Raximov Sharof Amonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Paramagnit granat va ortoalyuminat kristallarda nokramers nodir er ionlarining magnitooptik va optik spektroskopiyasi”, 01.04.09-magnit hodisalar fizikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2024.1.DSc/FM174
Ilmiy maslahatchi: Valiev Uygun Vaxidovich fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand  davlat  universiteti, PhD.03/30.12.2019.FM.02.04
Rasmiy opponentlar: Kamil Mukimov, O‘zFA akademigi, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Sharipov Mirzo Zokirovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Eshchanov Baxodir Xudayberganovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ortoalyuminat va granatlar (alyuminat va gallatlar) ning paramagnit birikmalardagi NY-ionlari kristall qamrab olishlari uchun xarakterli bo‘lgan D2 va CS quyi simmetriyali kristall maydonlarida (KM) shakllanuvchi, ularning energetik spektrlaridagi  ajralish shtark ajralishining notrivial xususiyatlari bilan aniqlanuvchi granat va ortoalyuminat kristallaridagi Tb3+, Ho3+, Eu3+, Tm3+ nokramers NY-ionlarining magnit, optik va magnitooptik xususiyatlarining o‘ziga xos tomonlarini o‘rganishga asoslangan eksperimental va nazariy tadqiqotlar o‘tkazishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Birinchi marotaba Tb3+, Ho3+, Eu3+, Tm3+ nokramers NY-ionlari bilan faollashtirilgan granat va ortoalyuminat kristallarida kuzatiladigan magnitooptik effektlarning spektral va haroratga bog‘liqliklarida magnitofaol ionlarning elektron holatlari to‘lqin funksiyalarida kvantomexanik «aralashish»ni hal qiluvchi rol o‘ynashi ko‘rsatib berildi. Bu tasdiq quyida sanab o‘tilgan dissertatsiya ishidagi original eksperimental natijalariga asoslangan:
olib borilgan simmetriya tahlili va “aralashish” effektini hisobga olish, terbiy-galliyli TbGaG granatdagi Tb3+ ioni 7F6 va 5D4 shtark sathosti multipletlari orasidagi 4f→4f optik o‘tishlari bilan terbiy-galliyli granatda 7F6→5D4 yutilish polosasida chiziqlarning  zeeman ajralilishidagi anomal holatni bog‘lab ko‘rib chiqish imkonini berdi. Bu 4f→4f optik o‘tishlar uchun ajralishning maydon bog‘liqliklari terbiyli granat-gallatda ham, terbiyli TbAG granat-alyuminatda ham bo‘ylama magnit maydonida bo‘lgani kabi xuddi shu multipletlarning shtark sathostilari orasidagi yaxshi ma’lum bo‘lgan ko‘pgina yutilish chiziqlaridagi zeeman ajralishi maydon bog‘lanishlaridan farq qiladi;
bir tomondan LMSQ va MDD larning spektrlarini, ikkinchi tomondan yutilish va lyuminessensiya spektrlarini solishtirish orqali TbGG da 7F6, 7F5 va 5D4 multipletlarining shtark sathosti energiyalari va to‘lqin funksiyalarining topilgan simmetriyalari terbiyli gallat-granatdagi Tb3+ nodir er ioni energetik spektrining sonli hisoblash natijalari bilan o‘z tasdig‘ini topdi;
birinchi marotaba tuliy-ittriyli Tm3+:YaG granat-alyuminatlardagi  nurlanishli 4f→4f o‘tishlar magnitooptikasida nokramers NY-ionlari o‘yg‘otilgan elektron holatlarining tashqi magnit maydoni bilan “aralashish” mexanizmining yetakchi rol o‘ynashi ko‘rsatib berildi;
 past haroratlarda 5S2→5I8 nurlanishli o‘tishlarda kuzatilgan granat-gallatdagi Ho3+ nokramers NY-ionlarining magnitooptik faolligi (MOF) ning sezilarlicha katta qiymatlarining 5S2 i 5I8   multipletlar energetik spektrlaridagi o‘ziga xos kvazidublet (ya’ni “kvaziaynigan”) holatlarining mavjudligi bilan bog‘liq ekanligi ko‘rsatib berildi;
birinchi marotaba TbAlO3 rombik kristallining [110] va “s”-[001] o‘qlari bo‘ylab o‘lchangan yutilish va lyuminessensiya spektrlari va  magnit singdiruvchanligining eksperimental kattaliklarini solishtirish orqali CS simmetriyali KM da nokramers  Tb3+ NY-ionining asosiy 7F6 va 7FJ (J = 0,1,..,6), 5DJ (J = 3,4) qo‘zg‘algan multipletlarining shtark sathosti to‘lqin funksiyalari analitik tuzildi;
8÷300K harorat intervalida magnitofaol TbAlO3 ortorombik kristallining [110] kristallografik o‘qi bo‘yicha amalga oshirilgan optik tadqiqotlar natijalarini solishtirish orqali TbAlO3 rombik kristallning CS simmetriyali KM da ularning to‘lqin funksiyalari simmetriyasi va Tb3+ NY-ioni multipletlari asosiy 7F6 va 7FJ (J = 0,1,..,6) larning quyi sathostilari orasidagi shtark energetik intervallari aniqlandi;
 birinchi marotaba 85300K  harorat intervalida TbAlO3 rombik kristallning [110] kristallogafik yo‘nalishi bo‘yicha  o‘lchangan V Verde doimiysining haroratga bog‘liqliklari va   magnit singdiruvchanligi orasidagi farqlar kuzatildi;
78K  haroratda TbAlO3 NY-ortoalyuminatining 7F6 5D4 4f→4f  o‘tishida aniqlangan yutilish spektrining (chiziqli qutblangan nurda) kuchli anizotropiyasi optik o‘tishlarda kombinatsiyalanuvchi Tb3+ ioni multipetlarining 7F6 asosiy  va 5D4 qo‘zg‘atilgan eng quyi shtark sathostilari to‘lqin funksiyalari simmetriyasi xarakteri va CS simmetriyali KM da nokramers Tb3+ ioni asosiy holatining kvazidublet xarakteri bilan bog‘liq ekanligi aniqlandi. Tadqiqot davomida olingan 7F6 multiplet spektridagi tashkil etuvchilar va ularning intensivlik taqsimotlari CS simmetriyali KM nazariyasi doirasida amalga oshirilgan sonli hisoblashlar natijalari bilan o‘z tasdig‘ini topdi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Dissertatsiya ishini bajarish mobaynida ishlab chiqilgan optik musbat qayta aloqali fotoelastik qutblovchi modulyator, D2 va CS simmetriyali KM larda nokramers NY-ionlarining elektron holatlari to‘lqin funksiyalarining koordinatali almashtirishlariga tegishli bo‘lgan natijalariga ko‘ra:
disertatsiya ishida Tb3+, Ho3+, Eu3+, Tm3+ gallat va ortoalyuminat  granatlaridagi ichki konfiguratsion o‘tishlardagi yutilish spektrlari xususiyatlari bo‘yicha olingan natijalar xorijiy jurnallarda (Journal of Rare Earths, Volume 33, № 12, 2015, IF: 4.632; Advanced Optical Materials, Volume 9, № 24, 2021, IF: 9.599;Materials Letters, Volume 65, № 12, 2011, IF: 3.423; Journal of Rare Earths, Volume 33, № 12, 2015, IF: 4.632) Tm3+:YaGdagi 1D2®3F4 nurlanishlar polosasida 78K va 293K temperaturalarda lyuminessensiya va LMSQ spektrlari bo‘yicha olingan kattaliklar asosida kuzatiladigan optik o‘tishlar identifikatsiyasini amalga oshirish, shuningdek  granat-alyuminat strukturasidagi  Tm3+ NY-ioni 3F4, 1D2 va 3H6  multipletlarining shtark sathosti to‘lqin funksiyalari simmetriyalari turi va energiyalari kattaliklarini aniqlash imkoniyatlarini berdi, shuningdek kam mo‘dali optik nurtolalarning qutblanish xususiyatlarini tadqiq qilishda foydalanilgan;
disertatsiya ishida tarkibida Tb3+ nokramers ionlari bo‘lgan kristallarning magnitooptik xususiyatlarini tadqiq qilish bo‘yicha olingan natijalardan Rossiya fanlar akademiyasining “Kristallografiya va fotonika” Federal ilmiy-tekshirish markazida kristall muhitlarda magnitooptik effektlarni kuzatish va presizion o‘lchashlarni amalga oshirishda qo‘llaniladigan metodika ishlab chiqildi (RFA FNIS “Kristallografiya va fotonika” ilmiy markazining 2023-yil 22-noyabr sanasidagi № 9311/41-1180 raqamli dalolatnomasi). Natijada tadqiq qilinayotgan gallat va alyuminat granatlarining magnitooptik xususiyatlarini tadqiq qilish jarayonlarini yaxshilashga erishilgan;
Disertatsiya ishida tarkibida Tb3+, Ho3+, Eu3+, Tm3+ ionlari mavjud bo‘lgan gallat va alyuminatlarning optik va magnitooptik xususiyatlarini tadqiq qilish natijasida olingan natijalardan, masalan magnitotsirkulyar anizotropiya, magnit sirkulyar dixroizmlardan Uxan universitetida (Xitoy Xalq Respublikasi) olib borilayotgan NY-birikmalari optik va magnitooptik xususiyatlarining fizik mexanizmlarini rivojlantirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarda foydalanildi (School of Power and Mechanical Engineering Wuhan University ning 2023 yil 27 noyabrdagi dalolatnomasi). Olingan natijalar tadqiq qilingan materiallar magnitooptik xususiyatlarining fizik mexanizmini yanada to‘ldirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish