Urazbaev Talgat Tileubaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Temir yo‘l transporti harakatlanuvchi tarkibi avtoulagich korpusini ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish», 05.02.01 – «Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3913.
Ilmiy rahbar: Tursunov Nodirjon Qayumjonovich, texnika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/27.02.2020.T.73.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Abduraxmonov Umarbek – fizika-matematika fanlari doktori, professor; Turaxodjaev Nodir Djaxongirovich – texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy va ikkilamchi xomashyolar asosida po‘latning tarkibini va temir yo‘l transporti avtoulagich korpusini quyish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tanlanilgan mahalliy xomashyolarning kimyoviy xossalarini o‘rganish asosida temir yo‘l transporti harakatlanuvchi tarkib avtoulagich korpusini ishlab chiqarish uchun po‘lat tarkibi modifikatorlarni qo‘shish orqali takomillashtrilgan;
harakatlanuvchi tarkib avtoulagich korpusini ishlab chiqarish uchun mahalliy xomashyolardan foydalanib po‘latni oksidsizlantirish va modifikatsiyalash jarayonlarini termodinamik muvozanat reaksiyalari asoslangan;
yaratilgan kompozisiyada modifikator konsentratsiyasining ta’siri va 20GL markali po‘latda vanadiy nitridi, karbonitrid hosil bo‘lishini boshlanish harorati kimyoviy reaksiyalar va termodinamik tenglamalari asosida aniqlangan;
temir yo‘l transporti harakatlanuvchi tarkib avtoulagich korpusi quyma detalini mahalliy xomashyolarni qo‘shib ishlab chiqarish uchun po‘latni induksion tigel pechida eritish, kovshda oksidsizlantirish va modifikatsiyalash hamda termik ishlov berish texnologik jarayonlari modifikatorlarning ratsional tarkibi asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Temir yo‘l harakatlanuvchi tarkibi avtoulagich korpuslarni ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
induksion tigel pechida metalni eritish va 20GL markali po‘latni kovshda oksidsizlantirish texnologiyasi «Quyuv-mexanika zavodi» AJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2024-yil 6-yanvardagi 03/31-24-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, metalning oksidsizlantirish darajasini 70% gacha ko‘tarib, undagi umumiy kislorod miqdori 0,0040...0,0030% dan kam bo‘lishi imkonini bergan;
20GL markali po‘latni kovshda modifikatsilash texnologiyasi «Quyuv-mexanika zavodi» AJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2024-yil 6-yanvardagi 03/31-24-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, metalni nometal qo‘shimchalar bilan ifloslanishini kamaytirishga va vaqtinchalik qarshilik miqdorini 33% ga, oquvchanlik chegarasini 20,5% ga, qattiqlikni 26% ga, zarbiy qovushqoqlik miqdorini 2 barobardan ko‘proq oshirish imkonini bergan;
temir yo‘l transporti yuk vagoni avtoulagich korpusiga termik ishlov berishning texnologik rejimi «Quyuv-mexanika zavodi» AJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2024-yil 6-yanvardagi 03/31-24-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, avtoulagich korpusining qattiqlik miqdorini 26% ga oshirish va metal mikrotuzilishida sorbit hosil bo‘lishiga hamda mayda donali (donadorlik raqami 10-12) bo‘lgan tuzilishni ta’minlashga erishilgan;

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish