Xaldarbekova Malika Axinjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yuvenil revmatoid artrit bilan og‘rigan bolalarda anemiya kechishining klinik-patogenetik xususiyatlari”, 14.00.09 – Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib1521.
Ilmiy rahbar: Ashurova Dilfuza Tashpulatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Agzamova Shoira Abdusalamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shamsiev Furqat Muxitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yuvenil revmatoid artrit bilan og‘rigan bolalarda anemiya kechishining klinik-patogenetik xususiyatlarini o‘rganish, davolash usullarini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
retikulotsitoz va retikutotsitlarning gemoglobin bilan to‘yinganligining pasayishi (RET-Hb) bolalarda YuRAning kechish davomiyligi va faolligining darajasi bilan bog‘liq bo‘lgan eritrotsitlarning morfologik buzilishlari, qon zardobida temir tanqisligi va anemiyaning kechish og‘irligini aniqlab berishi isbotlangan;
patologik jarayonning faollik darajasi va IL-6 ning yuqori miqdori bilan bog‘liq bo‘lgan, engil va o‘rtacha darajadagi anemiyali bolalarda mos ravishda eritropoetin ko‘rsatkichi (1,9 - 3,2 marta) va ferroportin miqdorining (1,2 - 1,6 marta) kamayishi fonida, eruvchan transferrin reseptorlari (eRTf, 1,1-1,3 marta), transferrin (1,3-1,6 marta) va ferritin ko‘rsatkichlarining (3-6 marta) yuqori bo‘lishi bilan temir almashinuvining oqsil-transport funksiyasining qo‘pol buzilishlari isbotlangan;
ishonchli diagnostik testlar asosida ishonchli differensial tashxisni ta’minlaydigan, YuRA bilan og‘rigan engil va o‘rtacha darajadagi anemiyali bolalarni boshqarish algoritmi ishlab chiqilgan;
yuvenil revmatoid artrit bilan og‘rigan bolalarda kasallikning faol davrida temir preparati va odam rekombinant eritropoetini bilan birgalikda anemiya xronoterapiyasining preventiv usuli samaradorligi engil va o‘rtacha darajadagi anemiya bilan og‘rigan bolalar uchun klinik samaradorlik indeksi mos ravishda 86,0% va 73,3% ni tashkil qilganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti ekspert komissiyasining 2023 yildagi 03/43-sonli xulosasiga asosan (Sog‘liqni saqlash vazirligiga boshqa sog‘liqni saqlash muassasalarida ilmiy ishlanmalarni joriy etish bo‘yicha Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2023 yil noyabr` №03/2560 sonli xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: retikulotsitoz va retikutotsitlarning gemoglobin bilan to‘yinganligining pasayishi (RET-Hb) bolalarda YuRAning kechish davomiyligi va faolligining darajasi bilan bog‘liq bo‘lgan eritrotsitlarning morfologik buzilishlari, qon zardobida temir tanqisligi va anemiyaning kechish og‘irligini aniqlab berishi Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 06.01.2023 yildagi 116-sonli buyrug‘i va Sirdaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 31.05.2023 yildagi 106-sonli buyrug‘iga asosan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: anemiyaning kechish og‘irligiga qarab eritrotsitlarning morfologik buzilishlari va gematologik o‘zgarishlarini to‘g‘ri talqin qilish xatolar sonini kamaytirgan hamda diagnostik va terapevtik yondashuvni optimallashtirgan; bunda minimal iqtisodiy investisiyalar bilan (natijalar gematologik analizator tomonidan taqdim etiladi) diagnostika sifati yaxshilangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: absolyut va nisbiy gemogramma ko‘rsatkichlarini tahlil qilish bolalarda YuRAda anemiyaning differensial diagnostikasi va 44 bolaning 29 tasida xronofarmakologik yondashuv samaradorligini baholash yaxshilanishiga olib kelgan. Bunda, 15 nafar bemorga 5 million 250 ming so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: absolyut va nisbiy gemogramma ko‘rsatkichlari diagnostikasining tatbiq etilishi anemiyani og‘irlik darajasi va kechishi bo‘yicha to‘g‘ri farqlash, xatolarni minimallashtirish, davoni belgilash va 1 nafar bemor bolaga 350 000 so‘m byudjet mablag‘ini tejash imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: patologik jarayonning faollik darajasi va IL-6 ning yuqori miqdori bilan bog‘liq bo‘lgan, engil va o‘rtacha darajadagi anemiyali bolalarda mos ravishda eritropoetin ko‘rsatkichi (1,9 - 3,2 marta) va ferroportin miqdorining (1,2 - 1,6 marta) kamayishi fonida, transferrin eruvchan reseptorlari (sTfR, 1,1-1,3 marta), transferrin (1,3-1,6 marta) va ferritin ko‘rsatkichlarining (3-6 marta) yuqori bo‘lishi Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 06.01.2023 yildagi 116-sonli buyrug‘i va Sirdaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 31.05.2023 yildagi 106-sonli buyrug‘iga asosan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: anemiyada kasallik kechishining og‘irligiga qarab temir almashinuvining oqsil-transport funksiyasining biokimyoviy ko‘rsatkichlari buzilishini tahlil qilish, YuRAda o‘z vaqtida xronofarmakologik korreksiyani amalga oshirish, uning samaradorligini monitoring qilish imkonini beradi va bolalarning hayot sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: anemiyada kasallik kechishining og‘irligiga qarab temir almashinuvining oqsil-transport funksiyasining biokimyoviy ko‘rsatkichlari buzilishini tahlil qilish, YuRAda anemiyaning differensial diagnostikasi yaxshilanishiga va 44 boladan 29 tasida xronofarmakologik yondashuv samaradorligining yaxshilanishiga olib kelgan. Bunda, 29 nafar bemorga 10 million 350 ming so‘mni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: anemiyada kasallik kechishining og‘irligiga qarab temir almashinuvining oqsil-transport funksiyasining biokimyoviy ko‘rsatkichlari diagnostikasining joriy etilishi, YuRAda anemiyaning yetakchi differensial diagnostika belgilarini aniqlash va byudjet mablag‘larini 1 nafar bemor bolaga 350 000 so‘m miqdorida tejash imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: ishonchli diagnostik testlar asosida YuRA bilan og‘rigan engil va o‘rtacha darajadagi anemiyali bolalarni boshqarish algoritmi Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 06.01.2023 yildagi 116-sonli buyrug‘i va Sirdaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 31.05.2023 yildagi 106-sonli buyrug‘iga asosan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: engil va o‘rtacha darajadagi anemiyali YuRA bilan og‘rigan bolalarni kasallikning faol davrida boshqarish algoritmini ishlab chiqilishi va tatbiq etilishi anemiya sindromini o‘z vaqtida ishonchli differensial tashxislash va davolashni optimallashtirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: YuRA bilan og‘rigan engil va o‘rtacha darajadagi anemiyali bolalarni aniq diagnostik testlarga asoslangan holda davolashning ishlab chiqilgan algoritmi bolaning kasalxonada davolanish muddatini 3 kunga qisqartirdi. Bunda, 29 nafar bemor uchun 15 750 000 so‘mni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: YuRA bilan og‘rigan engil va o‘rtacha darajadagi anemiyali bolalarni ishonchli diagnostik tekshiruvlar asosida davolash algoritmining joriy etilishi 1 nafar bemor bolaga 1050000 so‘m miqdorida byudjet mablag‘larini tejash imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: yuvenil revmatoid artrit bilan og‘rigan bolalarda kasallikning faol davrida temir preparati va odam rekombinant eritropoetini bilan birgalikda anemiya xronoterapiyasining preventiv usulini qo‘llash engil va o‘rtacha darajadagi anemiya bilan og‘rigan bolalarda mos ravishda 86,0% va 73,3% holatda klinik samaradorlikni isbotladi, bu Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 06.01.2023 yildagi 116-sonli buyrug‘i va Sirdaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 31.05.2023 yildagi 106-sonli buyrug‘iga asosan joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: YuRAning faol davrida anemiya xronoterapiyasining profilaktik usulini ishlab chiqilishi va tatbiq etilishi asoratlarning kuzatilish chastotasini kamaytiradi va bolalarning hayot sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: YuRAning faol davrida anemiya xronoterapiyasining ishlab chiqilgan profilaktik usuli bolaning kasalxonada davolanishini 3 kunga qisqartirdi. Bunda, 29 nafar bemorga 15 750 000 so‘m iqtisod qilingan. Xulosa: YuRAning faol davrida anemiya xronoterapiyasining preventiv usulining joriy etilishi 1 nafar bemor bolaga 1050 000 so‘m miqdoridagi byudjet mablag‘larini tejash imkonini bergan.