Boboev Diyor Shomurotovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): Kontreyler tashishlar asosida temir yo‘l transport oqimlarini tashkil qilish, 05.08.03 – Temir yo‘l transportini ishlatish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3750.
Ilmiy rahbar: Adilova Ziyoda Gafurdjanovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi PhD.15/31.08.2022.T.73.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Masharipov Ma’sud Nu’monjonovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Jo‘raboev Kamoljon Abdumo‘minovich, texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Turin politexnika universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi kontreyler tashishlar asosida temir yo‘l transport oqimlarini tashkil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kontreyler tashishlarda turli platformalarga yarim tirkamalarni mahkamlashning matematik modeli harakat davomida yukning siljish holatlarini baholash asosida temir yo‘l tarhi va profilini inobatga olib takomillashtirilgan;
temir yo‘l platformasiga yuklanayotgan avtotransport vositalarini mahkamlovchi tortqichlarga ta’sir etuvchi kuchlarni matematik modellashtirish orqali ularning geometrik parametrlari optimal qiymatlari ilmiy asoslangan;
temir yo‘l tizimida yuk aylanmasini hisobga olgan holda, maxsus yuklarni kontreylerlarda tashishda intermodal terminallarda poezdlar tarkibini tuzish uchun transport oqimi modeli yaratilgan;
poezd tarkibini yig‘ish yo‘nalishlarini tanlash texnologiyasi temir yo‘l transportida avtotransport vositalarini tashishga bog‘liq bo‘lgan omillarni inobatga olib ularning ta’sir darajalarini belgilash asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kontreyler tashishlar asosida temir yo‘l transport oqimlarini tashkil qilish bo‘yicha olingan ilmiy echimlar asosida:
temir yo‘l platformasiga yuklanayotgan avtotransport vositalarini mahkamlovchi tortqichlarga ta’sir etuvchi kuchlarni aniqlash metodikasi “O’zbekiston temir yo’llari” AJning “Toshkent Mintaqaviy temir yo‘l uzeli” unitar korxonasi va “O‘ztemiryo‘lkonteyner” aksiyadorlik jamiyatiga joriy etilgan (O’zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2023-yil 29-maydagi 2/3489-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yuklarning turiga ko‘ra mahkamlovchi tortqichlarning soni va geometrik o‘lchamlarini aniqlash imkoniyati yaratilgan;
temir yo‘l tizimida yuk aylanmasini hisobga olgan holda, maxsus yuklarni kontreylerlarda tashishda intermodal terminallarda poezdlar tarkibini tuzish bo‘yicha ishlab chiqilgan texnologiya “O’zbekiston temir yo’llari” AJning “Toshkent Mintaqaviy temir yo‘l uzeli” unitar korxonasi va “O‘ztemiryo‘lkonteyner” aksiyadorlik jamiyatiga joriy etilgan (O’zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2023-yil 29-maydagi 2/3489-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qayta ortish terminallarida bajariladigan texnologik amallarga sarflanadigan vaqtlarni kamaytirishga erishilgan hamda kontreyler poezdlar bilan tashishni tashkil qilish orqali yuklarni etkazib berishdagi qayta ishlash sarflari qisqartirilgan, temir yo‘l platformasida yuklangan avtotransport vositalarini harakat xavfsizligi talablari asosida tashish va zararli elementlarning tashqi muhitga chiqishini 90 % ga kamaytirish imkoni yaratilgan.