Barotov Avazbek Hamzaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Janubi-G‘arbiy Qizilqum sinantrop qushlarining faunasi, ekologiyasi va ahamiyati», 03.00.06 - Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/B979.
Ilmiy rahbar: Xolboev Faxriddin Raxmonkulovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.20.04.
Rasmiy opponentlar: Ametov Yakub Idrisovich, biologiya fanlari doktori, professor; Yorqulov Javlon Mahmudovich, biologiya fanlari falsafa doktori, kichik ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Janubi-Gʻarbiy Qizilqumda tarqalgan sinantrop qushlarning turlarini aniqlash, ekologiyasini asoslash, tarqalishi, soni, ahamiyati, biozararlanishdagi ishtirokini ochib berish va ularning hatti-harakatini boshqarish chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Janubi-G‘arbiy Qizilqumning urbolandshaftlarida sinantrop qushlarning 11 turdan iborat ekanligi aniqlangan;
ekologik xususiyatlariga ko‘ra sinantrop qush turlarining obligat va fakultativ guruhlari ochib berilgan;
sinantrop qush turlarining urbolandshaftlar bo‘yicha tarqalishi, soni, mavsumiy dinamikasi va ahamiyati aniqlangan;
sinantrop qush turlarining hatti-harakatlarini boshqarish orqali ularning biozararlanishlardagi ishtirokini kamaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Janubi-G‘arbiy Qizilqum sinantrop qushlarining faunasi, ekologiyasi va ahamiyati yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
Janubi-G‘arbiy Qizilqum sharoitida tarqalgan sinantrop qush turlarining biologiyasi, ekologik xususiyatlari, urbolandshaftlar bo‘yicha tarqalishi, soni va mavsumiy dinamikasi, sinantropizatsiyalanish darajalari hamda ularning ahamiyati o‘rganilib, turli biozararlanishlardagi ishtirokini kamaytirish maqsadida ularning hatti-harakatini ekologik usulda va bioakustik repellentlar orqali boshqarish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Buxoro viloyati “G‘aybullo Qurbon Bexruz” chorvachilik xo‘jaligi va Buxoro shahri “Eco Market Food” parrandachilik xo‘jaliklari amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi Va’zirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 07 fevraldagi 02/23-282-son ma’lumotnomasi). Natijada, sinantrop qushlarning populyasiyasini boshqarish va ular tomonidan keltiriladigan biozararlanishlarning oldini olish imkonini bergan.
Janubi-G‘arbiy Qizilqum hududida tarqalgan sinantrop qushlardan ko‘k kaptar (Columba livia), mayna (Acridotheres tristis), go‘ng qarg‘a (Corvus frugilegus) kabi turlarining 10 nushalari respublikada yetakchi sanalgan “Zoologiya kolleksiyasi” noyob ob’ekti fondiga topshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2024 yil 22 fevraldagi 4/1255-425-son ma’lumotnomasi). Natijada, kolleksiyaning ornitologik fondini boyitgan va sinantrop qush turlarining urbolandshaftlar bo‘yicha tarqalish xususiyatlarini aniqlash hamda elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish imkonini bergan.