Allayorov Bekzod Erkinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Surxondaryoda ichki ishlar organlarining tashkil etilishi va faoliyati (1917-1991 yy.)”, 07.00.01 – “O‘zbekiston tarixi” (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tar1383.
Ilmiy rahbar: Tursunov Saypulla Narzullaevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02.
Rasmiy opponentlar: G‘afforov Shokir Safarovich, tarix fanlari doktori, professor, Polvonov Kozimjon Naimovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: 1917–1991 yillarda Surxondaryoda ichki ishlar organlarining tashkil etilishi va faoliyati tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Surxondaryo okrugida milisiya xodimlari rus va rusiyzabon aholi ichidagi harbiylardan tanlab olinib, ularga “aksilinqlobchilardan” himoyalash, sovet hokimiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy huquqlarini mustahkamlash hamda chegara hududlarini tashqi kuchlardan himoya qilish, “bosmachilik” va “yot unsur”larga qarshi kurashish kabi tadbirlardagi faol ishtiroki kuch ishlatar tizimlarning dastlabki kunlardanoq hukumat manfaatlariga xizmat qilish uchun tashkil etilganligini ifodalashi dalillangan;
Sovet hukumatining milliy kamsitish siyosati va milisiya organlarining boshqaruv tizimiga milliy xodimlarni jalb etishdagi cheklovlar, sovet tuzumiga qarshi olib borilgan harakatlarni bostirish bilan bog‘liq jarayonlarda mafkuraviy sobit bo‘lmaganlikda gumonlangan soha xodimlarining “millatchilik va milliy manfaatlarni himoya qilganlik” kabi soxta ayblovlar bilan SSSRning uzoq o‘lkalariga surgun qilinishi va qatag‘on qilinishiga olib kelganligi ochib berilgan;
1950-yillardagi mafkuraviy o‘zgarishlar jarayonida IIV va milisiya boshqarmalari qayta tuzilib, viloyatlarda ham ijroqo‘mlarning yagona ichki ishlar boshqarmalari, joylarda milisiya bo‘limlarining tashkil etilishi va ularning ikki tomonlama bo‘ysundirish prinsipining yo‘lga qo‘yilishi Ichki ishlar organlari xodimlariga belgilangan vazifalar barobarida, qo‘shimcha ishlarni ham bajarishi viloyatda tartib-intizomni o‘rnatish va aholi xavfsizligini ta’minlashga e’tiborning susayishiga olib kelganligi asoslangan;
boshqa mintaqalardan farqli tarzda viloyat ichki ishlar xodimlarining Afg‘oniston bilan Termiz, Muzrabot, Jarqo‘rg‘on hududlaridagi chegaradosh joylarda aholining osoyishtaligi va tinchligini ta’minlash borasida qo‘shimcha yuklamalarning amalga oshirilishi ichki ishlar xodimlarining ijtimoiy himoyasiga etarlicha e’tibor berilmaganligi sharoitida olib borilganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Surxondaryoda ichki ishlar organlarining tashkil etilishi va faoliyati (1917-1991 yy.) mavzusining tadqiq etilishi bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Surxondaryo okrugida milisiya xodimlari rus va rusiyzabon aholi ichidagi harbiylardan tanlab olinib, ularga “aksilinqlobchilardan” himoyalash, sovet hokimiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy huquqlarini mustahkamlash hamda chegara hududlarini tashqi kuchlardan himoya qilish, “bosmachilik” va “yot unsur”larga qarshi kurashish kabi tadbirlardagi faol ishtiroki kuch ishlatar tizimlarning dastlabki kunlardanoq hukumat manfaatlariga xizmat qilish uchun tashkil etilganligini ifodalashiga oid natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasidagi soha tarixiga oid maxsus kurslarni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasining 2023-yil 5-dekabrdagi 38/3-700-son ma’lumotnomasi). Natijalarining qo‘llanilishi soha xodimlarining sovet davridagi sohaning shakllanishiga oid qarashlarini rivojlantirishga imkonini bergan.
Sovet hukumatining milliy kamsitish siyosati va milisiya organlarining boshqaruv tizimiga milliy xodimlarni jalb etishdagi cheklovlar, sovet tuzumiga qarshi olib borilgan harakatlarni bostirish bilan bog‘liq jarayonlarda mafkuraviy sobit bo‘lmaganlikda gumonlangan soha xodimlarining “millatchilik va milliy manfaatlarni himoya qilganlik” kabi soxta ayblovlar bilan SSSRning uzoq o‘lkalariga surgun qilinishi va qatag‘on qilinishiga olib kelganligi bo‘yicha natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasidagi soha tarixiga oid maxsus kurslar mazmunini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasining 2023-yil 5-dekabrdagi 38/3-700-son ma’lumotnomasi). Natijalarining qo‘llanilishi tinglovchilarda vatanparvarlik va millatparvarlik tuyg‘ularini yanada yuksaltirishga xizmat qilgan.
1950-yillardagi mafkuraviy o‘zgarishlar jarayonida IIV va milisiya boshqarmalari qayta tuzilib, viloyatlarda ham ijroqo‘mlarning yagona ichki ishlar boshqarmalari, joylarda milisiya bo‘limlarining tashkil etilishi va ularning ikki tomonlama bo‘ysundirish prinsipining yo‘lga qo‘yilishi Ichki ishlar organlari xodimlariga belgilangan vazifalar barobarida, qo‘shimcha ishlarni ham bajarishi viloyatda tartib-intizomni o‘rnatish va aholi xavfsizligini ta’minlashga e’tiborning susayishiga olib kelganligiga oid natijalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi teleradiokanali” davlat unitar korxonasi tomonidan ko‘rsatuvlar ssenariylarini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 28-noyabrdagi 06-28-1783-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlarning ichki ishlar sohasining shakllanishi tarixiga oid tasavvurlarini kengaytirishga xizmat qilgan.
boshqa mintaqalardan farqli tarzda viloyat ichki ishlar xodimlarining Afg‘oniston bilan Termiz, Muzrabot, Jarqo‘rg‘on hududlaridagi chegaradosh joylarda aholining osoyishtaligi va tinchligini ta’minlash borasida qo‘shimcha yuklamalarning amalga oshirilishi ichki ishlar xodimlarining ijtimoiy himoyasiga etarlicha e’tibor berilmaganligi sharoitida olib borilganligi oid natijalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi teleradiokanali” davlat unitar korxonasi tomonidan “Tarixiy savol” ko‘rsatuviningn ssenariysini shakllanitirish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 28-noyabrdagi 06-28-1783-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi yoshlarda vatanparvarlik, vatan taqdiriga daxldorlik tuyg‘ularini yanada yuksaltirishga hissa qo‘shgan.