Abdullaev Olim G‘ulamjanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Sanoat chiqindilari asosida mashinasozlik uchun kompozision materiallar va Elaeagnus L. smolasi asosida boshqa kompozisiyalar komponentlarini ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratish», 05.02.01 – «Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi» hamda 02.00.07 – «Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/T670
Ilmiy rahbarlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Umarov Absalom Vaxitovich, texnika fanlari doktori, professor;
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, DSc.15/27.02.2020.T.73.02.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Adilov Ravshan Irkinovich – texnika fanlari doktori, professor, Norxudjaev Fayzulla Ramazanovich – texnika fanlari doktori, professor; Muxiddinov Baxodir Faxriddinovich – ximiya fanlari doktori professor .
Yetakchi tashkilot: Namangan muxandislik texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ikkilamchi mahsulotlar va Elaeagnus L smolasi asosida mashinasozlik uchun fizik-kimyoviy, fizik mexanik va ekspluatatsion xossalarini ta’minlovchi kompozision polimer qoplamalar olishning ilmiy asoslarini va olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
mashinasozlikda qo‘llanuvchi kompozision qoplama komponenti erituvchi olish jarayonida texnogen mahsulot sivush moylarini eterifikatsiya reaksiyasida yuqori unum va yaxshi eritish qobiliyatiga ega bo‘lgan erituvchi olish uchun sivush moylari:sirka kislotaning optimal nisbati asoslangan;
sivush moylarini atsillovchi texnologik jarayonga florentina apparatini o‘rnatish xomashyo tarkibidagi va eterifikatsiya reaksiyasi natijasida hosil bo‘ladigan suvni reaksion sistemaga kirib, hosil bo‘layotgan mahsulot – murakkab erfirlar aralashmasini suv ishtirokida qaytar reaksiya orqali parchalanib ketmasligini ta’minlash takomillashtirilgan;
mashinasozlik korxonalarida hosil bo‘ladigan suyuq chiqindilarni haydab erituvchi olishga mo‘ljallangan texnologik qurilma uchun optimal issiqlik almashtirgich sifatida suv osti (immersion) issiqlik almashtirgichini qo‘llash energiya va resurs tejamkorligiga olib kelishi asoslangan;
Elaeagnus L. smolasi tarkibidan plyonka hosil qilish xususiyatiga ega bo‘lgan polisaxaridlarni yuqori konsentrasiyali eritmalaridan organik erituvchida cho‘ktirish va quyi bosim ostida quritish orqali ajratib olish sharoitlari aniqlangan va polisaxaridning yuqori samarali gel xromotografiya usuli orqali uning monomer tarkibi, molekulayar massasi, rotasion viskozimetrik usul orqali polisaxarid eritmasining reologik xossalari va mikoorganizmlarga nisbatan biologik xususiyatlari aniqlangan;
mashinasozlikda listli konstruksiyalarni himoyalashda oraliq adgeziv qatlami uchun kompozision polimer materiallar olishda «Farg‘onaazot» AJ da hosil bo‘ladigan qattiq karbonatli chiqindining kimyoviy tarkibi o‘rganilgan va uning dispersion tarkibi, moy yutish sig‘imi va abraziv materiallarga munosabatiga ko‘ra kompozision polimer qoplama tarkibida to‘ldiruvchi sifatida foydalanish mumkinligi asoslangan;
mahalliy xomashyolar asosida mashinasozlikda ishlatish uchun metal sirtga nisbatan optimal adgeziv xossali, suvli muhitda jilvirlanadigan, vertical sirtdan oqmaydigan, egilishga nisbatan elastikligi mavjud, zarbga mustahkam va qattiqlikka ega kompozision polimer qoplamalar olishning texnologiyalari va olingan kompozisiyaning ixtiyoriy ishchi haroratda uning tarkibidagi tezlatgich va qotiruvchi miqdoriga bog‘liq ravishda qotish tezligini ifodalovchi matematik modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Sanoat chiqindilaridan mashinasozlik uchun kompozision polimer qoplama va Elaeagnus L. smolasi asosida boshqa kompozisiyalar komponentlarini ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratish asosida:
Elaeagnus L. buta elimidan plyonka hosil qiluvchilarni ajratib olish usuli uchun Xitoy Xalq Respublikasi Patent Idorasining CN105622773A - Method for preparing Elaeagnus L.gum polysaccharide nomli patenti olingan (Xitoy Xalq Respublikasi Patent Idorasining №2594216, 22 avgust 2017 yildagi ma’lumotnomasi). Bu kompozision qoplamalarning xossalarini 30% oshirish va tannarxni 22% kamaytirish imkonini bergan;
sivush moylari asosida avtobo‘yoqlar uchun erituvchi olish usuli «Texnologiyalar markazi-Namangan» MChJ da amaliyotga joriy etilgan (Viloyat hokimining 26 iyul 2023 yildagi 04/30-3011 son ma’lumotnomasi). Natijada avtobo‘yoqlar erituvchisini 100% mahalliylashtirishga va korxona iqtisodiyotini 30% oshirish imkonini bergan;
avtosanoatning suyuq ikkilamchi xomashyolarini qayta ishlab mashinasozlikda qo‘llaniladigan kompozision qoplamalar olish uchun erituvchi olish texnologiyasi «Texnologiyalar markazi-Namangan» MChJ da amaliyotga joriy etilgan (Viloyat hokimining 26 iyul 2023 yildagi 04/30-3011 son ma’lumotnomasi). Natijada kompozision qoplama olishda erituvchini 100% mahalliylashtirishga va korxona iqtisodiyotini 40% oshirish imkonini bergan;
qattiq karbonatli chiqindi, aralash erituvchi, Elaeagnus L. va to‘yinmagan poliefir smolalari asosida mashinasozlikda listli konstruksiyalarni himoyalash qatlamini adgeziv oraliq qatlami uchun kompozision polimer qoplama ishlab chiqarish texnologiyasi «Polimer Art Dizayn» MChJ da amaliyotga joriy etilgan (Viloyat hokimining 26 iyul 2023 yildagi 04/30-3011 son ma’lumotnomasi). Natijada bu respublikamiz mashinasozlik va avtota’mirlash korxonalarida ishlatiluvchi xomashyolarni kompozision polimer qoplamaga 80% almashtirish va iqtisodiy samaradorlikni 47% oshirish imkonini bergan.