Muxtorov Dilmurod Nu’monjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Gelioquritgichlar uchun plyonkasimon keramik kompozitni qo‘llash”, 05.05.06 – “Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari” ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3958.
Ilmiy rahbar: Rahimov Rustam Xakimovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Farg‘ona politexnika instituti”.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona politexnika instituti, PhD.03/27.02.2020.T.106.02.
Rasmiy opponentlar: Avezova Nilufar Rabbanakulovna, texnika fanlari doktori, professor; Samiev Kamoliddin A’zamovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
 II. Tadqiqotning maqsadi: Polietilen keramika kompoziti asosidagi quyoshiy quritgichlarini ishlab chiqish va ularda meva-sabzavot mahsulotlarini quritish imkoniyatlarini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor, polietilen keramika kompoziti asosidagi quyoshiy quritgichlarida mahsulotning boshlang‘ich va qoldiq massasiga bog‘liq holda quritish dinamikasini aniqlash imkonini beruvchi matematik ifoda olingan;
issiqlik tarqalishi, tezlik va bosim o‘zgarishini hisobga olgan holda trapesiya shaklidagi quyosh havoqizdirgich kollektorlari uchun kengligi 500÷1500 mm, balandligi 500÷1000 mm qiymatlarida 0.25 m3 hajmli quritish kamerasi bilan mujassamlashgan quyoshiy quritigichining maqbul geometrik o‘lchamlari aniqlangan;
samarali quritish tezligiga erishish va yuqori sifatli quritilgan meva sabzavotlarni olish imkonini beruvchi polietilen keramika kompoziti asosida kesik piramida shaklidagi hamda trapesiyasimon quyosh havoqizdirgich kollektorlari bilan mujassamlashgan quyoshiy quritigich qurilmasi ishlab chiqilgan;
ilk bor, polietilen keramik kompozitli quyoshiy quritgichlarida tashqi havo harorati 23-34,4 °C, nisbiy namligi 14-45 % hamda quyosh radiatsiyasi zichligi 220-835 W/m2 bo‘lgan oralig‘larida vaqtga nisbatan mahsulot massasining o‘zgarish dinamikasi aniqlangan.  
IV. Tadqiqot natijalarinig joriy qilinishi:
Gelioquritgichlar uchun polietilen keramik kompozitni qo‘llash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ishlab chiqilgan tabiiy shamollatishga ega funksional keramika asosidagi kompozit plyonkadan foydalanilgan quyoshli quritish qurilmasi (FAP 02342) Farg‘ona viloyati Rishton tumanida joylashgan “Rishton Agro Expo” MChJda sabzavotlarni quritish linyasiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2023-yil 27-iyul 02-13-4479-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, quritish tizimida foydalanilayotgan ta’biy gaz sarfini 216 m3 va 198 kW·soat elektr energiyasi sarfini tejash imkonini bergan;
polietilen keramika kompoziti “Foton” AJ ning bo‘yash sexiga qo‘shimcha quritish vositasi sifatida joriy qilingan (“O‘zeltexsanoat” uyushmasining 2023 yil 16-iyundagi 04-3/751-sonli ma’lumotnoma). Natijada, maxsulotlarni quritish vaqtini an’anaviy quritish vaqtiga nisbatan 63% qisqartirish imkonini bergan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish