Urinova Gulnoza Gulomidinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Koronavirus infeksiyasini o‘tkazgan yosh bemorlarda kognitiv va psixoemotsional buzilishlarning tuzilishi», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib 2116.
Ilmiy rahbar: Nazarova Janna Avzarovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Qilichev Ubaydullo Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Ergasheva Nargiza Nasriddinova, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Rossiya, Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: koronavirus infeksiyasini o‘tkazgan yosh bemorlardagi kognitiv va psixoemotsional buzilishlarni gender jihatdan o‘rganish hamda erta tashxisot va davolash algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
COVID-19 o‘tkazgan yosh bemorlarda rivojlangan postkovid sindromda psixoemotsional o‘zgarishlar shakllanish darajasi va uchrash chastotasi jihatdan ayollarda ko‘prok kuzatilishi asoslangan;
postkovid sindromli yosh bemorlarda kognitiv chaqirilgan potensial ko‘rsatkichlari bo‘yicha R3 latentligining sekinlashuvi kuzatilib, gender jihatdan ayollarda ustun kechishi isbotlangan;
postkovid sindromi bor yosh bemorlarda klinik-laborator, neyrovizual,  instrumental,  psixoemotsional ko‘rsatgichlar va  kognitiv chaqirilgan potensial metodikasidagi R3 latentlik orasida kuchli to‘g‘ri korrelyasion  bog‘liqlik aniqlangan;  postkovid sindromi bor yosh bemorlarda psixoemotsional buzilishlar tashxisotida vazomotor reaksiya indeksining (VMRI) yuqoriligi va giperkapnik zo‘riqish reaktivlik koeffisientining pastligi muhim kriteriy sifatida ahamiyatliligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Andijon davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2024 yil 29 fevraldagi 06/09-son xulosasiga ko‘ra;
birinchi ilmiy yangilik: COVID-19 o‘tkazgan yosh bemorlarda rivojlangan postkovid sindromda psixoemotsional o‘zgarishlar shakllanish darajasi va uchrash chastotasi jihatdan ayollarda ko‘prok kuzatilishi asoslangan. RShTYoIM Namangan filialining 22.06.2023 yildagi № 28 sonli buyrug‘i, Andijon shaxar tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasining 22.06.2023 yildagi №17 sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: koronavirus infeksiyasini o‘tkazgan yosh bemorlarda kognitiv buzilishlarni rivojlanish xavfini baholash shkalasi hamda nevrologik asoratlarni va kognitiv xolatlarni tashxislashda differensial yondashuv ishlab chiqilganligi, ushbu bemorlarda kognitiv buzilishlarni erta tashxislash, zamonaviy diagnostika va davolash chora-tadbirlariga kompleks yondashuvdan foydalanish COVID-19 dan keyin bemorlarni reabilitatsiya qilish vaqtini qisqartirishga ta’sir ko‘rsatdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: agar an’anaviy tashxis va davolash 500 000 so‘m bo‘lsa, taklif qilingan usul bo‘yicha 370 000 so‘mga kamaytirildi, Xulosa: PKS bilan og‘rigan yosh bemorlarda kognitiv buzilishlarni tashxislash va davolashdagi  ortiqcha xarajatlarni bartaraf etish orqali bir bemor hisobidan 130 ming so‘mni tejash imkoniyatini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi:  “Koronavirus infeksiyasini o‘tkazgan yosh bemorlarda kognitiv va psixoemotsional buzilishlarning tuzilishi” mavzusida ilmiy  yangiliklarni davolash profilaktika  muassasalariga joriy etilishi bo‘yicha Andijon davlat  tibbiyot instituti Ekspertlar Kengashiga  2023 yil zi maydaga  № 6i-23/u “-son xat yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: postkovid sindromli yosh bemorlarda kognitiv chaqirilgan potensial ko‘rsatkichlari bo‘yicha R3 latentligining sekinlashuvi kuzatilib, gender jihatdan ayollarda ustun kechishi isbotlangan. RShTYoIM Namangan filialining 22.06.2023 yildagi № 28 sonli buyrug‘i, Andijon shaxar tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasining 22.06.2023 yildagi №17 sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: postkovid sindromi mavjud yosh bemorlarning zamonaviy tashxislash va davolash reabilitatsiyasini muofiqlashtirish nafaqat aniq va o‘z vaqtida tashxis qo‘yishda axamiyatli, balkim  ushbu bemorlarda kognitiv buzilishlarni rivojlanish xavfini baholash shkalasi hamda nevrologik asoratlarni va kognitiv xolatlarni tashxislashda differensial yondashuv ishlab chiqilganligi, ushbu bemorlarda kognitiv buzilishlarni erta tashxislash imkoniyatini yaratadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi:  Postkovid sindromi mavjud yosh bemorlarning davolash uchun sariflangan vaqt 26,8% ga va  xarajatlarni 22,7% ga qisqartirishga erishildi. Xulosa: bemorlarning ambulator murojaatlari soni qisqarishi va tashxisot va davolashlar sonikamayishiga erishilgan va bir nafar bemor hisobga byudjet mablag‘laridan 378 200 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan 618,110 so‘m miqdorda iqtisodiy samaradorlikka erishilgan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi:  “Koronavirus infeksiyasini o‘tkazgan yosh bemorlarda kognitiv va psixoemotsional buzilishlarning tuzilishi” mavzusida ilmiy  yangiliklarni davolash profilaktika  muassasalariga joriy etilishi bo‘yicha Andijon davlat  tibbiyot instituti Ekspertlar Kengashiga  2023 yil zi maydaga  № 6i-23/u “-son xat yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: postkovid sindromi bor yosh bemorlarda klinik-laborator, neyrovizual,  instrumental,  psixoemotsional ko‘rsatgichlar va  kognitiv chaqirilgan potensial metodikasidagi R3 latentlik orasida kuchli to‘g‘ri korrelyasion  bog‘liqlik baholangan.  RShTYoIM Namangan filialining 22.06.2023 yildagi № 28 sonli buyrug‘i, Andijon shaxar tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasining 22.06.2023 yildagi №17 sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Postkovid sindromi mavjud yosh bemorlarga aniq va tez tashxis qo‘yishning ta’minlaydigan korrelyasion taxlil ma’lumotlarining xisobga olgan xolda kognitiv buzilishlarni erta aniqlash, asoratlarni kamaytirish, nogironlik va hayot sifati darajasini oshirishga erishildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Postkovid sindromi mavjud yosh bemorlarda kognitiv buzilishlarning erta tashxislash  va maqsadli samarali davolash natijasida ambulator murojaatlar 3.2 martaga qisqarishi natijasida 117 600 so‘m, statsionar davogacha bormaslik, oldindan profilaktika qilish natijasida 1 331 400 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishildi. Xulosa: postkovid sindromi mavjud yosh bemorlarni o‘rganish uchun tavsiya etilgan usul samarali va uning amaliyotda qo‘llash asosida bir nafar bemor hisobiga 1 449 000 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishildi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi:  “Koronavirus infeksiyasini o‘tkazgan yosh bemorlarda kognitiv va psixoemotsional buzilishlarning tuzilishi” mavzusida ilmiy  yangiliklarni davolash profilaktika  muassasalariga joriy etilishi bo‘yicha Andijon davlat  tibbiyot instituti Ekspertlar Kengashiga  2023 yil zi maydaga  № 6i-23/u “-son xat yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: postkovid sindromi bor yosh bemorlarda psixoemotsional buzilishlar tashxisotida vazomotor reaksiya indeksining (VMRI) yuqoriligi va giperkapnik zo‘riqish reaktivlik koeffisientining pastligi muhim kriteriy sifatida ahamiyatliligi asoslangan. RShTYoIM Namangan filialining 22.06.2023 yildagi № 28 sonli buyrug‘i, Andijon shaxar tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasining 22.06.2023 yildagi №17 sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: koronavirus infeksiyasini o‘tkazgan yosh bemorlarda kognitiv buzilishlarni rivojlanish xavfini baholash shkalasi hamda nevrologik asoratlarni va kognitiv xolatlarni tashxislashda differensial yondashuv ishlab chiqilganligi, ushbu bemorlarda kognitiv buzilishlarni erta tashxislash, zamonaviy diagnostika va davolash chora-tadbirlariga kompleks yondashuvdan foydalanish COVID-19 dan keyin bemorlarni reabilitatsiya qilish vaqtini qisqartirishga ta’sir ko‘rsatdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Postkovid sindromi mavjud yosh bemorlarda kognitiv buzilishlarning koreksiyalash uchun an’anaviy tashxis va davolash 500 000 so‘m bo‘lsa, taklif qilingan usul bo‘yicha 370 000 so‘mga kamaytirildi va  130 000 so‘m tejaladi. Reabilitatsiyasining 1 kursidan tejalgan umumiy daromad 1300 000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: yuqoridagilardan kelib chiqqan xolda postkovid sindromi mavjud yosh bemorlarni o‘rganish uchun tavsiya etilgan usul samarali va uning amaliyotda qo‘llash natijasida har bir nafar bemor hisobiga  byujet mablag‘laridan1300 000 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishildi.  Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi:  “Koronavirus infeksiyasini o‘tkazgan yosh bemorlarda kognitiv va psixoemotsional buzilishlarning tuzilishi” mavzusida ilmiy  yangiliklarni davolash profilaktika  muassasalariga joriy etilishi bo‘yicha Andijon davlat  tibbiyot instituti Ekspertlar Kengashiga  2023 yil zi maydaga  № 6i-23/u “-son xat yuborilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish