Erkaev Ma’murjon Raxmonberdievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Burhoniddin Mahmud Buxoriyning “Muhitul-Burhoniy” asarida ijara shartnomalari”. 24.00.03 – Fiqh, kalom ilmi. Ilohiyot (islomshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Isl.50
Ilmiy rahbar: Bekmirzaev Ilhomjon Isroiljonovich, tarix fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01.
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlari doktori, professor Rajabova Mavjuda Abdullaevna; tarix fanlari nomzodi, dotsent Ishandjanov Baxtiyor Ilhomovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “Muhitul Burhoniy” asarida ijara shartnomalari tuzishga oid fatvolarning o‘ziga xos jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Mahmud Buxoriy “Muhitul Burhoniy” asarining “Buxoroda ommalashgan uzoq muddatli ijara shartnomasi” (الإجَارَةُ الطَّوِيلَةُ المَرْسُومَةُ بِبُخَارَى) bobida o‘rta asrlarda Buxoro aholisining odatiga aylangan uzoq muddatli ijara shartnomasining shar’iy asoslarini ko‘rsatib bergani sababli, uning ilk bor Movarounnahr va hanafiy mazhabi keng tarqalgan o‘lkalarda amaliyotga joriy etilgani dalillangan;
olim “Ta’qiqlangan amallar xususidagi ijara” (الاسْتِئْجِارُ عَلَى المَعَاصِي) nomli alohida bobda “ijara shartnomalari tomonlardan biri yoki har ikkisining jazolanishiga sabab bo‘lmasligi” qoidasini shar’iy jihatdan asoslab berish orqali jamiyatda uyushgan jinoyatchilikning oldini olishga doir mahalliy tizim shakllantirgani aniqlangan;
“Muhitul Burhoniy” kitobida keltirilgan “Muammolarni davlat rahbariga etkazish uchun ijara haqi evaziga odam yollash” (الاسْتِئْجِارُ لِيَرْفَعَ الأمْرَ إلَي السُّلْطَانِ) bobining qiyosiy tahlili natijasida o‘z-o‘zini boshqarish uslublariga asoslangan zamonaviy jamiyatda aholining muammolarini yuqori instansiya doirasida adolatli hal qilish amaliyoti Buxoroda o‘rta asrlardayoq shakllangani ochib berilgan;
alloma asarda mulk daxlsizligi, shaxs manfaatini o‘z ichiga oluvchi egalik huquqi bilan tugatiladigan ijara shartnomalarining fiqhiy asoslarini shakllantirish orqali hadya yoki o‘zaro va’dalashuv ko‘rinishida ikkinchi tomonga mulk qilib berish, nasiya savdodan farqli o‘laroq, har ikki tomonning manfaatlariga xizmat qilishini isbotlab bergani dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Burhoniddin Mahmud Buxoriyning “Muhitul Burhoniy” asarida ijara shartnomalari bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
Mahmud Buxoriy “Muhitul Burhoniy” asarining “Buxoroda ommalashgan uzoq muddatli ijara shartnomasi” (الإجَارَةُ الطَّوِيلَةُ المَرْسُومَةُ بِبُخَارَى) bobida o‘rta asrlarda Buxoro aholisining odatiga aylangan uzoq muddatli ijara shartnomasining shar’iy asoslarini ko‘rsatib bergani sababli uning ilk bor Movarounnahr va hanafiy mazhabi keng tarqalgan o‘lkalarda amaliyotga joriy etilgani dalillanganligi to‘g‘risidagi ilmiy xulosalar buyurtma asosida tayyorlangan “O‘rta asrlarda yashagan mashhur samarqandlik allomalar” va “O‘rta asr sharq allomalari ensiklopediyasi” kitoblar mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2023-yil 1-noyabrdagi 02/504-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur ijara turining o‘ziga xos jihatlari haqidagi ma’lumotlar ilmiy jamoatchilikka etib borishiga xizmat qilgan.
Mahmud Buxoriy “Ta’qiqlangan amallar xususidagi ijara” (الاسْتِئْجِارُ عَلَى المَعَاصِي) nomli alohida bobda “ijara shartnomalari tomonlardan biri yoki har ikkisining jazolanishiga sabab bo‘lmasligi” qoidasini shar’iy jihatdan asoslab berish orqali jamiyatda uyushgan jinoyatchilikning oldini olishga doir mahalliy tizim shakllantirgani aniqlanganligi xususidagi ilmiy xulosalar O‘zbekiston musulmonlari idorasining buyurtamasi asosida chop etilgan “Fatvolar to‘plami. 500 savolga 500 javob” kitobining (1-juzi) mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2023-yil 1-noyabrdagi 4764-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda shariatda ibodat, taqiqlangan va muboh ishlar bilan bog‘liq ijara shartnomalarining mohiyati to‘g‘risidagi bilimlari shaklanishiga xizmat qilgan;
“Muhitul Burhoniy” kitobida keltirilgan “Muammolarni davlat rahbariga etkazish uchun ijara haqi evaziga odam yollash” (الاسْتِئْجِارُ لِيَرْفَعَ الأمْرَ إلَي السُّلْطَانِ) bobining qiyosiy tahlili natijasida o‘z-o‘zini boshqarish uslublariga asoslangan zamonaviy jamiyatda aholining muammolarini yuqori instansiya doirasida adolatli hal qilish amaliyoti Buxoroda o‘rta asrlardayoq shakllangani ochib berilgani to‘g‘risidagi ilmiy xulosalar buyurtma asosida nashr etilgan “Islom huquqshunosligi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2023-yil 31-oktyabrdagi 02-02/1/387-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda aholining ijtimoiy muammolarini o‘rganish va uni yuqori instansiya doirasida adolatli hal qilish amaliyoti bugungi kunda mazkur masalada o‘rnatilgan tartibga mos ekani to‘g‘risidagi tushuncha shakllanishiga xizmat qilgan;
Alloma asarda mulk daxlsizligi, shaxs manfaatini o‘z ichiga oluvchi egalik huquqi bilan tugatiladigan ijara shartnomalarining fiqhiy asoslarini shakllantirish orqali hadya yoki o‘zaro va’dalashuv ko‘rinishida ikkinchi tomonga mulk qilib berish, nasiya savdodan farqli o‘laroq, har ikki tomonning manfaatlariga xizmat qilishini isbotlab bergani dalillangani to‘g‘risidagi ilmiy xulosalar buyurma asosida nashr etilgan “Zamonaviy fiqhiy masalalar va fatvo berish asoslari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazining 2024-yil 5-yanvardagi 08-17/08-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda egalik huquqi faqatgina savdo, hadya qilish bilan emas, balki ijara shartnomasi bilan ham amalga oshirishilishi mumkinligi to‘g‘risidagi tushunchalar shakllanishiga xizmat qilgan.