Xulosa: ishlab chiqilgan prognostik model anemiya va surunkali pielonefrit bilan kasallangan homilador ayollarda homiladorlik davrida akusherlik va perinatal asoratlar hamda reproduktiv yo‘qotishlarning mumkin bo‘lgan oqibatlarini taxmin qilish natijasida natijasida 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larining 5 800 000  so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish