Maxmudov Avzal Mamadjanovichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston sug‘urta  bozorida assistans xizmatlarini ko‘rsatish istiqbollari», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit» (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1/PhD.Iqt3763.
Ilmiy rahbar: Azimov Rustam Sadikovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abduraxmonov Ilyos Xurshidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston sug‘urta bozorida assistans xizmatlarini ko‘rsatishni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
sug‘urtada firibgarlikning oldini olish maqsadida avtosug‘urta bo‘yicha da’vo ishlarini ko‘rib chiqishda sug‘urta ob’ektini assistans kompaniyasi tomonidan qayta baholash orqali sug‘urtalovchilar pul mablag‘larini o‘rtacha 15 foizgacaha tejash mumkinligi asoslangan;
assistans tashkilotlari tomonidan sug‘urtalovchilarga ko‘rsatiladigan assistans xizmatlari tarkibi ixtiyoriy tibbiy sug‘urta bo‘yicha telemedisina xizmatini kiritish orqali aniqlashtirilgan;
sug‘urta qildiruvchilarning manfaatlarini inobatga olgan holda sug‘urta to‘lovlarini keyinchalik sug‘urtalovchilar tomonidan to‘liq qoplash hisobiga assistans kompaniyasi tomonidan amalga oshirish taklifi ishlab chiqilgan;
assistans va sug‘urta kompaniyalari ekotizimlarini integratsiya qilish asosida assistans xizmatlari ko‘rsatish muddatini 30 foizga qisqartirish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bank kapitalini iqtisodiy baholashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sug‘urtada firibgarlikning oldini olish maqsadida avtosug‘urta bo‘yicha da’vo ishlarini ko‘rib chiqishda sug‘urta ob’ektini assistans kompaniyasi tomonidan qayta baholash orqali sug‘urtalovchilar pul  mablag‘larini o‘rtacha 15 foizgacaha tejash mumkinligi taklifi “Kafolat sug‘urta  kompaniyasi” AJ tomonidan joriy etish uchun qabul qilindi (“Kafolat sug‘urta  konpaniyasi” AJning 2023-yil 20-noyabrdagi
01-01/6967-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mijozlarga assistans xizmat ko‘rsatish orqali kompaniya mijozlar soni hajmi 2023-yil 10-oy yakuniga ko‘ra qariyib
1,5 barobarga oshgan. Da’vo ishlarini ko‘rib chiqish va ortiqch to‘lovlarni oldini olish bo‘yicha bergan ko‘rsatmalari bilan 2023-yil 10-oy yakuni bilan
980,0 mln.so‘m ortiqcha to‘lovlar oldi olingan;
assistans tashkilotlari tomonidan sug‘urtalovchilarga ko‘rsatiladigan assistans xizmatlari tarkibini ixtiyoriy tibbiy sug‘urta bo‘yicha telemedisena xizmatini kiritish orqali aniqlashtirilganligi bo‘yicha taklifi “O‘zbekinvest Hayot sug‘urta  kompaniyasi" AJ faoliyatida joriy etilgan (“O‘zbekinvest Hayot sug‘urta  kompaniyasi” AJning 2023-yil 20-noyabrdagi 278-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mijozlarga assistans xizmat ko‘rsatish hajmi 1,2 baravar oshgan, shu bilan birga mijozlar ehtiyojini qondirish darajasi 67% dan 90-100% gacha ko‘tarilgan;
sug‘urta qildiruvchilarning manfaatlarini inobatga olgan holda sug‘urta to‘lovlarini keyinchalik sug‘urtalovchilar tomonidan to‘liq qoplash hisobiga assistans kompaniyasi tomonidan amalga oshirish taklifi “O‘zbekinvest” EISK AJ sug‘urta kompaniyasi tomonidan amaliyotga tatbiq etilgan (“O‘zbekinvest” EISK AJning 2023-yil 7-dekabrdagi 01/95-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, assistans xizmatlarini ko‘rsatish hajmi keskin oshgan va “O‘zbekinvest” EISK AJning assistans kompaniyasi bilan hamkorlikda faoliyat rentabelligi 25-35 darajaga oshgan;
assistans va sug‘urta kompaniyalari ekotizimlarini integratsiya qilish asosida assistans xizmatlari ko‘rsatish muddatini 30 foizga qisqartirish taklifi “O‘zbekinvest Hayot sug‘urta kompaniyasi" AJ faoliyatida joriy etilgan (“O‘zbekinvest Hayot sug‘urta kompaniyasi” AJning 2023-yil 20-noyabrdagi 278-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mijozlarga assistans xizmat ko‘rsatish hajmi 1,2 baravar oshgan, shu bilan birga mijozlar ehtiyojini qondirish darajasi 67% dan 90-100% gacha ko‘tarilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish