Ostonova Gulruh Sodiqovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ichak infeksiyalari orasida iersinozlar ahamiyatini aniqlash va ular immunodiagnostikasini takomillashtirish», 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya, 14.00.10 – Yuqumli kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2022.1.PhD/Tib2584.
Ilmiy rahbarlar: Narzullaev Nuriddin Umarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mirzoeva Mexriniso Rizoevna tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti huzuridagi DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Nuraliev Nekkadam Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Axmedova Muboraxon Djalilovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Sankt Peterburg davlat universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ichak infeksiyalari orasida iersiniozlar ahamiyatini aniqlash, ular immun, sitokin holatlarini aniqlash va tahlil qilish orqali immunodiagnostikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor 6 oylikdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarda ichak infeksiyalari orasida ichak iersiniozining salmog‘i 39,5% ni tashkil qilishi, ichak infeksiyalariga qaraganda ichak iersiniozi klinik jihatdan og‘ir kechishi, leykotsitoz, neytrofilyoz, eozinofiliya, eritrotsitlar cho‘kish tezligi, jigar fermentlari miqdori ishonarli yuqori bo‘lishi aniqlangan;
ichak iersiniozi aniqlangan bolalarda kasallikning turli klinik ko‘rinishlarida immun va sitokin statuslarining asosiy ko‘rsatkichlari orasida to‘g‘ri proporsional bog‘liqlik mavjudligi isbotlangan;
bolalar orasida ichak iersiniozi tashhisotida polimeraza zanjirli reaksiyasining asosiy immunodiagnostik usul sifatida qo‘llanilish imkoniyatlari asosida usulning yuqori diagnostik samaradorligi aniqlangan;
ichak iersiniozi aniqlangan bolalarda yallig‘lanishni qo‘llovchi sitokinlar disbalansi aniqlanganligi holatning ikkilamchi immunodefisit chuqurligi, immun tizim faoliyatida sezilarli zo‘riqish borligini asoslagan;  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 29-dekbrdagi №23-Z/108 son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: Ilmiy yangilikning mohiyati: ilk bor 6 oylikdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarda ichak infeksiyalari orasida ichak iersiniozining salmog‘i 39,5% ni tashkil qilishi, ichak infeksiyalariga qaraganda ichak iersiniozi klinik jihatdan og‘ir kechishi, leykotsitoz, neytrofilyoz, eozinofiliya, eritrotsitlar cho‘kish tezligi, jigar fermentlari miqdori ishonarli yuqori bo‘lishi aniqlangan.
 Ilmiy yangilikning ahamiyati: Ichak infeksiyalari orasida ichak iersinozining   tarqalishi, klinik kechishi va laborator ko‘rsatkichlarlar xususiyatlarini aniqlash, tashxislash va davolash usullarini optimal tanlash imkonini bergan.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ma’lumotlar Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali bo‘yicha buyruq (17.07.2023 y. №73/2), Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (06.06.2023 y. №54/3) bilan amaliyotga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Ichak iersinozi tashxisotining yangi usullarini takomillashtirish kasallikning erta tashxislash va davolash imkonini beradi, bu o‘z navbatida bemorlarning barchasida kasallikning asoratlarini oldini olishda inobatga olinib davolashning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish, kasallik asoratlarini oldini olishga, bemorlarni sarflanadigan xarajatlarini 475 000 so‘mga kamaytirishga erishilgan.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Ichak ierseniozlari bilan kasallangan bemorlarda tavsiya etilayotgan tashxisot usullari va immunologik xizmat ko‘rsatishning iqtisodiy samaradorligi kasallikni erta aniqlash, o‘z vaqtida tashxis qo‘yish va uning og‘ir asoratlarini oldini olish hisobiga 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 475 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.  
Xulosa: Iersinoz tarqalishi, klinik kechishi  xususiyatlarini aniqlash, tashxislash va davolashning optimal  usullarini tanlash hisobiga, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 475 000 iqtisod qilish imkonini bergan.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Ichak infeksiyalari orasida iersinozlar ahamiyatini aniqlash va ular immunodiagnostikasini takomillashtirish” mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori tomonidan 19 iyul 2023 yil 01/04/3796-son xat yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilmiy yangilikning mohiyati: ichak iersiniozi aniqlangan bolalarda kasallikning turli klinik ko‘rinishlarida immun va sitokin statuslarining asosiy ko‘rsatkichlari orasida to‘g‘ri proporsional bog‘liqlik mavjudligi isbotlangan.
 Ilmiy yangilikning ahamiyati: Tadqiqot natijalarining ahamiyati ichak infeksiyalari orasida ichak iersiniozning klinik shakllarining og‘irlik darajasini aniqlash va klinik shakllarining o‘ziga xos simptomlarini o‘rganish, davolash taktikasini aniq belgilash imkonini bergan.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ma’lumotlar Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali bo‘yicha buyruq (17.07.2023 y. №73/2), Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (06.06.2023 y. №54/3) bilan amaliyotga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Ichak iersinozi tashxisotining yangi usullarini takomillashtirish kasallikning erta tashxislash va davolash imkonini berishi hisobiga rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlar kamaytirish imkoniyatini bergan.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Ichak iersinozi tashxisotining yangi usullarini takomillashtirish kasallik erta tashxislash va davolash imkonini berishini hisobga olinishi: bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 5 kunga qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 475 000 so‘mga kamaytirgan (Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filialining preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 95 000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 70 000 so‘m dori vositalari sarflanadi).
Xulosa: Ichak iersinozi tashxisoti yangi usullarini takomillashtirish kasallikning erta tashxislash va davolash imkonini berishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 475 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: “Ichak infeksiyalari orasida iersinozlar ahamiyatini aniqlash va ular immunodiagnostikasini takomillashtirish” mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori tomonidan 19 iyul 2023 yil 01/04/3796-son xat yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: ilmiy yangilikning mohiyati: bolalar orasida ichak iersiniozi tashhisotida polimeraza zanjirli reaksiyasining asosiy immunodiagnostik usul sifatida qo‘llanilish imkoniyatlari asosida usulning yuqori diagnostik samaradorligi aniqlangan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati ichak iersinozning diagnostik usulini takomillashtirishda molekulyar genetik tekshiruv usulini qo‘llash qo‘zg‘atuvchining real miqdorini ko‘rsata olish, labarator yo‘lga qo‘yiladigan xatoliklarni kamaytirish va natijalarni avtomatik aniqlash imkonini bergan.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ma’lumotlar Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali bo‘yicha buyruq (17.07.2023 y. №73/2), Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (06.06.2023 y. №54/3) bilan amaliyotga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Ichak iersinozi tashhisotining yangi usullarini takomillashtirish kasallikning erta tashhislash va davolash imkonini bergan. Bu esa tibbiy yordam sifatini yaxshilash, kasallikning asoratlarini kamaytirish hamda  bemorlarning hayot tarzini yaxshilashga yordam bergan.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Ichak ierseniozlari bilan kasallangan bemorlarda  tavsiya etilayotgan tashxisot usullari va immunologik xizmat ko‘rsatishning iqtisodiy samaradorligi  kasallikni erta aniqlash, o‘z vaqtida tashxis qo‘yish va uning og‘ir asoratlarini oldini olish va ota-onalarning vaqtini tejash orqali iqtisodiy samaradorlikka erishilib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 475 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
Xulosa: Ichak ierseniozlari bilan kasallangan bemorlarda  tavsiya etilayotgan tashxisot usullari va immunologik xizmat ko‘rsatishning iqtisodiy samaradorligi kasallikni erta aniqlash, o‘z vaqtida tashxis qo‘yish va uning og‘ir asoratlarini oldini olinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 475 000 iqtisod qilish imkonini bergan.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Ichak infeksiyalari orasida iersinozlar ahamiyatini aniqlash va ular immunodiagnostikasini takomillashtirish” mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori tomonidan 19 iyul 2023 yil 01/04/3796-son xat yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilmiy yangilikning mohiyati: ichak iersiniozi aniqlangan bolalarda yallig‘lanishni qo‘llovchi sitokinlar disbalansi aniqlanganligi holatning ikkilamchi immunodefisit chuqurligi, immun tizim faoliyatida sezilarli zo‘riqish borligini asoslagan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: ichak iersiniozi aniqlangan bolalar orasida immun tizimi hujayraviy va sitokin statusi parametrlari tahlili, polimeraza zanjirli reaksiyadan foydalanishga asoslangan immunodiagnostik usullarni takomillashtirish yo‘llarini ishlab chiqish imkonini bergan.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ma’lumotlar Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali bo‘yicha buyruq (17.07.2023 y. №73/2), Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (06.06.2023 y. №54/3) bilan amaliyotga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Ichak iersinozi tashxisotining yangi usullarini takomillashtirish kasallikning erta tashxislash va davolash imkonini berib, bu o‘z navbatida  tibbiy yordam sifatini yaxshilash, kasallikning asoratlarini kamaytirish hamda  bemorlarning hayot tarzini yaxshilashga yordam bergan.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Ichak ierseniozlari bilan kasallangan bemorlarda  tavsiya etilayotgan tashxisot usullari va immunologik xizmat ko‘rsatishning iqtisodiy samaradorligi  kasallikni erta aniqlash, o‘z vaqtida tashxis qo‘yish va uning og‘ir asoratlarini oldini olinishi: 1 nafar bemor hisobiga  1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 475 000 so‘mga, byudjetdan tashqpri mablag‘larni 350 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
Xulosa: kasallikning o‘tkir davridagi asoratlarni oldindan ko‘ra bilishga  imkon bera oladigan ichak iersiniozining PSR va ishlab chiqilgan immunodiagnostik algoritmni shifoxona amaliyotiga  joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 475 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 350 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Ichak infeksiyalari orasida iersinozlar ahamiyatini aniqlash va ular immunodiagnostikasini takomillashtirish” mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori tomonidan 19 iyul 2023 yil 01/04/3796-son xat yuborilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish