Tursunov Tohir Muratjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): ««Quyuv-mexanika zavodi» ShK sharoitida 20GL markali po‘latni eritishga mo‘ljallangan induksion pechlarni tahlil etish asosida, ularni konstruksiyasini optimallashtirish», 05.02.01 – «Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3295.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Tursunov Nodirjon Qayumjonovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/27.02.2020.T.73.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Adilova Ziyoda Gafurdjanovna, texnika fanlari doktori, professor; Dunyashin Nikolay Sergeevich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 20GL po‘latni eritish uchun induksion tigelli pechlarning ishlashi uchun optimal texnologik parametrlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
temir yo‘l harakatlanuvchi tarkibining tortish xomutini 20GL po‘latdan olishda mahalliy xomashyolarni qo‘llab, ularning fizik-kimyoviy xossalarini, induktor va suyuq metalldagi elektromagnit hodisalarini inobatga olgan holda pechning samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar aniqlangan;
ilk marotaba mahalliy xomashyolar asosida 20GL po‘latni erituvchi induksion tigel pechining futerovka orqali issiqlik yo‘qotish quvvatini birinchi va uchinchi turdagi chegaraviy shartlar asosida 6 tonnali po‘lat erituvchi induksion tigel pechninig futerovkasini optimal qalinligini aniqlash uslubiyoti ishlab chiqilgan;
mahalliy xomashyolar asosida 20GL po‘latdan temir yo‘l harakatlanuvchi tarkibining tortish xomutini olishda erituvchi induksion tigel pechining samaradorligi oshirilishiga ta’sir ko‘rsatuvchi ratsional elektrotexnik va energetik parametrlarini aniqlashning matematik modeli ishlab chiqilgan;
mahalliy xomashyo asosida temir yo‘l harakatlanuvchi tarkibining tortish xomutini ishlab chiqarish uchun texnik ko‘rsatkichlari takomillashtirilgan, induksion tigel pechida 20GL po‘latni eritish texnologiyasi ishlab chiqarilgan..
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. «Quyuv mexanika zavodi» AJ sharoitida 20GL po‘lat eritish uchun induksion tigelli pechlarning konstruksiyasi va ishlashini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalarga asoslanib:
«Quyuv mexanika zavodi» AJ da induksion tigel pechining futerovka qoplamasi optimal qalinligini aniqlash uchun issiqliktexnik va elektrotexnik parametrlarini hisoblash uslubi joriy etilgan. («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ ning 2024-yil 6-yanvardagi 03/30-24-sonli ma’lumotnomasi). Natijada sig‘imi 6 tonna bo‘lgan induksion tigelli pechning futerovka qoplamasini xizmat qilish muddati 20 foizga oshirilgan;
«Quyuv mexanika zavodi» AJ da Temir yo‘l harakat tarkibi tortuv xomutini ishlab chiqarish uchun 6 tonnali qoplamasi optimal qalinlikdagi induksion tigel pechida 20GL markali po‘latni eritish texnologiyasi joriy etilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ ning 2024-yil 6-yanvardagi 03/30-24-sonli ma’lumotnomasi). Natijada induksion tigel pechining solishtirma elektr energiya sarfi 32 kVt⸱soat/t ga kamayib, eritish soni esa 25 tadan 30 tagacha oshirilgan.