Hasanov Ulug‘bek Abdusalom o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Vahba Zuhayliy “Tafsiru-l-munir” asarining  zamonaviy tafsirshunoslikdagi o‘rni”.    24.00.02 – Qur’onshunoslik. Hadisshunoslik (islomshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Isl47
Ilmiy rahbar: Abdullaev Abdurashid Ganijanovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01.
Rasmiy opponentlar: siyosiy fanlar doktori, professor Muxametshin Rafik Muxametshovich; tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim Alloqulov Abdulatif Abdullaevich.
Yetakchi tashkilot: Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Vahba Zuhayliy “Tafsiru-l-munir” asarining zamonaviy tafsirshunoslik taraqqiyotidagi o‘rnini ko‘rsatib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
muallif “Tafsiru-l-munir”da oyatlar tafsiridan so‘ng “voqelik fiqhi” (فقه الحياة) sarlavhasi ostida ularning inson va zamonaviy jamiyat hayotiga aloqadorligini ko‘rsatib bergani natijasida Qur’onni bugungi kun bilan bog‘lab tushunish imkoniyati oshgani asoslab berilgan;
Vahba Zuhayliy tafsiri tarkibiy tuzilishi qiyosiy tahlili natijasida mufassir mazmunan bir-biri bilan bog‘liq oyatlarni alohida sarlavha ostida sharhlab berishi orqali hozirgi kunda ularni konteksdan ajratib olgan holda tushunish va talqin etish borasida yangi uslubga asos solgani aniqlangan;
“Kimni zalolatga ketkazishni iroda qilsa, uning ko‘ksini xuddi osmonga ko‘tarilayotgandek, tor va tang qilib qo‘yadir...” oyati sharhida mufassir klassik tafsir manbalaridan farqli ravishda, inson yuqoriga ko‘tarilgani sari kislorod etishmasligi oqibatida “ko‘krak qafasidagi torayish, siqilish”ning kelib chiqishi deb ta’vil qilish orqali zamonlar osha Qur’onning yangi ma’nolari ochilib borishini asoslab bergani dalillangan;
mufassir boshqa din vakillari bilan yaxshi munosabat o‘rnatishga oid oyatlar izohida ko‘rsatilgan hukmlar nasx bo‘lmagani (amaldan qolmagani)ni ta’kidlab, oyatlarda turli din vakillarini taraqqiyot va rivojlanish yo‘lida hamkorlik qilishga chaqirilgani asosida Ilohiy kitobda bag‘rikenglik targ‘ib etilgani ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Vahba Zuhayliy “Tafsiru-l-munir asarining zamonaviy tafsirshunoslikdagi o‘rni va asarda kelgan oyatlarni tafsir etishning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijasida ishlab chiqilgan taklif va ilmiy-amaliy tavsiyalar asosida:
muallif “Tafsiru-l-munir”da oyatlar tafsiridan so‘ng “voqelik fiqhi” (فقه الحياة) sarlavhasi ostida ularning inson va zamonaviy jamiyat hayotiga aloqadorligini ko‘rsatib bergani natijasida Qur’onni bugungi kun bilan bog‘lab tushunish imkoniyati oshgani asoslab berilgani haqidagi ilmiy xulosa va tavsiyalardan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida diniy ta’lim muassasasi o‘qituvchilari hamda imom-xatiblar uchun tashkil etilgan malaka oshirish kurslari o‘quv rejalarini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2024-yil 28-fevraldagi 02-02/02/1/580-sonli ma’lumotnomasi). Natijada diniy ta’lim o‘qituvchilar va soha xodimlarining zamonaviy tafsirshunoslikda shakllanayotgan yangi yondashuvlar va tamoyillar to‘g‘risidagi bilimlari oshishiga erishilgan;

Vahba Zuhayliy tafsiri tarkibiy tuzilishi qiyosiy tahlili natijasida mufassir mazmunan bir-biri bilan bog‘liq oyatlarni alohida sarlavha ostida sharhlab berishi orqali hozirgi kunda ularni konteksdan ajratib olgan holda tushunish va talqin etish borasida yangi uslubga asos solgani aniqlanganiga oid ilmiy xulosalalardan Imom Termiziy xalqaro markazi tomonidan tayyorlangan “Sunani Termiziy sharhi” kitobining mazmuniga singdirilgan (Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2024-yil  28-martdagi 01-08/26-son ma’lumotnomasi). Natijada oyatlarning mazmunan qamrovini o‘rganish va ularni tushunishda shakllangan ma’lum tartib-qoidalar, mezonlar mavjudligi haqidagi ma’lumotlar ilmiy jamoatchilikka etib borishiga xizmat qilgan;
““Kimni zalolatga ketkazishni iroda qilsa, uning ko‘ksini xuddi osmonga ko‘tarilayotgandek, tor va tang qilib qo‘yadir...” oyati sharhida mufassir klassik tafsir manbalaridan farqli ravishda, inson yuqoriga ko‘tarilgani sari kislorod etishmasligi oqibatida “ko‘krak qafasidagi torayish, siqilish”ning kelib chiqishi deb ta’vil qilish orqali zamonlar osha Qur’onning yangi ma’nolari ochilib borishini asoslab bergani dalillanganiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Toshkent islom instituti talabalariga o‘qitiladigan “Tafsir”, “Qur’on qiroati va ilmlari” fanlarining o‘quv rejalariga “Zamonaviy tafsirshunoslik asoslari” modulini kiritish va ma’ruza matnlarini tayorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2024-yil 28-fevraldagi 02-03/527-sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalar hamda diniy soha xodimlari uchun tashkil etilgan darslar va o‘quv kurslari mazmunan boyitilishiga erishilgan;
mufassir boshqa din vakillari bilan yaxshi munosabat o‘rnatishga oid oyatlar izohida ko‘rsatilgan hukmlar nasx bo‘lmagani (amaldan qolmagani)ni ta’kidlab, oyatlarda turli din vakillarini taraqqiyot va rivojlanish yo‘lida hamkorlik qilishga chaqirilgani asosida Ilohiy kitobda bag‘rikenglik targ‘ib etilgani ochib berilganiga oid ilmiy xulosalardan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan tayyorlangan “Sahihul Buxoriy sharhi” (1-jild) nomli kitob mazmuniga singdirilgan (Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2024-yil 19-fevraldagi 02/63 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, shariatning asosiy manbalaridagi amalda bo‘lgan shar’iy masalalarni to‘g‘ri tushunish va talqin etish, bu boradagi ayrim tushunchalar mazmuni to‘g‘risida aholida bilimlar oshishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish