Abdullaev Zafarbek Safibullaevichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Turistik faoliyat sub’ektlarini soliqqa tortishning zamonaviy tizimi va mexanizmlarini rivojlantirish», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit» (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Iqt1424.
Ilmiy rahbar: Ataniyazov Jasurbek Xamidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Abdug‘affor Safarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; To‘raev Shavkat Shuhratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: iqtisodiyotda turistik faoliyat sub’ektlarini soliqqa tortishning zamonaviy tizimi va mexanizmlarini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
turizm sohasi sub’ektlarining soliq yuklamasini kamaytirish maqsadida aylanmadan olinadigan soliq miqdori, ijtimoiy soliq, yuridik shaxslarning mol-mulk va er solig‘i bo‘yicha minimal 1 foiz soliq stavkasi belgilash taklif etilgan;
turoperator xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlariga ular tomonidan
5 nafardan ortiq norezidentlarga xizmatlar ko‘rsatishni nazarda tutuvchi turpaketlar bo‘yicha hisobvaraq-fakturada ko‘rsatilgan qo‘shilgan qiymat solig‘ining 20 foiz miqdoridagi mablag‘larni (Tax Free) respublika byudjetidan subsidiya sifatida qaytarish taklif etilgan;
mahalliy turoperatorlar, mehmonxonalar va yo‘lovchilarni tashish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’ektlariga turistlarga xizmat ko‘rsatishda foydalaniladigan transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblanmagan holda olib kirish taklif etilgan;
turistik faoliyat sub’ektlari bo‘lgan umumiy ovqatlanish va turizm sohalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni qo‘shimcha ravishda qo‘llab-quvvatlash maqsadida umumiy ovqatlanish korxonalarini er solig‘i va mol-mulk solig‘i to‘lashdan ozod etish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turistik faoliyat sub’ektlarini soliqqa tortishning zamonaviy tizimi va mexanizmlarini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
turizm sohasi sub’ektlarining soliq yuklamasini kamaytirish maqsadida aylanmadan olinadigan soliq miqdori, ijtimoiy soliq, yuridik shaxslarning mol-mulk va er soliqlari bo‘yicha minimal 1 foiz soliq stavkasi belgilash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 27 yanvardagi PQ-104-son «Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarorida tasdiqlanib amaliyotga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi soliq qo‘mitasining 2023 yil 03 avgustdagi 15-79459-son dalolatnomasi). Natijada turistik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi 14 090 ta korxonalarda aylanma soliq stavkasini 1 foiz etib belgilanishi hisobiga ular ixtiyorida 33 335 mln.so‘m mablag‘ qolishiga erishilgan.
turoperator xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlariga ular tomonidan
5 nafardan ortiq norezidentlarga xizmatlar ko‘rsatishni nazarda tutuvchi turpaketlar bo‘yicha hisobvaraq-fakturada ko‘rsatilgan qo‘shilgan qiymat solig‘ining 20 foiz miqdoridagi mablag‘larni (Tax Free) respublika byudjetidan subsidiya sifatida qaytarish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 26 apreldagi
PQ-135-son «Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarorida o‘z aksini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi soliq qo‘mitasining 2023 yil 03 avgustdagi 15-79459-son dalolatnomasi). Natijada chet ellik hamkorlarga taqdim etilgan hisobvaraq-fakturada ko‘rsatilgan qo‘shilgan qiymat solig‘ining 20 foiz miqdoridagi mablag‘lar respublika byudjetidan 16,1 mlrd. so‘m hajmida subsidiya sifatida qaytarilgan.
mahalliy turoperatorlar, mehmonxonalar va yo‘lovchilarni tashish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’ektlariga turistlarga xizmat ko‘rsatishda foydalaniladigan transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblanmagan holda olib kirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 26 apreldagi PQ-135-son «Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarorida o‘z aksini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi soliq qo‘mitasining 2023 yil
03 avgustdagi 15-79459-son dalolatnomasi). Mazkur taklif natijasida o‘z faoliyatida yo‘lovchilarni tashishda foydalaniladigan va haydovchi bilan birga o‘n va o‘ndan ortiq o‘rindiqqa ega bo‘lgan hamda ishlab chiqarilganiga 5 yildan ortiq bo‘lmagan transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga QQS hisoblanmagan holda olib kirish orqali jami 107,8 mlrd.so‘m hajmidagi mablag‘larni tadbirkorlik sub’ektlari ihtiyorida qoldirish imkoni yaratilgan.
turistik faoliyat sub’ektlari bo‘lgan umumiy ovqatlanish va turizm sohalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni qo‘shimcha ravishda qo‘llab-quvvatlash maqsadida umumiy ovqatlanish korxonalarini er solig‘i va mol-mulk solig‘i to‘lashdan ozod etish borasidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2021 yil 25 avgustdagi PF-5232-son «Umumiy ovqatlanish va turizm sohalarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonida o‘z aksini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi soliq qo‘mitasining 2023 yil 03 avgustdagi 15-79459-son dalolatnomasi).  Natijada 2021 yil 31 dekabrga qadar turistik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi 4832 nafar tadbirkorlik sub’ektlari umumiy ovqatlanish korxonalaridan olinadigan er solig‘i va mol-mulk solig‘ini to‘lashdan ozod qilingan. Shuningdek, mamlakatimizda turizm sohasi qo‘llab-quvvatlash, umumiy ovqatlanish hamda mehmonxona va joylashtirish vositalari sub’ektlarini sonini keyingi uch yil mobaynida COVID-19 pandemiyasi va inqiroz davridan oldingi ko‘rsatkichlarga etkazish yo‘nalishlari ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish