Urmanova Umida Xakimdjanovnaning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Boshqaruv hisobi tizimida byudjetlashtirishning tashkiliy-uslubiy ta’minotini takomillashtirish», 08.00.08 – «Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit» (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1PhD/Iqt1243.
Ilmiy rahbar: Dusmuratov Radjapbay Davlatbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01. Rasmiy opponentlar: Karimov Akrom Abbosovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdusalomova Nodira Baxodirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: boshqaruv hisobi tizimida byudjetlashtirishning tashkiliy-uslubiy ta’minotini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
CVP (Cost Value Profit)-«xarajatlar-mahsulot ishlab chiqarish-natija» va marjinalizm tamoyillarini kiritish asosida fermer xo‘jaliklarini byudjetlashtirish tizimi takomillashtirilgan;
yirik ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarida daromadlar va xarajatlarni samarali boshqarish uchun «sotish byudjeti»ni tuzishning «kalkulyatsiya» usuli va «sof tushumdan foiz» usuli bo‘yicha xarajatlar byudjetini tuzish taklif etilgan;
ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarining moliya-xo‘jalik faoliyatini kompleks byudjetlashtirish uchun «Daromad va xarajatlar byudjeti (DXB)», «Pul oqimlari byudjeti (POB)» va «Prognoz balansi (PB)»ning namunaviy shakllari ishlab chiqilgan;
fermer xo‘jaliklarida byudjetlashtirish tizimini tashkil etishning tashkiliy-uslubiy tayyorgarlik, asosiy operatsion byudjetlarni tuzish, xo‘jalik muomalalarini hisobga olish, moliyaviy byudjetlar va hisobotlarni shakllantirish, byudjetlashtirish jarayonini tartibga soluvchi hujjatlarni ishlab chiqish bosqichlari taklif etilgan va ilmiy asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fermer xo‘jaliklarida byudjetlashtirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar:
CVP (Cost Value Profit)-«xarajatlar-mahsulot ishlab chiqarish-natija» va marjinalizm tamoyillarini kiritish asosida fermer xo‘jaliklarini byudjetlashtirish tizimi hamda uni amalga oshirish tartibi bo‘yicha taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi PF-5853-sonli Farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan («O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari Kengashi»ning 2023 yil 10 avgustidagi № 01/03-1520-son ma’lumotnomasi, Toshkent viloyati Oqqurg‘on tumani «BAXROM» fermer xo‘jaligining 2023 yil 28 iyuldagi № 7-son ma’lumotnomasi). Natijada, fermer xo‘jaliklarida boshqaruv qarorlarini qabul qilishning axborot ta’minotini yaxshilash va kelgusi davr uchun biznes rejani ishlab chiqishga ketadigan vaqt sarfi 2,0 foizga qisqarishiga erishildi;
yirik ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarida daromadlar va xarajatlarni samarali boshqarish uchun «sotish byudjeti»ni tuzishning «kalkulyatsiya» usuli va «sof tushumdan foiz» usuli bo‘yicha xarajatlar byudjetini tuzish taklifi O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari Kengashi tizimidagi fermer xo‘jaliklarining «Hisob siyosati»ni ishlab chiqishda qo‘llanilgan («O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari Kengashi»ning 2023 yil 10 avgustidagi № 01/03-1520-son ma’lumotnomasi, Toshkent viloyati Oqqurg‘on tumani «BAXROM» fermer xo‘jaligining 2023 yil 28 iyulidagi № 7-son ma’lumotnomasi). Natijada, fermer xo‘jaliklarida biznes-rejaning daromadlar va xarajatlar qismi hamda xarajatlar byudjetini hisob-kitob qilish uchun ketgan xarajatlar 5,2 %ga kamaygan;
ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarining moliya-xo‘jalik faoliyatini kompleks byudjetlashtirish uchun «Daromad va xarajatlar byudjeti (DXB)», «Pul oqimlari byudjeti (POB)» va «Prognoz balansi (PB)»ning namunaviy shakllaridan O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari Kengashi tizimidagi fermer xo‘jaliklarining «Biznes reja»sini ishlab chiqishda qo‘llanilgan («O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari Kengashi»ning 2023 yil 10 avgustidagi № 01/03-1520 - son ma’lumotnomasi, Toshkent viloyati Oqqurg‘on tumani «BAXROM» fermer xo‘jaligining 2023 yil 28 iyulidagi № 7-son ma’lumotnomasi). Natijada fermer xo‘jaliklarida biznes-rejaning moliyaviy rejalashtirish shakllarini to‘g‘ri tuzish hamda sarflanadigan resurslarni 3,5-4,0 % ga tejash imkoniyati yaratildi;
fermer xo‘jaliklarida byudjetlashtirish tizimini tashkil etishning tashkiliy-uslubiy tayyorgarlik, asosiy operatsion byudjetlarni tuzish, xo‘jalik muomalalarini hisobga olish, moliyaviy byudjetlar va hisobotlarni shakllantirish, byudjetlashtirish jarayonini tartibga soluvchi hujjatlarni ishlab chiqish bosqichlari bo‘yicha taklifi «O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari Kengashi» tomonidan amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari Kengashi»ning 2023 yil 10 avgustidagi № 01/03-1520-son ma’lumotnomasi, Toshkent viloyati Oqqurg‘on tumani «BAXROM» f-x 2023 yil 28 iyulidagi № 7-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif turli tarmoqda faoliyat ko‘rsatayotgan fermer xo‘jaliklarida moliyaviy byudjetlashtirish tizimini shakllantirish bosqichlarini ishlab chiqishni asoslash hamda tegishli model bo‘yicha byudjetlashtirish imkoniyatini yaratdi. Shuningdek, dissertant tomonidan ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligining № DGU 26510 – sonli mualliflik guvohnomasi bilan tasdiqlangan «Fermer xo‘jaliklari uchun byudjetlashtirish tizimi» nomli elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturi ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarida byudjetlashtirish jarayonlariga raqamli texnologiyalarni tatbiq etishga yordam berdi. Ushbu dasturni qo‘llash natijasida fermer xo‘jaliklaridaida byudjetlarni ishlab chiqish vaqti o‘rtacha 1,5-2,0 baravar va mehnat sarfi 2,5-3,0 baravargacha qisqardi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish