Qodirov Jasurbek Sharofitdinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Davlat-xususiy sherikchiligi asosida iqtisodiyot tarmoqlarining investisiyaviy salohiyatini oshirish istiqbollari (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ misolida)”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt935.
Ilmiy rahbar: Mustafakulov Sherzod Igamberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Xalqaro Nordik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Xalqaro Nordik universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/29.12.2022.I.157.01.
Rasmiy opponentlar: Karimqulov Jasur Imomboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Absalamov Akram Tolliboevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi davlat-xususiy sherikchiligi asosida iqtisodiyot tarmoqlarining investisiyaviy salohiyatini oshirish asosida sohani barqaror rivojlantirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
transport sohasida turli moliyalashtirish manbalari tarkibi uchun investisiya yukini samarali taqsimlash chegarasining “o‘z mablag‘lari 80<MK<84” “davlat byudjeti 16<MK<20” qiymatlari nazariy jihatdan asoslab berilgan;
investisiya loyihalarini moliyalashtirishda “byudjetdan tashqari sug‘urta badallari”ni qo‘llash orqali ijtimoiy, biznes hamda byudjet samaradorligini baholash mexanizmi takomillashtirilgan;
xususiy tadbirkorlikni davlat-xususiy sheriklik asosida davlat xaridlari elektron tizimida (E-AUKSION) ustuvorlik berish yo‘li bilan transport qurilishi loyihalarida ishtirok etishining “davlat – loyiha – tadbirkor” tamoyili orqali rag‘batlantirish mexanizmi takomillashtirilgan;
davlat-xususiy sherikligi asosida iqtisodiyot tarmoqlarining investision salohiyatini oshirishning 2027 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Davlat-xususiy sherikchiligi asosida iqtisodiyot tarmoqlarining investisiyaviy salohiyatini oshirish istiqbollari (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ misolida) bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
transport sohasida turli moliyalashtirish manbalari tarkibi uchun investisiya yukini samarali taqsimlash chegarasining nazariy jihatdan asoslab berilgan “o‘z mablag‘lari 80<MK<84” “davlat byudjeti 16<MK<20” qiymatlari O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2024 yil 29 yanvardagi 01/347-24-son ma’lumotnomasi). Natijada “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va uning tarkibidagi korxonalar negizida alohida yo‘nalishlar bo‘yicha bir necha aksionerlik jamiyatlari tarkib topishiga xizmat qilgan;
investisiya loyihalarini moliyalashtirishda “byudjetdan tashqari sug‘urtabadallari”ni qo‘llash orqali ijtimoiy, biznes hamda byudjet samaradorliginibaholash mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha bergan taklifi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2024 yil 1 apreldagi 01/1235-24-son ma’lumotnomasi). Mazkurtaklifning qo‘llanilish natijasida transport infratuzilmasini rivojlantirish loyihalariishtirokchilari – transport infratuzilmasi obektlarini loyihalash, qurish varekonstruksiya qilish maqsadida zarur xizmatlar va resurslarni etkazibberuvchilar tomonidan turli darajadagi byudjetlarga va byudjetdan tashqarijamg‘armalarga ajratiladigan soliq va sug‘urta to‘lovlari oshgan;
xususiy tadbirkorlikni davlat-xususiy sheriklik asosida davlat xaridlari elektron tizimida (E-AUKSION) ustuvorlik berish yo‘li bilan transport qurilishi loyihalarida ishtirok etishining “davlat – loyiha – tadbirkor” tamoyili orqali rag‘batlantirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha bergan taklifi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilishi uchun qabul qilingan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2024 yil 29 yanvardagi 01/347-24-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida respublikaning transport sohasida xususiy tadbirkorlikning umumiy hajmining oshishi orqali sohaga investisiyalarni monitoring qilish jarayonini takomillashtirishga xizmat qilgan;
davlat-xususiy sherikligi asosida iqtisodiyot tarmoqlarining investision salohiyatini oshirishning 2027 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi tomonidan 2023 yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2024-yildagi rejalar to‘g‘risida hisobot loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2024 yil 1 apreldagi 01/1235-24-son ma’lumotnomasi). Bu modellardan foydalanish natijasida O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligining investision salohiyati qiymatining o‘sish sur’ati prognozidagi aniqlik darajasini oshirishga xizmat qilgan.