Mustafaev Doston Shuxratovichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sayyid Sharif Jurjoniyning Temuriylar davri Qur’on ilmlari rivojiga qo‘shgan hissasi”. 24.00.02 – Qur’onshunoslik. Hadisshunoslik (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tar836
Ilmiy rahbar: Islomov Zohid Mahmudovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01.
Rasmiy opponentlar: Muhammadsiddiqov Muhammadolim Muhammadroziq o‘g‘li siyosiy fanlar doktori, tarix fanlari nomzodi, dotsent Lutfullaev Hamidillo Murodillaevich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Sayyid Sharif Jurjoniyning Temuriylar davri Qur’on ilmlari rivojiga qo‘shgan hissasini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
allomaning “at-Ta’rifot”da “tafsir” (تفسير) va “ta’vil” (تأويل) atamalariga bergan ta’riflari keyingi davrda yozilgan diniy istilohlarga oid “Kashshof istilohot al-funun va al-ulum”, “al-Kulliyot”, “at-Ta’rifot va al-istilohot” manbalarida “tafsir” rivoyatga, “ta’vil” esa Qur’on va sunnat doirasidagi ijtihodiy fikrga asoslanishi haqidagi qarashlar uchun asos bo‘lib xizmat qilgani dalillangan;
Jurjoniyning “Hoshiya at-Tajrid” nomli asari ifoda uslubining engilligi sababli asrlar davomida Usmoniylar davlati, Eron, Turkiston, Hindiston ta’lim muassasalarida darslik sifatida keng foydalanilib, hatto Usmoniylar davlatida mazkur asar o‘qitilgan dargohlarga “Hoshiyai Tajrid madrasalari” degan nom berilgani aniqlangan;
olimning Qur’on oyatlarini arab tili (اللغة العربية) va balog‘at (علم البلاغة) qoidalari orqali sharhlash uslubi o‘zidan keyingi tafsirlarga kuchli ta’sir o‘tkazgani Temuriylar davri olimlaridan Abdurahmon Jomiy, Ali Qushchi asarlarida so‘zlarning grammatik vazifalarini aniqlash, ularning lug‘aviy hamda balog‘iy ma’nolarini yoritish bilan bog‘liq uslubda namoyon bo‘lgani ochib berilgan;
Sayyid Sharif Jurjoniy “Tarjumon al-Qur’on” asarida Qur’onda kelgan so‘zlar (مفردات القرأن) ma’nolarini sodda ifodalar bilan talqin etish orqali Qur’on ma’nolarining oddiy xalq zehniga oson singishini ta’minlagani ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Sayyid Sharif Jurjoniyning Temuriylar davri Qur’on ilmlariga qo‘shgan hissasi bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
allomaning “at-Ta’rifot”da “tafsir” (تفسير) va “ta’vil” (تأويل) atamalariga bergan ta’riflari keyingi davrda yozilgan diniy istilohlarga oid “Kashshof istilohot al-funun va al-ulum”, “al-Kulliyot”, “at-Ta’rifot va al-istilohot” manbalarida “tafsir” rivoyatga, “ta’vil” esa Qur’on va sunnat doirasidagi ijtihodiy fikrga asoslanishi haqidagi qarashlar uchun asos bo‘lib xizmat qilgani xususidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekistondagi islom sivilizatsiya markazida chop etilgan «Buyuk ajdodlarimiz» nomli kitobni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekistondagi islom sivilizatsiya markazining 2024-yil 18-martdagi 01-07/49-sonli dalolatnomasi). Natijada, «ta’vil» so‘zining mohiyati kengroq ochib berilib, mazkur tushunchani noto‘g‘ri talqin etuvchi toifalarga raddiya berishda asosli manba bo‘lib xizmat qilgan;
Jurjoniyning “Hoshiya at-Tajrid” nomli asari ifoda uslubining engilligi sababli asrlar davomida Usmoniylar davlati, Eron, Turkiston, Hindiston ta’lim tizimida darslik sifatida keng foydalanilib, hatto Usmoniylar davlatida mazkur asar o‘qitilgan madrasalarga “Hoshiyai Tajrid madrasalari” degan nom berilgani haqidagi xulosalar Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining buyurtmasi asosida tayyorlangan “Samarqandlik allomalar” nomli kitob mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2024-yil 4-martdagi 02/89-son ma’lumotnomasi). Natijada Sayyid Sharif Jurjoniyning o‘rta asrlar islom ilmlari rivojiga qo‘shgan hissasi ilmiy jamoatchilikka etib borishiga xizmat qilgan;
olimning Qur’on oyatlarini arab tili (اللغة العربية) va balog‘at (علم البلاغة) qoidalari orqali sharhlash uslubi o‘zidan keyingi tafsirlarga kuchli ta’sir o‘tkazgani Temuriylar davri olimlaridan Abdurahmon Jomiy, Ali Qushchi asarlarida so‘zlarning grammatik vazifalarini aniqlash, ularning lug‘aviy hamda balog‘iy ma’nolarini yoritish bilan bog‘liq uslubda namoyon bo‘lgani haqidagi ilmiy xulosalar Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning buyurtmasi asosida tayyorlangan “Islom ensiklopediyasi” kitobi mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining 2024-yil 28-fevraldagi 02-02/02/1/574-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Jurjoniyning Temuriylar davri tafsir sohasi rivojiga qo‘shgan hissasini asoslash imkonini bergan;
Sayyid Sharif Jurjoniy “Tarjumon al-Qur’on” asarida Qur’onda kelgan so‘zlar (مفردات القرأن) ma’nolarini sodda ifodalar bilan talqin etish orqali Qur’on ma’nolarining oddiy xalq zehniga oson singishini ta’minlagani xususidagi ilmiy xulosalar «O‘zbekiston tarixi» telekanalida efirga uzatiladigan «Buyuk yurt allomalari» ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 4-martdagi 02-31-320-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, olimning ilmiy faoliyati va ma’rifatparvarlik g‘oyalari keng xalq ommasiga etib borishiga xizmat qilgan.