Muminov Abduhalim Abduvakilning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi) «Mitral stenozi mavjud bemorlarda kesar kesish tashrixida tashrix va anesteziologik xavfni kamaytirish usullari», 14.00.37–Anesteziologiya va reanimatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib2019.
Ilmiy rahbar: Matlubov Mansur Muratovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bolalar milliy tibbiyot markazi, DSc.04/01.02.2022.Tib.147.01.
Rasmiy opponentlar: Sabirov Djuraboy Marifboevich, tibbiyot fanlari doktori, profesor; Satvaldieva Elmira Abdusamatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Federal tibbiyot biologik agentligining «A. I. Burnazyan nomidagi federal biofizik markazining innovatsiya va uzluksiz ta’lim tibbiy biologik universiteti» (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xar xil og‘irlikdagi ifodalangan mitral stenozi (MS) bilan og‘rigan bemorlarda kesar kesish bilan abdominal tug‘dirilganda anesteziologik variantlarni takomillashtirish, anesteziologik variantlarni individual yondashuv va differensiyalashgan holda qo‘llanganda anesteziologik xavfsizligini ta’minlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mitral stenoz bilan og‘rigan va kesar kesish bilan abdominal tug‘diriladigan bemorlarda koronar zaxira saqlanishi va asoratlar xavfini multifaktorli kriteriyalari ishlab chiqilgan.
mitral stenoz bilan og‘rigan bemorlarda optimal anesteziya variantini tanlashga individual yondoshuv tamoyillari MS darajasiga, koronar rezerv saqlanishiga va homiladorlik gestatsiya muddatlari inobatga olinib ishlab chiqilgan;
asoratlar rivojlanishini o‘rtacha xavfi (20-35 ball) bo‘lgan MS 2,9-2-sm2 bo‘lgan bemorlarda abdominal tug‘ruqni anesteziologik ta’minoti uchun mahalliy anestetikning past konsentratsiyasi bilan muvozanatlashgan epidural anesteziya usuli ishlab chiqilgan;
sun’iy o‘pka ventilyasiyasi sharoitida epidural blok asosida muvozanatlashgan umumiy anesteziya usulining MS 1,9-1,1 sm2  bo‘lgan onaning hayotiy muhim a’zolariga ta’siri anesteziya, operatsiya vaqtida va operatsiyadan keyingi davrda o‘rganilgan. Ularning yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga ta’siri asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarqand davlat tibbiyot univesiteti ekspert kengashining 2024 yil 28 fevraldagi №18 sonli xulosasiga ko‘ra (boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand davlat tibbiyot universiteti prorektori tomonidan 2024 yil 26 fevralidagi №1555-sonli xat yuborilgan);
birinchi ilmiy yangilik: mitral stenoz bilan og‘rigan va kesar kesish bilan abdominal tug‘diriladigan bemorlarda  koronar zaxira saqlanishi va asoratlar xavfini mul`tifaktorli kriteriyalari ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Mitral stenoz bilan og‘rigan va kesar kesish bilan abdominal tug‘diriladigan bemorlarda taklif etilgan koronar zaxira saqlanishi va asoratlar xavfini mul`tifaktorli kriteriyalarini aniqlash operatsion va anesteziologik asoratlar xavfini aniqlashda muxim ahamiyatga ega. Ushbu shkalani qo‘llash orqali operatsion va anesteziologik asoratlar oldi olingan, MS bilan og‘rigan bemorlar hayoti saqlanib qolingan, onalar o‘limi oldi olingan, ayollarda hayot sifatini yaxshilashga erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Operatsion va anesteziologik asoratlar xavfini individual prognostik ko‘rsatgichini aniqlash uchun taklif qilingan shkala oqilona anesteziologik taktikani shakllantirish va har bir klinik holat uchun eng xavfsiz anesteziya variantini 100% holatda mitral stenozi bor homilador ayollarda aniqlash imkonini bergan. Shunday qilib, mitral stenoz bilan og‘rigan va kesar kesish bilan abdominal tug‘diriladigan bemorlarda operatsiya oldi davrdayoq koronar zaxira saqlanishi va asoratlar xavfini mul`tifaktorli kriteriyalarini aniqlash orqali ayollarda operatsion va anesteziologik asoratlar rivojlanishi oldi olinishiga erishilgan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Mitral stenozi mavjud bemorlarda kesar kesish tashrixida tashrix va anesteziologik xavfni kamaytirish usullari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2024 yil 26-fevraldagi 1555-sonli xat yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik:  mitral stenoz bilan og‘rigan bemorlarda optimal anesteziya variantini tanlashga individual yondoshuv tamoillari MS darajasiga, koronar rezerv saqlanishiga va homiladorlik gestatsiya muddatlari inobatga olinib ishlab chiqilgan. MS darajasini, koronar rezerv saqlanishi va homiladorlik gestatsiya muddatlarini inobatga olib mitral stenoz bilan og‘rigan homiladorlarda optimal anesteziya variantini tanlashga individual yondoshuv tamoillari individual prognostik ko‘rsatgichga va operatsion-anesteziologik xavf shkalasiga asoslanib anesteziya usullarini tanlash tavsiya etilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 2022 yil 24 avgustdagi amaliyotga joriy etish akti bilan hamda Respublika perinatal markaziga 2022 yil 28 dekabrdagi amaliyotga joriy etish akti bilan, Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi tug‘ruq kompleksi 2022 yil 04 noyabrdagi amaliyotga joriy etish akti bilan, Qashqadaryo viloyat perinatal markaziga 2023 yil 25 dekabrdagi amaliyotga joriy etish bayonnomasi bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali 2022 yil 19 sentyabrdagi amaliyotga joriy etish akti bilan joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: MS darajasiga, koronar rezerv saqlanishiga va homiladorlik gestatsiya muddatlari inobatga olinib MS bilan og‘rigan bemorlarda optimal anesteziya variantini tanlashga individual yondoshuv tamoillarini qo‘llash shuni ko‘rsatdiki, koronar rezervi saqlangan va asoratlar minimal xavfi bo‘lgan (12-19 ball) bemorlarda abdominal tug‘ruqni anesteziologik ta’minoti uchun spinal anesteziyani xamda epidural anesteziyani klassik variantlarini qo‘llash mumkinligi qayd etilgan. Asoratlar rivojlanishini o‘rtacha xavfi (20-35 ball) bo‘lgan bemorlarda abdominal tug‘ruqni anesteziologik ta’minoti uchun epidural anesteziyani klassik variantlaridan ayniqsa spinal anesteziyadan foydalanmaslik lozim, bu toifa bemorlarda mahalliy anestetikning past konsentratsiyasi bilan muvozanatlashgan epidural anesteziya qo‘llash mumkinligi qayd etilgan. Anesteziologik asoratlar xavfi yuqori (36-49 ball) va juda yuqori bo‘lgan (50 ball va undan ko‘p) bemorlarda abdominal tug‘ruqni anesteziologik ta’minotining eng xavfsiz usuli sun’iy o‘pka ventilyasiyasi bilan umumiy ko‘p komponentli anesteziya variantini qo‘llash mumkin. Shunday qilib, abdominal tug‘ruq oldidan qon aylanishi tizimining funksional holatini, koronar rezerv saqlanish darajasini va anesteziologik xavfini individual prognostik ko‘rsatgichini baholash orqali tug‘ruq oldi erta davrdayoq anesteziologik qo‘llanmaning oqilona usulini tanlash imkonini bergan, hamda tug‘ruq oldi tayyorgarlik patogenetik asoslangan, taktik xatolarni bartaraf etishga erishilgan, MS bor ayollarda oqilona akusherlik yondashuvni va tug‘ruq xavfsizligi ta’minlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: MS darajasiga, koronar zaxira saqlanishiga va homiladorlik gestatsiya muddatlari inobatga olinib MS bilan og‘rigan bemorlarda optimal anesteziya variantini individual tanlash orqali, koronar rezervi saqlangan va asoratlar minimal xavfi bo‘lgan (12-19 ball) bemorlarda abdominal tug‘ruqni anesteziologik ta’minoti uchun spinal anesteziyani xamda epidural anesteziyani klassik variantlarini qo‘llash orqali MS >2,9 sm2 bo‘lgan ayollarni shifoxonada o‘rtacha yotoq kuni 3,0±0,4 kunga kamaytirishga erishildi, tug‘ruq kompleksi uchun byudjet mablag‘lari hisobidan bir bemorga bir kunlik davolanishiga ajratilgan summa 463.908 sumni tashkil qilinishini inobatga olib bir bemorga sarflangan xarajatni 1.391.724 sumga iqtisod qilinishiga erishilgan. Asoratlar rivojlanishini o‘rtacha xavfi (20-35 ball) bo‘lgan bemorlarda abdominal tug‘ruqni anesteziologik ta’minoti uchun mahalliy anestetikning past konsentratsiyasi bilan sbalansirlangan epidural anesteziya qo‘llash orqali MS 2,9-2sm2 bo‘lgan ayollarni shifoxonada o‘rtacha yotoq kuni 4,0±0,2 kunga kamaytirishga erishilgan, hamda bir bemorga sarflangan xarajatni 1.855.632 sumga iqtisod qilinishiga erishilgan. Anesteziologik asoratlar xavfi yuqori (36-49 ball) bo‘lgan bemorlarda abdominal tug‘ruqni anesteziologik ta’minoti uchun sun’iy o‘pka ventilyasiyasi bilan umumiy ko‘p komponentli anesteziya variantini qo‘llash orqali MS 1,9-1,1 sm2 bo‘lgan ayollarni shifoxonada o‘rtacha yotoq kuni 2,5±0,5 kunga kamaytirishga erishilgan, hamda bir bemorga sarflangan xarajatni 1.159.770 sumga iqtisod qilinishiga erishilgan. O‘tkazilgan tadqiqotlar va olingan natijalar asoslangan xolda “Mitral stenozi mavjud bemorlarda kesar-kesish tashrixida tashrix va anesteziologik xavfini kamaytirish usullari” kompyuter dasturi ishlab chiqilgan (DGU № 13544. 28.10.2021). Ushbu dastur orqali amaliyot vrachlari MS darajasini, koronar rezerv saqlanishi va homiladorlik gestatsiya muddatlarini inobatga olib  mitral stenoz bilan og‘rigan homiladorlarda optimal anesteziya variantini tanlashga individual yondoshuv tamoillarini o‘rganishdi va individual prognostik ko‘rsatgichga va operatsion-anesteziologik xavf shkalasiga asoslanib anesteziya usullarini tanlash malakasi oshirilishiga erishilgan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Mitral stenozi mavjud bemorlarda kesar kesish tashrixida tashrix va anesteziologik xavfni kamaytirish usullari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2024 yil 26-fevraldagi 1555-sonli xat yuborilgan;
uchinchi ilmiy yangilik: ilmiy yangilikning mohiyati: asoratlar rivojlanishini o‘rtacha xavfi (20-35 ball) bo‘lgan MS 2,9-2-sm2 bo‘lgan bemorlarda abdominal tug‘ruqni anesteziologik ta’minoti uchun mahalliy anestetikning past konsentratsiyasi bilan muvozanatlashgan epidural anesteziya usuli ishlab chiqilgan va ilmiy asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 2022 yil 24 avgustdagi amaliyotga joriy etish akti bilan hamda Respublika perinatal markaziga 2022 yil 28 dekabrdagi amaliyotga joriy etish akti bilan, Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi tug‘ruq kompleksi 2022 yil 04 noyabrdagi amaliyotga joriy etish akti bilan,  Qashqadaryo viloyat perinatal markaziga 2023 yil 25 dekabrdagi amaliyotga joriy etish bayonnomasi bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali 2022 yil 19 sentyabrdagi amaliyotga joriy etish akti bilan joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Asoratlar rivojlanishini o‘rtacha xavfi (20-35 ball) bo‘lgan MS 2,9-2-sm2 bo‘lgan bemorlarda abdominal tug‘ruqni anesteziologik ta’minoti uchun mahalliy anestetikning past konsentratsiyasi (0,375% li) bupivakain eritmasi) bilan muvozanatlashgan epidural anesteziya o‘tkazish orqali bemorlarning alaqachon buzilgan yurak-qon tomir tizimiga minimal ta’sir ko‘rsatishi bilan bemorlar hayotiga xavf soluvchi asoratlar oldi olinishi orqali ijobiy ijtimoiy samara olinishiga erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Asoratlar rivojlanishini o‘rtacha xavfi (20-35 ball) bo‘lgan MS 2,9-2-sm2 bo‘lgan bemorlarda abdominal tug‘ruqni anesteziologik ta’minoti uchun mahalliy anestetikning past konsentratsiyasi (0,375%li bupivakain eritmasi) bilan muvozanatlashgan epidural anesteziya o‘tkazilishi orqali shifoxonada o‘rtacha yotoq kuni 4,0±0,2 kunga kamaytirishga erishilgan, hamda bir bemorga sarflangan xarajatni 1.855.632 sumga kamaytirish orqali iqtisodiy samaradorlikni oshirish imkonini beradi. O‘tkazilgan tadqiqotlar va olingan natijalar asoslangan xolda “Mitral stenozi bor homiladorlarda kesar kesish amaliyotida operatsion va anesteziologik xavfni kamaytirish usullari” deb nomlangan uslubiy taviyanoma 2022 yilda ishlab chiqilgan (Sog‘liqni Saqlash Vazirligi №-8n-z/455 05.09.2022 yildagi xulosasi). Ushbu uslubiy tavsiyanomada asoratlar rivojlanishini o‘rtacha xavfi (20-35 ball) bo‘lgan MS 2,9-2-sm2 bo‘lgan bemorlarda abdominal tug‘ruqni anesteziologik ta’minoti uchun mahalliy anestetikning past konsentratsiyasi (0,375%li bupivakain eritmasi) bilan muvozanatlashgan epidural anesteziya o‘tkazilishi orqali bu toifa bemorlarigi maksimal xavfsizlik ta’minlanishiga erishilishi mumkinligi yoritib berilgan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Mitral stenozi mavjud bemorlarda kesar kesish tashrixida tashrix va anesteziologik xavfni kamaytirish usullari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2024 yil 26 fevraldagi 1555-sonli xat yuborilgan:
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilmiy yangilikning mohiyati: sun’iy o‘pka ventilyasiyasi fonida epidural blokada asosida muvozanatlashgan umumiy anesteziya usulining MS 1,9-1,1 sm2  bo‘lgan onaning hayotiy muxim a’zolariga ta’siri anesteziya, operatsiya vaqtida va operatsiyadan keyingi davrda, xamda yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga ta’siri o‘rganilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi 2022 yil 24 avgustdagi amaliyotga joriy etish akti bilan hamda Respublika perinatal markaziga 2022 yil 28 dekabrdagi amaliyotga joriy etish akti bilan, Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi tug‘ruq kompleksi 2022 yil 04 noyabrdagi amaliyotga joriy etish akti bilan, Qashqadaryo viloyat perinatal markaziga 2023 yil 25 dekabrdagi amaliyotga joriy etish bayonnomasi bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali 2022 yil 19 sentyabrdagi amaliyotga joriy etish akti bilan joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Hozirgi sun’iy intelekt yaratish bo‘yicha ko‘plab tadbirlar olib borilayotgan bir paytda, ushbu tavsiyaning yaratilishi, operatsiya va anesteziya vaqtida, hamda operatsiyadan keyingi davrda asoratlar rivojlanishini yuqori xavfi (36-49 ball) bo‘lgan MS 1,9-1,1 sm2  bo‘lgan bemorlarni tashxislash va davolashda nafaqat amaliyotdagi akusher-ginekologlar, anesteziologlar, balki bemorlarning turmush o‘rtoqlari, yaqin qarindoshlari, ota-onalari uchun xam juda muhim ahamiyatga ega. Ushbu toifadagi bemorlarni kuzatish, davolash, vaqtida uchinchi toifadagi statsionarlarga gospitalizatsiya qilinishi sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘ini shifokori va mutaxassislari uchun ham keng imkoniyatni bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Anesteziologik asoratlar xavfi yuqori (36-49 ball) bo‘lgan bemorlarda abdominal tug‘ruqni anesteziologik ta’minoti uchun sun’iy o‘pka ventilyasiyasi fonida epidural blokada asosida 0,375%li bupivakain eritmasi bilan muvozanatlashgan umumiy anesteziya variantini qo‘llash orqali MS 1,9-1,1 sm2 bo‘lgan ayollarda operatsiyadan keyin epidural kateter orqali og‘riqsizlantirish og‘riq sindromini 100% ga samarali bartaraf etib opioid vositalarga talabni kamaytirishi bilan, narkotik vositalar kiritilishi bilan bog‘liq asoratlarni rivojlanmasligini kafolatladi. Shu bilan birga operatsiyadan keyingi davrda ichaklar perestal`tikasini saqlanishiga, ichaklar parezini oldi olinishiga olib keldi. Bu toifa bemorlarini shifoxonada o‘rtacha yotoq kuni 2,5±0,5 kunga kamaytirishga erishildi, hamda bir bemorga sarflangan xarajatni 1.159.770 sumga kamaytirishga erishilgan. Shu bilan birga, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning o‘ta noqulay foniga qaramay (chala tug‘ilish, onadagi qon aylanishi etishmovchiligi, MS xajmi (MS 1,9-1,1 sm2 ) bilan bog‘liq koronar zaxira pastligi) tug‘ruqdan keyingi erta davrda yangi tug‘ilgan chaqaloqning adaptatsion-moslashuv qobiliyatini saqlanib qolishiga erishildi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Mitral stenozi mavjud bemorlarda kesar kesish tashrixida tashrix va anesteziologik xavfni kamaytirish usullari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2024 yil 26-fevraldagi 1555-sonli xat yuborilgan;
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Mitral stenozi mavjud bemorlarda kesar kesish tashrixida tashrix va anesteziologik xavfni kamaytirish usullari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2024 yil 26 fevraldagi 1555-sonli xat yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish