Xomidov Mirzaobid Xomidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oddiy kalina (Viburnum opulus L.) bioekologiyasi va ko‘paytirish texnologiyasi”, 06.03.01 – O‘rmon ekinlari. Seleksiya, urug‘chilik va shaharlarni ko‘kalamzorlashtirish. O‘rmonlar agromelioratsiyasi va himoya o‘rmonlarini barpo etish (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Qx1047.
Ilmiy rahbar: Berdiev Erkin Turdalievich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04
Rasmiy opponentlar: To‘xtaev Boboqul Yorqulovich, biologiya fanlari doktori, professor; Eshankulov Bobomurod Inayatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Akademik M.Mirzaev nomli Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Toshkent viloyati sharoitlarida introduksiya qilingan oddiy kalinaning (Viburnum opulus L.) urug‘idan va vegetativ usullarda ko‘paytirish imkoniyatlarini aniqlash, istiqbolli shakllarini tanlash va ona plantatsiyasini yaratish, biokimyoviy tadqiq etish hamda standart talablarga javob beruvchi ko‘chatlarini etishtirish texnologiyasini ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekiston florasiga introduksiya qilingan tur – oddiy kalinani (Viburnum opulus L.) fenologiyasi, biologiyasi tadqiq qilinib, ekologik omillarga chidamliligi aniqlangan;
oddiy kalinani (Viburnum opulus L.) urug‘laridan ko‘paytirish texnologiyasi ishlab chiqilib, 10 sentyabrda terilgan va 85 kun stratifikatsiya qilinib, 5 dekabrda ekilgan urug‘lar bahorda 68% unish qobiliyatiga ega bo‘lishi isbotlangan;
oddiy kalinani(Viburnum opulus L.) vegetativ usulda ko‘paytirishda mart oyining ikkinchi dekadasida tayyorlangan novda qalamchalari maksimal 54% ildiz olishi aniqlangan;
oddiy kalinani (Viburnum opulus L.)  4x2 m sxemada ekilgan ona plantatsiyasida vegetatsiya mavsumida mineral o‘g‘itlarning N90P90 me’yorida 3 marta oziqlantirish xosildorlikni 1,9 barobar oshirishi aniqlangan;
oddiy kalinaning (Viburnum opulus L) 100 dona mevalari og‘irligi bo‘yicha Toshkent–6 (40,66 g), Toshkent-3 (41,62 g), mevalari yirikligiga ko‘ra Toshkent-3, Toshkent-6, Toshkent-7 va Toshkent-12 shakllari seleksiya ishlari uchun istiqbolli ekanligi aniqlangan;
oddiy kalina (Viburnum opulus L) mevasi tarkibidagi S vitaminining miqdori 16538,65 mg/kg yoki 1,654% ni tashkil etgan va S vitamini manbasiga boy farmatsevtik xom ashyo sifatida foydalanish mumkinligi isbotlangan;
oddiy kalina (Viburnum opulus L) mevalari tarkibida kal`siy 782,9 mg/kg, kaliy 2943,231 mg/kg, magniy (Mg) 204,4 mg/kg, fosfor (R) 368,9 mg/kg, natriy (Na ) 115,3mg/kg, temir (Fe) 9,1 mg/kg miqdorida mavjudligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kalinani ko‘paytirish va standart ko‘chatlarini etishtirish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
«Kalina (Viburnum opulus L.) o‘simligini ko‘paytirish va plantatsiyada o‘stirish bo‘yicha tavsiyanoma» tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligining 2023 yil 15 dekabrdagi 03/18 – 8933-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu tavsiyanoma o‘rmon xo‘jaliklari va dorivor o‘simliklar etishtirishga ixtisoslashgan xo‘jaliklarda qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda.
Kalinaning 500 tup ko‘chatlari Farg‘ona davlat o‘rmon xo‘jaligi xududida ona plantatsiya barpo etish uchun joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligining 2023 yil 15 dekabrdagi 03/18 – 8933-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, etishtirilgan 500 tup kalina mevaga kirgach 41500,0 ming so‘m/ga daromad olinib, urug‘ko‘chatlarini etishtirish orqali 745348,5 ming so‘m/ga iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.
O‘zR FA Toshkent botanika bog‘i xududida kalina ko‘chatlarini 0,5 ga maydonda ekish orqali joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2023 yil 24 iyuldagi 04/1255-1535 son ma’lumotnomasi). Natijada oddiy kalina ko‘chatlarini ekish orqali Botanika bog‘ining Shimoliy Amerika ekspozisiyasi genofondi boyitilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish