Xazratqulov Rustam Bafoevichning
fan doktori  (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bosh chanog‘i ichi travmatik gematomalarining klinikasi, diagnostikasi va davolanishi», 14.00.28 - Neyroxirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2DSc/Tib718.
Ilmiy raxbar: Kariev Shuxrat Maratovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/04.07.2023.Tib.170.01.
Rasmiy opponentlar: Xudayberdiev Qobiljon Tursunovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Berdiev Rustam Namozovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Tojikiston Respublikasi),  Shodiev Amirkul Shodievich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: S.D.Asfendiyarov nomidagi Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bosh chanog‘i ichi travmatik gematoma bilan og‘rigan bemorlarni davolash natijalarini bemorlarning yoshiga, miya shikastlanishining og‘irligiga, turi, joylashishiga qarab murakkab diagnostika usullari va differensial davolash taktikasini qo‘llash orqali yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
χ2-Pirson mezoni va imkoniyatlar nisbati usulini (OR) statistik tahlil orqali bosh miya shikastlanishining klinik kechishi, bemorlarning yoshi, xush buzilishi darajasi, gematomalarning hajmi va joylashuvi o‘rtasida chin bog‘liqlik borligi asoslangan;
turli jarrohlik davolash usullarini tanlashda va bosh miya shikastlanishining og‘irligini baholashda neyrovizualizatsiya (miyaning MSKT yoki MRT), ultratovush (trankranial doppler) va neyrofiziologik (bosh miya ustuni akustik chaqirilgan potensiali) xususiyatlarining alohida ahamiyati isbotlangan;
bosh chanog‘i ichi turli travmatik gematomalari bor bemorlarda takomillashtirilgan suyak-plastik trepanatsiya usuli (teri minimal kesilishi, maksimal borish yo‘li, trepanatsion darcha maydoni kengayishi, xujum burchagini 30% oshishi, IAP №07345 28.03.2023 y.) yuqori samaradorligi isbotlangan;
bosh chanog‘i ichi travmatik gematomalari bor bemorlarni davolash natijalarini prognostik modelini yaratishda atigi to‘rtta prediktor (bemor yoshi, klinik kechish fazasi, lateral dislokatsiyaning o‘lchami va bemor xushi buzilish darajasi) etarli ekanligi isbotlangan;
bosh chanog‘i ichi travmatik gematomalari bor bemorlarni yaqin va uzoq davolash natijalarining tahlili asosida taklif etilgan differensiatsiyalashgan davolash taktikasini an’anaviy davolash usullariga nisbatan salbiy natijalarni kamligi va bemor hayot sifatini yaxshilashligi bilan ustunligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi            xuzuridagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 9 martdagi 4-sonli va ch/r 02-6/163 sonli xulosalarga binoan:
birinchi ilmiy yangilik: χ2-Pirson mezoni va imkoniyatlar nisbati usulini (OR) statistik tahlil orqali bosh miya shikastlanishining klinik kechishi, bemorlarning yoshi, xush buzilishi darajasi, gematomalarning hajmi va joylashuvi o‘rtasida chin bog‘liqlik borligi asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: amalga oshirilgan statistik hisob-kitoblar differensial davolash taktikasini aniqlash va davolash natijalarini prognoz qilish uchun bemorning yoshi, es-xushning buzilish  darajasi, gematomalarning lokalizatsiyasi va hajmi o‘rtasidagi ishonchli bog‘liqlikni yuqori aniqlik bilan aniqladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali (11.05.2020 y. №48; 12.02.2021 y. №15; 13.12.2023 y. №89), Sirdaryo filiali (07.05.2020 y. №36), Navoiy filiali (04.06.2020 y. №52), Samarqand filiali (27.09.2021 y. №72), Xorazm filiali (14.09.2021 y. №63), va Farg‘ona filiali (26.02.2021 y. №49) shoshilinch neyroxirurgiya bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: prognoz qiluvchilar o‘rtasidagi chin bog‘liqlik davolash natijalarini aniqlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bu o‘limni, nogironlikni kamaytirishga va bemorlarning shifoxonada davolanish muddatini qisqartirishga yordam berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkazilgan statistik tahlillar qiyosiy davolash taktikasini aniqlashga imkon berdi, bu esa neyroreanimatsiya, neyroxirurgiya bo‘limlarida yotoq kunlari sonini qisqarishiga, uzoq muddatli reabilitatsiyani, dori-darmon bilan ta’minlashni shuningdek, asoratlarni davolash  uchun qo‘shimcha xarajatlarning qisqarishiga olib keldi. Xulosa: klinik omillar, bemorning yoshi va tekshiruv ma’lumotlari o‘rtasidagi bog‘liqlikga asoslangan bosh chanog‘i ichi travmatik gematomalarini davolashning differensial taktikasini qo‘llash davolanayotgan bemorlarning yotoq kunlari sonini  neyroreanimatsiya bo‘limida kuniga 1 200 000 so‘m va  umumiy neyroxirurgiya bo‘limlarida  kuniga 170 000 so‘m byudjet mablag‘larini tejash imkonini berdi.
Xazratqulov  Rustam Bafoevichning “Bosh chanog‘i ichi travmatik gematomalarining klinikasi, diagnostikasi va davolanishi” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022  yil 26 aprel № 8n-z/197 -sonli xulosasi bilan tadbiq etildi.
ikkinchi ilmiy yangilik: turli jarrohlik davolash usullarini tanlashda va bosh miya shikastlanishining og‘irligini baholashda neyrovizualizatsiya (miyaning MSKT yoki MRT), ultratovush (trankranial doppler) va neyrofiziologik (bosh miya ustuni akustik chaqirilgan potensiali) xususiyatlarining alohida ahamiyati isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: differensial davolash taktikasini tanlashda va miya shikastlanishining og‘irligini baholashda bosh miyaning MSKT yoki MRT, transkranial dopplerografiya va bosh miya ustuni akustik chaqirilgan potensiallaridan samarali foydalanishga asoslanadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali (11.05.2020 y. №48; 12.02.2021 y. №15; 13.12.2023 y. №89), Sirdaryo filiali (07.05.2020 y. №36), Navoiy filiali (04.06.2020 y. №52), Samarqand filiali (27.09.2021 y. №72), Xorazm filiali (14.09.2021 y. №63), va Farg‘ona filiali (26.02.2021 y. №49) shoshilinch neyroxirurgiya bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalarini amaliyotga tatbiq etish jarrohlik yoki konservativ davo taktikasini tanlash bo‘yicha ob’ektiv qaror qabul qilishga imkon berdi, bu esa o‘z vaqtida tashxis qo‘yish va bemorlarning ahvoli og‘irligini baholash va davolash usullariga differensial yondashish imkonini berdi, bu esa statsionar davolanish muddatini qisqartiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi  bosh chanog‘i ichi travmatik gematomalar bilan og‘rigan bemorlarni kompleks tekshirishni tartibga solish erta tashxis qo‘yish va davolash taktikasiga  o‘z vaqtida differensial yondashishga olib keldi, bu esa  davolash natijalarini yaxshilashga, bemorlarni erta faollashtirishga, kasalxonada davolanish muddatini 4-5 kungacha qiskartirishga yordam berdi, bu xar bir bemor uchun 680 000 - 850 000 so‘mni tashkil etdi (RShTYoIM filiallari narxlari preyskurantiga ko‘ra, shifoxonada yotoq kuni 170 000 so‘m). Xulosa: bosh chanog‘i ichi travmatik gematoma bilan og‘rigan bemorlarni kompleks tekshiruvdan o‘tkazish adekvat davolash taktikasini tanlashni ta’minladi, shu bilan o‘lim, nogironlik, shifoxonada qolish va moliyaviy xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirdi.
Xazratqulov  Rustam Bafoevichning “Bosh chanog‘i ichi travmatik gematomalarining klinikasi, diagnostikasi va davolanishi” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022  yil 26 aprel № 8n-z/197 -sonli xulosasi bilan tadbiq etildi.
uchinchi ilmiy yangilik: bosh chanog‘i ichi turli travmatik gematomalari bor bemorlarda takomillashtirilgan suyak-plastik trepanatsiya usuli (teri minimal kesilishi, maksimal borish yo‘li, trepanatsion darcha maydoni kengayishi, xujum burchagini 30% oshishi, IAP №07345 28.03.2023 y.) yuqori samaradorligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: takomillashtirilgan suyak-plastik trepanatsiya usuli an’anaviy usullarga nisbatan kam shikastlovchi, organ saqlovchi bo‘lib, minimal teri va osti to‘qimalar kesilishida patologik o‘choqqa maksimal borishni ta’minlagan. Usul katta yoshdagi bemorlar va bolalarda qo‘llanilib, bosh miya va bosh chanog‘ini deyarli barcha qismlarini vizualizatsiya qilish imkoniyatini yaratgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali (11.05.2020 y. №48; 12.02.2021 y. №15; 13.12.2023 y. №89), Sirdaryo filiali (07.05.2020 y. №36), Navoiy filiali (04.06.2020 y. №52), Samarqand filiali (27.09.2021 y. №72), Xorazm filiali (14.09.2021 y. №63), va Farg‘ona filiali (26.02.2021 y. №49) shoshilinch neyroxirurgiya bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: takomillashtirilgan usulni qo‘llash orqali bemorlar xayot sifati yaxshilandi, erta aktivlashtirish, operatsiyadan keyingi asoratlarni oldini olish imkoniyati yaratildi. Bemor kosmetik va nevrologik xolatini yaxshilanishi - travmatik gematomalarni barcha turlarida organ saqlovchi operatsiyani qo‘llashda ijtimoiy samaradorlikni isbotladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagidan iborat: an’anaviy dekompressiv trepanatsiyadan farqli ravishda, ishlab chiqilgan usul organ saqlovchi bo‘lib, kosmetik defektni tiklash uchun qayta operatsiya o‘tkazishni talab etmaganligi, bemor xayot sifatini yaxshilaganligi, nogironlik xavfini kamaytirganligi sababli qo‘shimcha xarajatlarni qisqartirish imkonini yaratdi. Xulosa: ishlab chiqilgan takomillashtirilgan suyak-plastik trepanatsiya usuli davolash natijalarini yaxshilaydi, operatsiyadan keyingi asoratlarni kamaytiradi va an’anaviy usullarga nisbatan sezilarli xarajatlar tafovutiga ega bo‘lib, xar bir bemorda o‘rtacha 2 270 000 so‘mni tejash imkonini berdi.
Xazratqulov  Rustam Bafoevichning “Bosh chanog‘i ichi travmatik gematomalarining klinikasi, diagnostikasi va davolanishi” mavzusida ilmiy yangiliklarni mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022  yil 26 aprel № 8n-z/197 -sonli xulosasi bilan tadbiq etildi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bosh chanog‘i ichi travmatik gematomalari bor bemorlarni davolash natijalarini prognostik modelini yaratishda atigi to‘rtta prediktor (bemor yoshi, klinik kechish fazasi, lateral dislokatsiyaning o‘lchami va bemor xushi buzilish darajasi) etarli ekanligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: binar logistik regressiya usuli yordamida matematik tahlil orqali bosh chanog‘i ichi travmatik gematomalari bor bemorlarni davolash natijalarini aniqlash uchun to‘rtta faktor etarli ekanligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali (11.05.2020 y. №48; 12.02.2021 y. №15; 13.12.2023 y. №89), Sirdaryo filiali (07.05.2020 y. №36), Navoiy filiali (04.06.2020 y. №52), Samarqand filiali (27.09.2021 y. №72), Xorazm filiali (14.09.2021 y. №63), va Farg‘ona filiali (26.02.2021 y. №49) shoshilinch neyroxirurgiya bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: prognostik modelni sezuvchanligi 84,5%ni tashkil etib, ushbu usul qo‘llanilgan bemorlar guruxida samaraliroq natijalarni aniqlashga imkon yaratdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bosh chanog‘i ichi travmatik gematomalari bor bemorlarni o‘rin-kunini 12-15 kundan 8-10 kungacha qisqarishi - shifoxonadagi xarajatlarni 680-850 ming so‘mga kamaytirdi (RShTYoIM filiallarida preyskurant bo‘yicha 1 o‘rin-kun o‘rtacha 170 000 so‘mni tashkil etadi); shifoxonada davolanishni 4-5 kunlarga qisqarishi sababli dori-darmonlar ta’minoti uchun xarajatlar 200-250 ming so‘mga kamaydi (o‘rtacha 1 kunda dori-darmon xarajatlari 50 000 so‘mni tashkil etadi). Xulosa: davolash natijalarini prognostik modelini qo‘llash shifoxonadagi xarajatlarni qisqarishiga olib keladi va an’anaviy usullarga nisbatan xarajatlar tafovutiga ega bo‘lib, xar bir bemorda o‘rtacha 2 270 000 so‘mni tejash imkonini berdi.
Xazratqulov  Rustam Bafoevichning “Bosh chanog‘i ichi travmatik gematomalarining klinikasi, diagnostikasi va davolanishi” mavzusida ilmiy yangiliklarni mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022  yil 26 aprel № 8n-z/197 -sonli xulosasi bilan tadbiq etildi.
beshinchi ilmiy yangilik: bosh chanog‘i ichi travmatik gematomalari bor bemorlarni yaqin va uzoq davolash natijalarining tahlili asosida taklif etilgan differensiatsiyalashgan davolash taktikasini an’anaviy davolash usullariga nisbatan salbiy natijalarni kamligi va bemor xayot sifatini yaxshilashligi bilan ustunligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: ishlab chiqilgan usullar orqali differensiatsiyalashgan davolash taktikasini qo‘llash bolalarda 93,1%, yosh va o‘rta yoshdagi bemorlarda 76,1%, keksa va qariyalarda 55,7%gacha ijobiy natijalarni olishga imkoniyat yaratgan va salbiy natijalarni 12,1%gacha kamaytirishga va bemorlarning hayot sifatini 40%gacha oshirishga imkonnini bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali (11.05.2020 y. №48; 12.02.2021 y. №15; 13.12.2023 y. №89), Sirdaryo filiali (07.05.2020 y. №36), Navoiy filiali (04.06.2020 y. №52), Samarqand filiali (27.09.2021 y. №72), Xorazm filiali (14.09.2021 y. №63), va Farg‘ona filiali (26.02.2021 y. №49) shoshilinch neyroxirurgiya bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan.  Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: tashxislash va davolash chora-tadbirlarni tizimlashtirish, ishlab chiqilgan dasturiy ta’minotlar kompleksida prognozlash, differensiatsiyalashgan taktikani qo‘llash – o‘lim, nogironlik ko‘rsatkichlarini kamaytirdi, shifoxona o‘rin-kunlarini qisqartirdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bosh chanog‘i ichi travmatik gematomalari bor bemorlarda kompleks tashxislash, prognozlash, differensiatsiyalashgan davolash taktikasini qo‘llash neyroreanimatsiya o‘rin-kun xarajatlarini xar bir bemorda o‘rtacha 1 200 000 so‘mga iqtisod qildi. Xulosa: ishlab chiqilgan bosh chanog‘i ichi travmatik gematomalari bor bemorlarni differensiatsiyalashgan davolash taktikasi sezilarli ravishda davolash natijalarini yaxshilaydi, shifoxona o‘rin-kunlarini qisqartirib xar bir bemor uchun xarajatlarni o‘rtacha 6 000 000 so‘mga kamaytiradi.
Xazratqulov  Rustam Bafoevichning “Bosh chanog‘i ichi travmatik gematomalarining klinikasi, diagnostikasi va davolanishi” mavzusida ilmiy yangiliklarni mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022  yil 26 aprel № 8n-z/197 -sonli xulosasi bilan tadbiq etildi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish