Saidov Muminxon Munir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «IX–XIII asr boshlarida Camarqand turar joylari va ularning Cug‘d qurilish madaniyatidagi o‘rni», 07.00.06–Arxeologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tar257.
Ilmiy rahbar: Anarbaev Abdulhamidjon, tarix fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Arxeologik tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Arxeologik tadqiqotlar instituti, DSC. 27.06.2017. Tar.45.01.
Rasmiy opponentlar: Kdiryaniyazov Muxammed Sharip, tarix fanlari doktori; Toshboev Furqat Eshboevich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik
II. Tadqiqotning maqsadi arxeologik materiallar asosidarivojlangan o‘rta asrlarga oid Samarqand turar joylari tarixini yoritish va ularning shahar madaniyatida tutgan o‘rnini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rivojlangan o‘rta asrlar Samarqand shahristonining ijtimoiy-iqtisodiy holatida o‘zgarishlar xususan, ilk o‘rta asrlardagi yirik er egalari va boy qatlam vakillarining uylari o‘rnida asosan o‘rta hol aholi vakillari turar joylari paydo bo‘lganligi aniqlangan;
Somoniylar va Qoraxoniylar davriga oid turar joylar bo‘yicha yangi arxeologik ma’lumotlar – arxeologik qazishmalardagi turar joylarning me’moriy echimi, qurilish qoldiqlari, hunarmandchilik ashyolari, xonalardagi uy jihozlari kabilarning ilmiy muomalaga kiritilishi asosida turar joy qurilishidagi an’anaviylik va yangicha uslublar aniqlangan;
rivojlangan o‘rta asrlar davri Samarqand tarixiy topografiyasining evolyusiyasi, turar joylarda ishlatilgan qurilish materiallari, turar joy tarxlari, ichki va tashqi ko‘rinishi va tuzilmalarining rivojlanishi va o‘ziga xos xususiyatlari aniqlangan;
mahallalar shaharning tarkibiy qismi sifatida shakllanganligi, mahallalarda turli xil etnik, diniy va ijtimoiy-iqtisodiy mavqe’ga ega aholi turar joylari yonma yon joylashganligi aniqlangan, natijada ushbu davrda ijtimoiy va diniy tolerantlik bo‘lganligi ilmiy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«IX–XIII asr boshlarida Samarqand turar joylari va ularning Sug‘d qurilish madaniyatidagi o‘rni» mavzusidagi falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi bo‘yicha qo‘lga kiritilgan ilmiy natijalar asosida:
IX–XIII asr boshlariga oid turar joylarning evolyusiyasi va ularning so‘nggi o‘rta asrlar turar joylar qurilishidagi ta’siri to‘g‘risidagi ma’lumotlar Tarix institutida bajarilgan “O‘zbeklar: etnik tarix, madaniyat va an’analar” (2014-2017 yy) amaliy mavzusidagi loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 23 maydagi 3/1255-1338-son ma’lumotnomasi). Ushbu ma’lumotlar o‘zbeklarning turar joylari bilan bog‘liq urf-odatlari, an’anaviy me’morchiligining ayrim nazariy muammolarining echimi sifatida xizmat qilgani;
Samarqand turar joylariga oid arxeologik materiallar Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasida “O‘zbekiston dunyo madaniyatlari chorrahasida” ekspozisiyasiga kiritilgan (Madaniyat vazirligining 2018 yil 2 maydagi 01-11-08-3044-son ma’lumotnomasi). Muzey eksponatlari orasidan joy olgan arxeologik materiallar va qazishma chizmalari o‘rta asrlar Samarqand shahri aholisining turar joylari, ichki inter’eri, turar joylarda qo‘llaniladigan jihozlar, aholining kundalik turmush tarzi bilan bog‘liq moddiy madaniyat namunalari haqida muzeyga tashrif buyuruvchilarga ma’lumotlar bergan;
Tadqiqot xulosalaridan Samarqand shahrida bunyod etiladigan “Maroqand” tematik bog‘ini loyihasi va konsepsiyasini shakllantirishda foydalanildi. (O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri “Master media production and broadcast” ma’suliyati cheklangan jamiyatining 2018 yil 31 maydagi ma’lumotnomasi). IX–XIII asr boshlaridagi Samarqand aholisining turar joylari, ularning turmush tarziga doir ma’lumotlar yaratilayotgan “Maroqand” tematik bog‘ida o‘rta asr Samarqand shahri aholisining moddiy madaniyati, tarixi bilan birgalikda o‘sha davrdagi qurilish madaniyati, bu borada qo‘lga kiritgan ilg‘or yutuqlarini nafaqat yurtimiz fuqarolari, balki xorijiy mehmonlarga ham namoyish etish va shu orqali o‘rta asrlar Samarqand shaharsozlik madaniyatining yuksak bo‘lganligini keng targ‘ib qilish imkoniyatini bergan.