Toshpo‘latov Akram Haydarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek adabiyotida novella janri va uning badiiyati», 10.00.02–O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 2017.2.PhD/Fil133.
Ilmiy rahbar: Umurov Hotam Ikromovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.02.03.
Rasmiy opponetlar: Axmedova Shoira Nematovna, filologiya fanlari doktori, professor; Uzoqov Jo‘raqul Haydarovich, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek adabiyotida novella janri tarixi va uning nazariyasini o‘rganish hamda uning boshqa turdosh janrlar bilan farqli jihatlarni yoritib berish, novella janri badiiyatining o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishdan iboratdir.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek adabiyotshunosligida novella janrining taraqqiyot bosqichlari, janrning kanonik xususiyatlari, genezisi, novellada lirizm va psixologizm muammosi, she’riy novelladagi o‘tkir syujet, dramatik holat, noan’anaviy xotima aniq misollar orqali dalillangan;
o‘zbek novellalarining mavzu ko‘lami, g‘oyaviy-badiiy tarkibi, novella va hikoya janrining o‘ziga xosligi va mushtarakligi, novella janri ildizlari: hikoyat, latifa, ertaklardagi novellistik elementlar, ularda xarakter yaratish san’ati, konflikt, dramatizm muammolarining ijodiy-estetik tamoyillari asoslangan;
novellaning syujeti, kompozision tuzilishi va unda qo‘llaniladigan badiiy san’atlar, qahramon va personajlar tizimi, badiiy-falsafiy konsepsiyasi, kategoriyasi hamda lisoniy materiallar turdosh janrlar bilan taqqoslangan holda ochib berilgan;
o‘zbek adiblarining novella yaratishdagi mahorati, har bir ijodkorga xos bo‘lgan uslublar, novellada qahramonni adabiy-estetik kashf etishning o‘ziga xos jihatlari yoritilgan, shu bilan birgalikda, janrda uchraydigan sxematizm, va strukturasidagi kamchiliklar dalillar asosida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Hozirgi o‘zbek adabiyotidagi novellalarning tarixi, ilmiy-nazariy asoslarini ishlab chiqish asosida:
o‘zbek adabiyotida yaratilgan novellalarning g‘oyaviy-badiiy va struktur xususiyatlari, novella va hikoyaning tipologik farqlari, novella janrining badiiyati va imkoniyatlari haqida tegishli ilmiy xulosalardan F-1-06 raqamali “Istiqlol davri o‘zbek adabiyotida Sharqu G‘arb adabiy an’analari sintezi” fundamental tadqiqot loyihasining “Istiqlol davri o‘zbek adabiyotida jahon ilg‘or tadqiq metodlarining zamonaviy o‘zbek adabiyotshunosligiga tadbiqi” qismida foydalanilgan (Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 28 dekabrdagi FTA-02-11/1378-son ma’lumotnomasi). Shu asosda Sharq va G‘arb adabiyoti tipologiyasi, novella janri poetikasi masalalariga oid nazariy xulosalar chiqarilgan;
o‘zbek adabiyotida novella janri taraqqiyoti bosqichlari bevosita Markaziy Osiyo xalqlari adabiyotidan boshlanishini asoslash bilan bog‘liq ilmiy xulosalar F1-FA-0-55746 “Markaziy Osiyo xalqlari adabiy qo‘lyozma yodgorliklarni tadqiq etish, o‘zbekiston shoir va yozuvchilari arxivini to‘plash va ularni ilmiy tavsiflab nashrga tayyorlash” nomli fundamental loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 1 iyundagi 89-03-1401-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalar novella janri xususiyatlari Sharq adabiyoti namunalari tarkibida ham uchrashi xalqaro adabiy aloqalarning mushtarak jihatlari mavjudligini asoslab berishga xizmat qilgan.
G‘arb Uyg‘onish davrida paydo bo‘lgan novella janri tarixi, nazariyasi, o‘ziga xos xususiyatlari hamda novella va hikoya janrining hozirgi adabiy jarayondagi o‘rni, kichik hikoyalarga doir nazariy xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyati bo‘limi qoshidagi “Sadoqat” ijodiy to‘garagi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2017 yil 6 dekabrdagi 01-03/1070-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi yosh ijodkorlarning adabiy mahoratini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishga asos bo‘lgan;
O‘zbek novellist yozuvchilari – A.Qahhor, Sh.Xolmirzaev, N.Eshonqul novellalarida xarakter yaratish, konflikt va dramatizmga oid qarashlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining Samarqand bo‘limi “Samarqand sadosi” dasturida “Adabiyot va hayot” rukni eshittirishlarida foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi-ning 2018 yil 8 maydagi 09-01/227-son ma’lumotnomasi). Natijada nasrning kichik janrlaridan biri – novella janri badiiyatini, kitobxonlik darajasini belgilashda, tarjimonlarga esa tarjima asarlari janrini nomlashda nazariy manba bo‘lib xizmat qilgan.