Bobonazarov Davronbek To‘ranazar o‘g‘lining
bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jamoliddin Zaylaiyning “Nasbu-r-roya” asari hanafiy mazhabiga oid hadis manbasi”. 24.00.02 – Qur’onshunoslik. Hadisshunoslik (islomshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Isl46
Ilmiy rahbar: Muratov Doniyor Maxamatvalievich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01.
Rasmiy opponentlar: Muxamedov Ne'matullo Asatullaevich tarix fanlari doktori, dotsent; Tajiev Aziz Shavkatovich tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Jamoliddin Zaylaiyning “Nasbu-r-roya” asari hanafiy mazhabi dalillariga oid hadis manbasi ekanini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Jamoliddin Zaylaiy “Nasbu-r-roya”da muhaddislar tomonidan zaif deya baholangan “al-Hidoya”ning ba’zi rivoyatlarini boshqa ishonchli hadislar bilan mustahkamlab, hadis ilmidagi “bir birini quvvatlovchi” (يقوي بعضها البعض) uslubini qo‘llash orqali hanafiy mazhabi kitoblaridagi hadislarning ishonchli yo‘llarini ko‘rsatib bergani isbotlangan;
Zaylaiy “al-Hidoya”da rivoyat qilinmagan, lekin mavzuga bog‘liq 7055 ta hadis va osor keltirib, ularning ishonchliligi va manbalardagi o‘rinlarini bayon qilib bergani bois bir mavzuga doir hadislarni “Nasbu-r-roya” asarida topish imkoni mavjudligi isbotlangan;
Zaylaiy “al-Hidoya”da kelgan hadislarning ishonchlilik darajasini bayon qilish uchun “g‘arib” (غريب), “g‘arib jiddan” (غريب جدا), “g‘arib bi haza-l-lafz” (غريب بهذا اللفظ), “g‘arib marfu’” (غريب مرفوعا) kabi boshqa taxrij manbalarda uchramaydigan istilohlardan foydalanib, taxrij ilmiga yangi uslub olib kirgani ochib berilgan;
Zaylaiy hadis ilmi (علم الحديث)ga doir masalalarda o‘zidan oldingi taxrij olimlarida uchramagan “hadisning barcha rivoyat yo‘llarini keltirish”, “osorlarni keltirish”, “roviylarga doir ma’lumotlarni keltirish”, “turli fan manbalariga murojaat qilish”, “muxoliflarni tanqid qilmaslik” metodlarini “Nasbu-r-roya”da qo‘llab, umumlashtirish uslubidan foydalangani dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Jamoliddin Zaylaiyning “Nasbu-r-roya” asari hanafiy mazhabiga oid hadis manba ekanligi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
Jamoliddin Zaylaiy “Nasbu-r-roya”da muhaddislar tomonidan zaif deya baholangan “al-Hidoya” rivoyatlarini boshqa ishonchli hadislar bilan mustahkamlab, ularning “bir birini quvvatlovchi” (يقوي بعضها البعض) ekani sababidan “maqbul” hadisga aylanishini asoslash orqali hanafiy mazhabi dalillari hatto muhaddislar yo‘li bilan ham ishonchli ekanini ko‘rsatgani haqidagi ilmiy xulosalar Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning buyurtmasi asosida tayyorlangan “Islom ensiklopediyasi” kitobi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2024-yil 28-fevraldagi 02-02/02/1/573-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, muhaddisning taxrij ilmi nazariyasi shakllanishidagi o‘rni va xizmatlari haqidagi ma’lumotlar ilmiy jamoatchilikka etib borishiga xizmat qilgan;
Zaylaiy “al-Hidoya”da rivoyat qilinmagan, lekin uning boblariga bog‘liq hadislarni “shu bobning hadislari” (أحاديث الباب) nomi ostida keltirgani hamda ularning ishonchliligi va manbalardagi o‘rinlarini bayon qilib bergani bois keyingi davr faqihlari uchun fiqhiy mavzular doirasidagi tadqiqotlar uchun asosiy manbalar qatoriga kirgani haqidagi xulosalardan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining buyurtmasi asosida tayyorlangan “O‘rta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi” nomli kitob mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2024-yil 12-fevraldagi 02/50-son ma’lumotnomasi). Natijada, olimning hadis ilmi nazariyalari shakllanishidagi o‘rni va xizmatlari haqidagi ma’lumotlar ilmiy jamoatchilikka etib borishiga xizmat qilgan;
Zaylaiy “al-Hidoya”da kelgan hadislarning ishonchlilik darajasini bayon qilish uchun “g‘arib” (غريب), “g‘arib jiddan” (غريب جدا), “g‘arib bi haza-l-lafz” (غريب بهذا اللفظ), “g‘arib marfu’” (غريب مرفوعا) kabi boshqa taxrij manbalarda uchramaydigan istilohlardan foydalanib, taxrij ilmiga yangi uslub olib kirgani haqidagi ilmiy xulosalar Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutining “Hanafiy faqihlar nazdida hadis ilmi qoidalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2024-yil 13-fevraldagi 02-10/31-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning Jamoliddin Zaylaiy “Nasbu-r-roya” asari fiqhiy ixtilofli hukmlarning dalillarini tarjih qilishda faqih va muhaddislar uchun muhim bir hadis manbasi bo‘lib xizmat qilishi to‘g‘risidagi bilimlari boyishiga xizmat qilgan;
Zaylaiy hadis ilmi (علم الحديث)ga doir masalalarda o‘zidan oldingi taxrij olimlarida uchramagan “hadisning barcha rivoyat yo‘llarini keltirish”, “osorlarni keltirish”, “roviylarga doir ma’lumotlarni keltirish”, “turli fan manbalariga murojaat qilish”, “muxoliflarni tanqid qilmaslik” metodlarini “Nasbu-r-roya”da qo‘llab, umumlashtirish uslubidan foydalangani haqidagi ilmiy xulosalar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida tayyorlangan “Hadisshunoslik” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2024-yil 28-fevraldagi 02-02/02/1/573-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda “Nasbu-r-roya” asari hanafiy mazhabi olimlari bilan birgalikda, qolgan mazhab olimlari ham murojaat qiluvchi muhim hadis manbasi ekani to‘g‘risidagi tasavvur va ko‘nikmalarni shakllantirgan.