Marupova Gulmira Raufovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisosliklar shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mahalliy xomashyo chiqindilaridan silikat g‘ishtlarning qurilish qorishmasi bilan ilishish mustahkamligini oshiradigan mikroqo‘shimcha tayyorlash uslubini takomillashtirish” hamda 05.09.05 – Qurilish materiallari va buyumlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/T2331.
Ilmiy rahbar: Raximov Raxim Atajonovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat arxitektura qurilish universiteti.
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti. DSc.26/30.12.2019.T.11.01.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Bahodirov Azizbek Abdulazizovich; texnika fanlari nomzodi, professor Sattorov Zafar Muradovich.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mahalliy xom-ashyo chiqindilaridan devorbop silikat g‘ishtlarni qurilish qorishmasi bilan ilishish mustahkamligini oshiradigan mikroqo‘shimchalar tarkiblarini, samaradorligini ilmiy jihatdan asoslash va ishlab chiqarishga tadbiq etishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
silikat g‘isht tarkibidagi CaO bilan guruch qobig‘i yondirilganda hosil bo‘lgan kul qo‘shilgan qurilish qorishmasi tarkibidagi amorfkremnezem (kremnezem qo‘shimchalari portlandtsement asosidagi ohaklarning ishlash xususiyatlarini yaxshilash uchun ishlatiladi) reaksiyaga kirishib kalsiyning gidroalyminatlari bilan gidrosilikatlari paydo bo‘lishi natijasida faol kontakt zonasining mustahkamligi oshishi aniqlangan;
 silikat g‘ishtning portlandtsement qorishmasi bilan ilishish mustahkamligi yuqori bo‘lishiga karbonatli guruch qobig‘i va sholi poyasi (kul) dan olingan mikrokristallik sellyulozaning natriyli tuzi, amorf kremnizyom alit 3CaSiO2 gidrotatsiya vaqtida ajralib chiqadigan portlandit  Ca(OH)2  suv bilan reaksiyaga kirib past asosli gidrosilikat C-S-H hosil bo‘lishi bilan kechadigan kimyoviy jarayonlar ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan;
silikat gishtning qurilish qorishmasi bilan ilishish mustahkamligi oshishi silikat gisht tarkibidagi kalsiy gidroksidini mustahkam bog‘laydigan qoldiqda faol kremnezem va metakaolinitning mavjudligi gisht yuzasida hosil bo‘layotgan hosilalarning kristallari o‘sishi natijasida qurilish qorishmasi bilan silikat gisht ilishishi (adgeziya) oshishi aniqlangan;
yarim sanoat qurilmasida sintez qilingan mikroqo‘shimchalar - guruch qobig‘i va sholi somonidan olingan mikrokristallik sellyulozaning natriyli tuzi, guruch qobig‘i asosida olingan amorf kremnezemi miqdori ta’siri hisobiga o‘zgarishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Mahalliy xomashyo chiqindilaridan silikat g‘ishtlarning qurilish qorishmasi bilan ilishish mustahkamligini oshiradigan tarkiblarni asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
mahalliy xomashyolar asosida olingan optimal qurilish qorishmasi tarkibi “Urganch Qurilish Materiallari zavodi” MChJda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyatida 2023 yil 26 may 1-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori sifatli qurilish qorishmasi ishlab chiqarish unumdorligini 10-15% ga oshirishga imkon bergan.
yuqori sifatli devorbop ashyolarni mustahkamligini oshiradigan eksportbop mikroqo‘shimchalar ishlab chiqarish “Qurilish sinov labaratoriyasi” da joriy qilingan. (Xorazm viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasining 2023 yil 23 fevral 1-2 son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori sifatli mikroqo‘shimcha qo‘shilgan qurilish qorishmasi ishlab chiqarish samaradorligini 10-15%  oshirishga erishilgan.
 mikroqo‘shimcha qo‘shilgan qurilish qorishmaning ishlab chiqilgan optimal tarkibidagi namunalari “GRAND FILLER” MChJda joriy etilgan. (Samarqand shahar 2023yil 24 mart 1-son ma’lumotnomasi). Natijada guruch qobig‘ini 6500C haroratda kuydirib sement masasiga nisbatan 2-5% miqdorda qurilish qorishmalariga qo‘shish orqali yuqori sifatliqurilish qorishmasi ishlab chiqish imkonini yaratilgan.  

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish