Gumarova Aliya Anvarbekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ko‘krak saratoni tumorogenezida giperprolaktinemiyaning ӯrni: kliniko-genetik, immunogistokimyoviy jihatlari”, 14.00.03 – Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD.Tib1630.
Ilmiy rahbar: Xalimova Zamira Yusufovna, tibbiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/01.04.2023.Tib.161.01.
Rasmiy opponentlar: Nadjmutdinova Dilorom Kamariddinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xodjaev Abduvaxid Valievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti
II. Tadqiqotning maqsadi ko‘krak saratoni tumorogenezida giperprolaktinemiyaning o‘rni, kliniko-genetik, immunogistokimyoviy jixatlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
giperprolaktinemiya va prolaktinomani shakllantirishda PRL va PRLR genining polimorfizmlari (rs147265072) roli yuqori ekanligi isbotlangan;
giperprolaktinemiya mavjudligi bilan gistologik tiplarning yuqori chastotasi (invaziv kanal, adenokarsinoma, medullar saratoni) va ko‘krak saratonining molekulyar pastki turlari (uch marta -salbiy, lyuminal bo‘lmagan HER/neu) o‘rtasidagi bevosita bog‘liqlik isbotlangan;
prolaktinomali bemorlarda PRLR genining rs 147265072 polimorfizmi va giperprolaktinemiyaning o‘sma bo‘lmagan shakllari bo‘lgan PRL genining rs849872 polimorfizmi yuqori darajada ekanligi isbotlangan;
ko‘krak bezi saratoni oqibatini yomonlashtiradigan kasallik invaziv shakllari uchrash darajasining oshishida, HER/neu (67,27%), Ki 67 (52,7%)da giperprolaktinemiya ahamiyati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Akademik Ë.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Ekspert kengashining 2023 yil 18 iyuldagi 30-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Akademik Ë.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot 2023 yil 18-iyul № 30 bilan tasdiqlangan):
birinchi ilmiy yangilik: giperprolaktinemiya va prolaktinomani shakllantirishda PRL va PRLR genining polimorfizmlari (rs147265072) roli yuqori ekanligi isbotlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: Giperprolaktinemiya simptomlarining yaqqol namoyon bo‘lishi ko‘krak bezi saratonining asosiy klinik belgilarining sezilmasligiga olib kelib uning kech aniqlanishiga sabab bo‘ladi. Giperprolaktinemiya onkogen funksiyalarni bajarib lyuminal B HER2- salbiy va lyuminal A bilan o‘smani bosturuvchi rol` o‘ynashi mumkin. Ko‘krak bezi saratonini tashxislash, bashorat qilish va davolashda prolaktin darajasidan foydalanish mumkinligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Akademik Yo. X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Jizzax viloyat filialining 2023 yil 15 iyuldagi 97-sonli buyrug‘i va Samarqand viloyat filialining 2023 yil 1 iyuldagi 32-U-sonli buyrug‘i orqali amaliyotiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Qon zardobida prolaktin darajasini tekshirish, giperprolaktinemiyaning kuzatilishi ko‘krak bezi saratonini differensial tashxislash va erta bosqichlarida aniqlashga yordam beradi. Bu esa ko‘krak bezi saratonining erta bosqichlarida davolash, og‘ir shakllarini oldini olish va bemorlar umr ko‘rish davomiyligini uzaytirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:Bemorlarda giperprolaktinemiyaning aniqlanishi ko‘krak bezi saratonini erta tashxislashga yordam beradi va differensial tashhislash uchun zarur bo‘lgan ortiqcha laborator markerlar, asbobiy tekshiruvlar hamda tor mutaxassislar ko‘riklari uchun kerak bo‘ladigan sarf-xarajatlarni iqtisod qilishga olib keladi. Xulosa: Giperprolaktinemiyaning ko‘krak bezi saratoniga shubha bo‘lgan bemorlarda tekshirish o‘z navbatida kasallikni erta bosqichlarda aniqlashga yordam beradi va bu orqali 1 nafar bemor hisobiga bir marotaba ko‘rikdan o‘tish davomida mablag‘ning o‘rtacha 480.000 so‘mini tejash imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: giperprolaktinemiya mavjudligi bilan gistologik tiplarning yuqori chastotasi (invaziv kanal, adenokarsinoma, medullar saratoni) va ko‘krak saratonining molekulyar pastki turlari (uch marta -salbiy, lyuminal bo‘lmagan HER/neu) o‘rtasidagi bevosita bog‘liqlik isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Giperprolaktinemiya rivojlangan prolaktinomali ayollarda PRLR genining rs 147265072 polimorfizmi AA genotipi uchrashi va giperprolaktinemiyaning o‘smasiz shaklida PRL genining rs 849872 polimorfizmi AG genotiplari ustunlik qilishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Akademik Yo. X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Jizzax viloyat filialining 2023 yil 15 iyuldagi 97-sonli buyrug‘i va Samarqand viloyat filialining 2023 yil 1 iyuldagi 32-U-sonli buyrug‘i orqali amaliyotiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tekshiruv natijalari giperprolaktinemiyaning o‘smali va o‘smasiz shakllari bilan og‘rigan bemorlar orasida PRL va PRLR genining polimorfizmlarini aniqlash kasallikni avjlanishi va asoratlarini oldini olish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:
Ko‘krak bezi saratoniga shubha bo‘lgan bemorlarda PRL va PRLR genining polimorfizmlarini o‘z vaqtida aniqlash orqali quyidagi iqtisodiy samaraga erishish mumkin. Agar bitta bemorga bir kun kasalxonada davolanish o‘rtacha hisoblaganda 450000 so‘m bo‘lsa, o‘n kunga 4500000 so‘mni, bir yilda 3 marta davolansa ushbu xarajat 13500000 so‘mni tashkil etadi. O‘z vaqtida olib borilgan monand tashhislash va davolash ishlari har bir bemor hisobiga 4500000 dan 9000000 so‘mgacha pul mablag‘larini tejash imkonini beradi. Xulosa: Ko‘krak bezi saratoniga bo‘lgan bemorlarda PRL va PRLR genining polimorfizmlarini aniqlash kasallikni avjlanishini va asoratlanishini oldini olish, bemorlarning kasalxonaga qayta yotishlari sonini va kunini hamda davolash uchun ketadigan xarajatlarni kamaytirish orqali iqtisodiy samara beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: prolaktinomali bemorlarda PRLR genining rs 147265072 polimorfizmi va giperprolaktinemiyaning o‘sma bo‘lmagan shakllari bo‘lgan PRL genining rs849872 polimorfizmi yuqori darajada ekanligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Ko‘krak bezi saratoni mavjud bemorlarda giperprolaktinemiya bilan salbiy gistologik va molekulyar subtiplarning yuqori ishonchli darajada musbat korrelyasion bog‘liqlik aniqlanishi, asosiy kasallikni davolashda muhim ahamiyatga ega. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Akademik Yo. X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Jizzax viloyat filialining 2023 yil 15 iyuldagi 97-sonli buyrug‘i va Samarqand viloyat filialining 2023 yil 1 iyuldagi 32-U-sonli buyrug‘i orqali amaliyotiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ko‘krak bezi saratoni mavjud bemorlarda giperprolaktinemiya bilan salbiy gistologik va molekulyar subtiplarning korrelyasion bog‘liqliklarini o‘rganish asosiy kasallikni avjlanishi va asoratlanish darajasini baholash, bemor hayotiga xavf soluvchi asoratlarni, jumladan xavfli metastazlar, adenokarsinomalarning oldini olish, davolash strategiyasini to‘g‘ri tanlash imkonini beradi. Ushbu chora tadbirlarni amalga oshirish ularning hayot sifati hamda umr ko‘rish davomiyligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tekshiruv natijalari ko‘krak bezi saratoni mavjud bemorlarda giperprolaktinemiya bilan salbiy gistologik va molekulyar subtiplarning korrelyasion bog‘liqliklarini o‘rganish hamda davolashni muvofiqlashtirish asosiy kasallikni avjlanishini oldini oladi va nogironlikni kamaytirib bemorlarning o‘rtacha umr davomiyligini oshirish imkonini beradi. Usulning samaradorligi bir bemor uchun quyidagicha hisoblandi: Evr=(D1-D2)×(G+E)×1-0.15×K. Bunda D1- usul tadbiq etilgunga qadar bemorning ushbu hastalik bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik kunlari o‘rtacha soni; D2- usul tadbiq etilgandan so‘ng bemorning ushbu hastalik bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik kunlari o‘rtacha soni; G – bir ishchining kunlik daromadi; E –mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha beriladigan mablag‘, sum/kun; 0.15– samaradorlining me’yoriy koeffisienti; K- ushbu usulni amaliyotga tadbiq etilishida kutilayotgan mablag‘ sarfi. Bir bemor uchun hisoblanganda Evr = (15-10) × (200000+60000) × 1 - 0.15× 500000 = 1 225 000 so‘mni tejash imkonini beradi. Xulosa: Ko‘krak bezi saratonining salbiy gistologik va molekulyar subtiplari bilan giperprolaktinemiya orasida bog‘liqlikni aniqlash kasallikni tashxislash va davolashni engillashtirish orqali bir bemor uchun 1 225 000 so‘mni tejash imkonini bergan.
Gumarova Aliya Anvarbekovnaning “Ko‘krak saratoni tumorogenezida giperprolaktinemiyaning o‘rni: kliniko-genetik, immunogistokimyoviy jihatlari
to‘rtinchi ilmiy yangilik: Ko‘krak bezi saratoni oqibatini yomonlashtiradigan kasallik invaziv shakllari uchrash darajasining oshishida, HER/neu (67,27%), Ki 67 (52,7%)da giperprolaktinemiya ahamiyati asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Ilk marotaba PRL va PRLR genlarining polimorfizmlari (rs 849872 va rs 147265072) va ko‘krak bezi saratonining salbiy gistologik turlari (invaziv-oqimli, adenokarsinoma, medullyar saraton) hamda uning molekulyar kichik turlari (uch marotaba salbiy, lyuminal bo‘lmagan HER/neu) o‘rtasida ishonchli bog‘liqlik mavjudligi tasdiqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Akademik Yo. X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Jizzax viloyat filialining 2023 yil 15 iyuldagi 97-sonli buyrug‘i va Samarqand viloyat filialining 2023 yil 1 iyuldagi 32-U-sonli buyrug‘i orqali amaliyotiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: PRL va PRLR genlarining polimorfizmlari va ko‘krak bezi saratonining salbiy gistologik turlari hamda molekulyar kichik turlari o‘rtasida ishonchli bog‘liqlik mavjudligini aniqlash va davolashni optimallashtirish asosiy kasallikni avjlanishini oldini olgan, to‘satdan o‘lim va nogironlikni kamaytirib bemorlarning o‘rtacha umr davomiyligini oshirgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorlarda PRL va PRLR genlarining polimorfizmlari va ko‘krak bezi saratonining salbiy gistologik turlari hamda molekulyar kichik turlari o‘rtasida bog‘liqlik mavjudligini aniqlash va davo muolajalarini optimallashtirish orqali har bir bemor uchun o‘rta hisobda 700.000 so‘m miqdorida mablag‘ tejaladi. Shuningdek, bemorlarning shifoxonaga qayta yotishlar soni kamayganligi sababli har bir bemordan yil davomida qo‘shimcha 4.400.000 so‘m miqdorda pul mablag‘lari tejab qilinadi. Xulosa: Ko‘krak bezi saratoni aniqlangan bemorlarda genlar polimorfizmini, kliniko-genetik, immunogistokimyoviy jihatlari o‘rganish natijasiga ko‘ra davo muolajalarini optimallashtirish kasallikni davolash uchun ketadigan mablag‘ va vaqt tejash imkonini beradi. Bu mablag‘ bir bemor uchun o‘rta hisobda 4 mln 400 ming so‘mni tashkil etgan.