Rajabov Aminjon Hamroevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Koronavirus infeksiyasi bilan zararlangan bemorlarda yuqori nafas yo‘llari yallig‘lanish kasalliklarining klinik-immunologik kechish xususiyatlari», 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya, 14.00.10 -  Yuqumli  kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2962 B2021/Tib2176
Ilmiy rahbarlar: Narzullaev Nuriddin Umarovich, tibbiyot fanlar doktori (DSc), professor;  Mirzoeva Mehriniso Rizoevna, tibbiyot fanlar doktori (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Razikova Il`mira Sa`dullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mirzajanova Dono Baxadirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Amursk davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi:nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarda yuqori nafas yo‘llari yallig‘lanish kasalliklarining klinik-immunologik kechish xususiyatlarini aniqlashdan iborat bo‘lgan.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda kasallikning klinik ko‘rinishlari bilan immun va sitokin statuslarining asosiy ko‘rsatkichlari orasida to‘g‘ri proporsional bog‘liqlik mavjudligi isbotlangan;
COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda qondagi limfotsitlar, qon zardobidagi sitokinlar kabi ko‘rsatkichlar immunodiagnostikaning muqobil mezonlari ekanligi isbotlangan;
an’anaviy davolash majmuiga immunokorreksiyalovchi preparatining kiritilishi, organizmning immun va sitokin statuslaridagi ikkilamchi immunotanqislikni bartaraf etishi asoslangan;
COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni davolash bo‘yicha an’anaviy davolash va immunokorreksiyalovchi preparat ishlatish bo‘yicha ishlab chiqilgan algoritm tavsiya etilgan majmuaviy davoni optimallashtirishi va davolash samaradorligini ishonarli darajada oshirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 29 dekabr №23-Z/109 son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda kasallikning klinik ko‘rinishlari bilan immun va sitokin statuslarining asosiy ko‘rsatkichlari orasida to‘g‘ri proporsional bog‘liqlik mavjudligi isbotlangan, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarda yuqori nafas yo‘llari yallig‘lanish kasalliklarining klinik ko‘rinishlari bilan immun va sitokin statuslarining asosiy ko‘rsatkichlari orasida to‘g‘ri proporsional bog‘liqlik borligi isbotlanganligi. Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Kogon tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (05.04.2022 y. №32/1) hamda Buxoro viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi bo‘yicha buyruq (05.04.2022 y. №38/1) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: O‘tkazilgan tekshirishlarga asoslangan holda, olingan natijalar tibbiy yordam sifatini yaxshilashga, kasallikning asoratlarini kamaytirishga, davolashning yangi usullarini takomillashtirish orqali bemorlarning hayot tarzini yaxshilash imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni davolashda immunokorreksiyalovchi vosita yordamida majmuaviy davoni optimallashtiruvchi algoritimni qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 365 000 so‘mga, byudjetdan tashqari mablag‘larni 100 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.  Xulosa: Koronavirus infeksiyasi bilan zararlangan bemorlarda yuqori nafas yo‘llari yallig‘lanish kasalliklarini klinik-immunologik kechish xususiyatlari chuqur o‘rganilib, amaliyot uchun tavsiya etilgan yangiliklarni iqtisodiy samaradorligini tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, kerakli natija bilan foydalanish qiymati bir bemor uchun o‘rtacha davolanish kuni 10 kundan 7 kunga qisqarib, tejalgan mablag‘ 465000 so‘mni tashkil etdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda qondagi limfotsitlar, qon zardobidagi sitokinlar kabi ko‘rsatkichlar immunodiagnostikaning muqobil mezonlari ekanligi isbotlangan, Immun va sitokin statuslarini baholash asosida qondagi va qon zardobidagi immun parametrlari immuntashxisotning muqobil mezonlari sifatida ko‘rsatilgan. Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Kogon tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (05.04.2022 y. №32/1) hamda Buxoro viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi bo‘yicha buyruq (05.04.2022 y. №38/1) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkazilgan tekshirishlarga asoslangan holda, olingan natijalar tibbiy yordam sifatini yaxshilashga, kasallikning asoratlarini kamaytirishga, davolashning yangi usullarini takomillashtirish orqali bemorlarning hayot tarzini yaxshilash imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni davolashda immunokorreksiyalovchi vosita yordamida majmuaviy davoni optimallashtiruvchi algoritimni qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 365 000 so‘mga, byudjetdan tashqari mablag‘larni 100 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.  Xulosa: Koronavirus infeksiyasi bilan zararlangan bemorlarda yuqori nafas yo‘llari yallig‘lanish kasalliklarini klinik-immunologik kechish xususiyatlari chuqur o‘rganilib, amaliyot uchun tavsiya etilgan yangiliklarni iqtisodiy samaradorligini tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, kerakli natija bilan foydalanish qiymati bir bemor uchun o‘rtacha davolanish kuni 10 kundan 7 kunga qisqarib, tejalgan mablag‘ 465000 so‘mni tashkil etdi.
uchinchi ilmiy yangilik: an’anaviy davolash majmuiga immunokorreksiyalovchi preparatining kiritilishi, organizmning immun va sitokin statuslaridagi ikkilamchi immunotanqislikni bartaraf etishi asoslangan. An’anaviy davolash majmuiga immunomodulyator dori vositasining kiritilishi kasallikning kechishi, uning klinik ko‘rinishlarining pasayishi, organizmning immun va sitokin statuslaridagi ikkilamchi immunodefisitni bartaraf etib, ushbu ko‘rsatkichlarning me’yorlashuviga olib kelganligi ko‘rsatib berilganligi bilan izohlangan. Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Kogon tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (05.04.2022 y. №32/1) hamda Buxoro viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi bo‘yicha buyruq (05.04.2022 y. №38/1) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: O‘tkazilgan tekshirishlarga asoslangan holda, olingan natijalar tibbiy yordam sifatini yaxshilashga, kasallikning asoratlarini kamaytirishga, davolashning yangi usullarini takomillashtirish orqali bemorlarning hayot tarzini yaxshilash imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni davolashda immunokorreksiyalovchi vosita yordamida majmuaviy davoni optimallashtiruvchi algoritimni qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 365 000 so‘mga, byudjetdan tashqari mablag‘larni 100 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.  Xulosa: Koronavirus infeksiyasi bilan zararlangan bemorlarda yuqori nafas yo‘llari yallig‘lanish kasalliklarini klinik-immunologik kechish xususiyatlari chuqur o‘rganilib, amaliyot uchun tavsiya etilgan yangiliklarni iqtisodiy samaradorligini tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, kerakli natija bilan foydalanish qiymati bir bemor uchun o‘rtacha davolanish kuni 10 kundan 7 kunga qisqarib, tejalgan mablag‘ 465000 so‘mni tashkil etdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni davolash bo‘yicha an’anaviy davolash va immunokorreksiyalovchi preparat ishlatish bo‘yicha ishlab chiqilgan algoritm tavsiya etilgan majmuaviy davoni optimallashtirishi va davolash samaradorligini ishonarli darajada oshirishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati:  Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati COVID-19 infeksiyasi  bilan zararlangan bemorlarni davolash majmuiga immunomodulyator dori vositasining kiritilishi davolash samaradorligini ishonarli oshirganini ko‘rsatgan, bu esa amaliy sog‘liqni saqlashda foydalanish uchun muhim tavsiya sifatida ko‘rsatilgan. olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Kogon tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (05.04.2022 y. №32/1) hamda Buxoro viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi bo‘yicha buyruq (05.04.2022 y. №38/1) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: O‘tkazilgan tekshirishlarga asoslangan holda, olingan natijalar tibbiy yordam sifatini yaxshilashga, kasallikning asoratlarini kamaytirishga, davolashning yangi usullarini takomillashtirish orqali bemorlarning hayot tarzini yaxshilash imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni davolashda immunokorreksiyalovchi vosita yordamida majmuaviy davoni optimallashtiruvchi algoritimni qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 365 000 so‘mga, byudjetdan tashqari mablag‘larni 100 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.  Xulosa: Koronavirus infeksiyasi bilan zararlangan bemorlarda yuqori nafas yo‘llari yallig‘lanish kasalliklarini klinik-immunologik kechish xususiyatlari chuqur o‘rganilib, amaliyot uchun tavsiya etilgan yangiliklarni iqtisodiy samaradorligini tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, kerakli natija bilan foydalanish qiymati bir bemor uchun o‘rtacha davolanish kuni 10 kundan 7 kunga qisqarib, tejalgan mablag‘ 465000 so‘mni tashkil etdi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish