Xakimov Maksadjon Nasrullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Dislokatsion sindrom bilan kechuvchi bosh miya supratentorial o‘smalarini jarrohlik yo‘li bilan davolash taktikasini optimallashtirish», 14.00.28- Neyroxirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1292.
Ilmiy raxbar: Kariev Gayrat Maratovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/04.07.2023.Tib.170.01.
Rasmiy opponentlar: Kadirbekov Ravshan Tursunbekovich, tibbiyot fanlari doktori; Maxkamov Maxkam Kozimovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi dislokatsion sindrom bilan kechuvchi supratentorial bosh miya o‘smalarini bemor holati og‘irligiga qarab jarrohlik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor dislokatsion sindrom bilan kechuvchi supratentorial bosh miya o‘smalarida xush buzilishi darajasi va intrakranial zaxira bo‘shliqlar holati o‘rtasida bevosita korrelyasion bog‘liqlik (p=0,001) isbotlangan;
dislokatsiya turini differensial tashxislash uchun kompyuter-tomografik mezonlar (subaraxnoidal bo‘shliklar, miya o‘rta strukturalari siljishi va sisternalar hajmi) aniqlangan;
dislokatsiya boskichini baholash uchun aksial va letaral turiga qarab balli miqdoriy shkala afzalligi isbotlangan;
jarrohlik taktikasini tanlashda kompleks yondashuv (dislokatsion sindrom bosqichi va intrakranial zaxira bo‘shliqlari xolatini baholash) asoslangan.    
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 9 martdagi 4-sonli va ch/r 02-6/164-sonli xulosasiga binoan:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor dislokatsion sindrom bilan kechuvchi supratentorial bosh miya o‘smalarida xush buzilishi darajasi va intrakranial zaxira bo‘shliqlar holati o‘rtasida bevosita korrelyasion bog‘liqlik (p=0,001) isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: aniqlangan bog‘liqlikka asoslanib operatsiya vaqti intrakranial zaxira bo‘shliqlari xolatiga qarab tanlangan. Kichik zaxira bo‘shliqlari xolatida shoshilinch operatsiyalar, o‘rta zaxira bo‘shliqlari xolatida – tezkor, katta zaxira bo‘shliqlari xolatida – kechiktirilgan operatsiyalar o‘tkazilgan. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi: Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialiga 2023 yil 19 iyuldagi 115-sonli buyruq, hamda Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialiga 2023 yil 21 iyuldagi 159/2-sonli buyruq bilan neyroxirurgiya bo‘limlari faoliyatiga tadbiq etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: ilmiy yangilikni amaliyotga joriy qilinishi operatsiya vaqtini ob’ektiv tanlash imkonini berib, dislokatsion sindromni bosh miya tiqilishi va qisilishi fazalari bilan bog‘liq asoratlarni, nevrologik defisitni rivojlanib borishini va o‘lim ko‘rsatkichlarini kamayishiga olib keldi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: operatsiyani o‘z vaqtida bajarilishi - davomiy reabilitatsiya, o‘pka sun’iy apparatini uzoq muddat davomida ishlatish, dori-darmon bilan ta’minlash va nogironlik yuzasidan doimiy ijtimoiy ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirdi. Xulosa: es-xush buzilishi darajasi va intrakranial zaxira bo‘shliqlari xolati o‘rtasida aniqlangan bevosita bog‘liqlik optimal operatsiya vaqtini tanlashga imkoniyat yaratadi, dislokatsion sindromning bosh miya tiqilishi va qisilishi fazalari bilan bog‘liq asoratlarni va asorat bilan bog‘liq sarf xarajatlarni kamaytiradi.
Xakimov Maksadjon Nasrullaevichning “Dislokatsion sindrom bilan kechuvchi bosh miya supratentorial o‘smalarini jarrohlik yo‘li bilan davolash taktikasini optimallashtirish” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Andijon davlat tibbiyot institutining 2023 yil 30 sentyabrdagi 6i-19/x-sonli xati yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik:  dislokatsiya turini differensial tashxislash uchun kompyuter-tomografik mezonlar (subaraxnoidal bo‘shliqlar, miya o‘rta strukturalari siljishi va sisternalar hajmi) aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: aniqlangan mezonlar asosida bosh miya supratentorial o‘smalarida dislokatsion sindromni tashxislash usuli ishlab chiqilgan (№FAP 02370 28.11.2023 y.).  Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialiga 2023 yil 19 iyuldagi 115-sonli buyruq, hamda Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialiga 2023 yil 21 iyuldagi 159/2-sonli buyruq bilan neyroxirurgiya bo‘limlari faoliyatiga tadbiq etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: usul 46 nafar bemorda juda yaxshi ishonchliylik ko‘rsatkichi (Al`fa Kronbaxa = 0,905) bilan dislokatsiya turini taqqoslash va intrakranial bo‘shliqlarni xolatini baholash imkonini yaratdi. Ulardan 21 nafar (45,7%) bemorda minimal zaxira bo‘shliqlari aniqlanib o‘z vaqtida shoshilinch operatsiya amalga oshirildi va shifoxonadan chiqarilish vaqtiga nevrologik asoratlarni, nogironlikni 15,1%ga kamaytirdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi an’anaviy va ishlab chiqilgan usullarni xarajat tafovuti xisoblangan xolda bir shifoxona kesimida o‘rtacha 6 460 000 so‘mni tashkil etdi.  Xulosa: aniqlangan kompyuter-tomografik mezonlar asosida tashxislash usuli ishlab chikildi va ushbu usul yordamida xar bir xolatga differensiatsiyalashgan ob’ektiv yondashuv ta’minlandi, tashxislash jarayoni soddalashtirildi, iqtisodiy samaradorlikka erishildi.  
Xakimov Maksadjon Nasrullaevichning “Dislokatsion sindrom bilan kechuvchi bosh miya supratentorial o‘smalarini jarrohlik yo‘li bilan davolash taktikasini optimallashtirish” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Andijon davlat tibbiyot institutining 2023 yil 30 sentyabrdagi 6i-19/x-sonli xati yuborilgan.    
uchinchi ilmiy yangilik: dislokatsiya bosqichini baholash uchun aksial va lateral turiga qarab balli miqdoriy shkala afzalligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: dislokatsiyani aksial va lateral turlari klinik kechishi farqlanishi va bemor xolati og‘irlik darajasini aks etuvchi bir xildagi simptomlar es-xushning turli darajasida kuzatilishi sababli, dislokatsiya turi, es-xush buzilishi darajasi, ko‘z qorachig‘lari o‘lchami, fotoreaksiya, ko‘z olmasi xarakatlari, xarakat tizimi, nafas, pul`s, arterial bosim kabi ko‘rsatkichlarni inobatga olgan xolda taklif etilgan balli miqdoriy shkala dislokatsiya prediktorlarini differensial baholash imkonini yaratgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialiga 2023 yil 19 iyuldagi 115-sonli buyruq, hamda Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialiga 2023 yil 21 iyuldagi 159/2-sonli buyruq bilan neyroxirurgiya bo‘limlari faoliyatiga tadbiq etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: balli miqdoriy shkala  91,7±5,4% prognozlash imkoniyati (93,5±3,6% sezuvchanlik, 92,4±5,7% o‘ziga xoslik) bilan optimal jarrohlik taktikasini tanlash imkonini berdi va bemorlar xayot sifatini, nevrologik defisitni uch oylik katamnezda 14,2%ga kamaytirdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagidan iborat: nevrologik defisitni kamayishi reabilitatsion tadbirlar va dori-darmon ta’minotiga qaratilgan xarajatlarni kamaytirdi. Xulosa: dislokatsiya bosqichini balli miqdoriy baholash shkalasi nevrologik prediktorlarni differensial baholab, optimal jarrohlik taktikasini tanlash, bemorlar hayot sifatini yaxshilash, nogironlik xavfini kamaytirish imkonini yaratadi.
Xakimov Maksadjon Nasrullaevichning “Dislokatsion sindrom bilan kechuvchi bosh miya supratentorial o‘smalarini jarrohlik yo‘li bilan davolash taktikasini optimallashtirish” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Andijon davlat tibbiyot institutining 2023 yil 30 sentyabrdagi 6i-19/x-sonli xati yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: jarrohlik taktikasini tanlashda kompleks yondashuv (dislokatsion sindrom bosqichi va intrakranial zaxira bo‘shliqlari xolatini baholash) asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: klinik va kompyuter-tomografik ma’lumotlarni kompleks baholash yondashuvi asosida optimal jarrohlik taktikasini tanlash algoritmi ishlab chiqilgan. Dislokatsiyaning adaptatsiyalashgan bosqichida o‘smani total/subtotal olish operatsiyasi; adaptatsiyalashmagan kompensatsiyali bosqichida – o‘smani total/subtotal olish va qo‘shimcha tashqi dekompressiyasini bajarish; subkompensatsiya bosqichida – o‘smani qisman olish/kistoz qismini punksiya qilish; dekompensatsiya bosqichida – faqat tashqi dekompressiya bajarish amalga oshirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialiga 2023 yil 19 iyuldagi 115-sonli buyruq, hamda Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialiga 2023 yil 21 iyuldagi 159/2-sonli buyruq bilan neyroxirurgiya bo‘limlari faoliyatiga tadbiq etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi:  taklif etilgan kompleks baholash va algoritmni qo‘llash orqali davolash natijalari o‘rtacha ko‘rsatkichlarini Karnovskiy shkalasi bo‘yicha shifoxonadan chiqaruv vaqtiga 6,06%ga, uch oylik katamnezda 12,26%ga yaxshilandi, shifoxona o‘lim ko‘rsatkichlarini 3,9%ga kamaytirildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorlar hayot sifatini yaxshilanishi uzoq davom etuvchi reabilitatsiya, kasallik asoratlarini statsionar va ambulator davolash xarajatlarini kamaytirish imkonini yaratdi. Xulosa: jarrohlik davolash taktikasini tanlashda dislokatsiya bosqichi va intrakranial zaxira bo‘shliqlari xolatini kompleks baholash yondashuvi davolash natijalarini yaxshilaydi va o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytiradi.
Xakimov Maksadjon Nasrullaevichning “Dislokatsion sindrom bilan kechuvchi bosh miya supratentorial o‘smalarini jarrohlik yo‘li bilan davolash taktikasini optimallashtirish” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Andijon davlat tibbiyot institutining 2023 yil 30 sentyabrdagi 6i-19/x-sonli xati yuborilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish